TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.9K subscribers
9.58K photos
1.02K videos
11 files
7.62K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
1👍1
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat egasining huquqlari qanday ?

Javob:
U imoratga mulk huquqini ololmaydi;

U bunday imoratni sota olmaydi, ijaraga bera olmaydi, hadya eta olmaydi yoki boshqa bitimlar tuzolmaydi.

❗️Agar kimningdir huquqlari buzilgan bo‘lsa yoki davlat organlari daʼvo qilsa, sud qarori bilan imorat buzib tashlanadi.

❗️ Imoratni qurgan shaxs uni o‘zi yoki hisobiga buzishi shart bo‘ladi.

#savol_javob #huquq #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Xatlovni muddatidan avval amalga oshirishning imkoni bormi ?

Savol:
- Reja-jadvalga ko‘ra, yil oxiriga tushgan yoki joriy yil rejasiga kiritilmagan mahalla yoki xonadonni muddatdan avval xatlov qilishning imkoni bormi ?

Javob:
Yo‘q. Buning imkoni yo‘q!

Xatlovlar qatʼiy tasdiqlangan reja-jadvallar asosida amalga oshiriladi. Agarda sizning mahallangiz xatlovi joriy yil so‘nggiga belgilangan bo‘lsa, muddati kelishini kutish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ayni paytda 2024-2025 yillar reja-jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Kadastr pasporti rasmiylashtirishda imtiyozlar bormi?

Javob:

Imtiyozlar I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi.

Asos: VM-535, 02.02.2020-yil

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Nima uchun bizning mahallada xatlov bo‘lmayapti ?

Javob:
- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2025 yilga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
1👍1
Xatlovni muddatidan avval amalga oshirishning imkoni bormi ?

Savol:
- Reja-jadvalga ko‘ra, yil oxiriga tushgan yoki joriy yil rejasiga kiritilmagan mahalla yoki xonadonni muddatdan avval xatlov qilishning imkoni bormi ?

Javob:
Yo‘q. Buning imkoni yo‘q!

Xatlovlar qatʼiy tasdiqlangan reja-jadvallar asosida amalga oshiriladi. Agarda sizning mahallangiz xatlovi joriy yil so‘nggiga belgilangan bo‘lsa, muddati kelishini kutish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ayni paytda 2024-2025 yillar reja-jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat egasining huquqlari qanday ?

Javob:
U imoratga mulk huquqini ololmaydi;

U bunday imoratni sota olmaydi, ijaraga bera olmaydi, hadya eta olmaydi yoki boshqa bitimlar tuzolmaydi.

❗️Agar kimningdir huquqlari buzilgan bo‘lsa yoki davlat organlari daʼvo qilsa, sud qarori bilan imorat buzib tashlanadi.

❗️ Imoratni qurgan shaxs uni o‘zi yoki hisobiga buzishi shart bo‘ladi.

#savol_javob #huquq #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
O‘RQ-937-son qonun bo‘yicha, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi qanday hajmlarda beriladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa,
– Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar,
– qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.


Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq #qonun
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
#huquq
Facebook Instagram Telegram
3