TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.81K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Toshkent tumanida navbatdagi noqonuniy holat ihtiyoriy bartaraf etildi

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning Bunyodkor MFY, 20-tor ko‘cha, 17A-uyga tutash bo‘lgan yer maydoni fuqaro D.I tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 80 m.kv yer maydonda omborxona qurilgan holati aniqlandi.

Qurilma bo‘lim tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng fuqarolar tomonidan belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

📌Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Toshken tuman bo‘limi tomonidan jami 8,48 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan

Kadastr agentligining Toshkent tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan nazorat tadbirlarida jami 8,48 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari anqilangan. Shundan

🔹5,91 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash,
🔹2,57 gektar yerlardan maqsadsiz foydalanish va
🔹0,14 gektar yer maydonlarida ruxsatsiz qurilishlar qilish holatlaridir
.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent #OAV_biz_haqimizda #brifing #yernazorati

⚡️Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan yer nazorat tadbirlari yuzasidan bo‘lim rahbari Z.Xayitov axborot berdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Toshkent_tumani

⚡️Maqsad: korrupsiyadan holi hayot !

⭐️ Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari boshchiligida Toshkent tuman bo‘limi xodimlari o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so'nggida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Facebook Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent #yernazorati

⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga qurilish qilish holati aniqlandi

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida Toshkent tumanining Choshtepa hududida dehqon xo‘jaligi yeriga qurilish qilish holati aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, Zangiota tumani hokimining 2016-yildagi tegishli qarorlari asosida 4 nafar fuqarolarga Choshtepa hududidagi qishloq xo‘jaligi haritasining 141-konturida joylashgan 44,5 ball bonitetli 1,16 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoni "Dehqon xo‘jaligi" tashkil qilish uchun ajratilib, 2017-yildagi qarori asosida maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga biriktirib berilganligi hamda turar-joy binolari qurilishiga ruxsat berilganligi aniqlangan.

✔️Aniqlangan holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilishi taʼminlandi.

Ma‘lumot uchun, mazkur yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2017-yildagi PQ-3375-sonli qaroriga asosan Zangiota tumani tasarrufidan Toshkent tumani tasarrufiga o‘tkazib berilgan.

Yuqoridagi holatda esa MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar! Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydoni oldi-sotdi, garov, xadya qilinmaslik, begonalashtirilmaslik, shuningdek, qurilish qilmaslik sharti bilan berilishini unutmang !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Tadbirkorlikning qonuniy yoʻlini tanlang !

Ayni damda Toshkent tumanining Iftxor MFY, Keles koʻchasidagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent tumani boʻlimi tomonidan fuqaro B.A ga nisbatan tegishli tartibda ogohlantirish berilib, uning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar berildi.

❗️Hurmatli fuqarolar, tadbirkor va yerdan foydalanuvchilar !
Har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yoʻlni tanlang, har qanday qurilish ishlarini tegishli tartibda ruhsatnoma olgach amalga oshiring!
Ma’muriy yoki jinoiy javobgar boʻlishdan himoyalaning !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida qurilgan inshoot buzildi

Nazorat tadbirlari davomida Toshkent tumanining Ko‘ksaroy MFY hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 3731-konturida joylashgan yer maydonlarining jami 20 sotix qismi fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, noqonuniy ravishda qurilmalar qilinganlik holati aniqlangan.

Mazkur holat Kadastr agentligining Toshkent tuman bo‘limi va hokimlik mutasaddilari nazoratiga olinib, qurilmalarni joyida bartaraf etish va qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘z holiga qaytarish ishlari amalga oshirildi.

Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga nisbatan esa bo‘lim tomonidan to‘plangan maʼlumotlar tegishli tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

📹Batafsil videolavhada
#yernazorati #Toshkent_tumani
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent tumanida yana bir qonunbuzilish holati !

Toshkent tumani, Toshto‘labek hududi, Beruniy MFYda joylashgan qishloq xo‘jaligi yerlari fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, beton g‘ovakli g‘ishtlar bilan o‘rab olinganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent tuman bo‘limi tomonidan to‘plangan maʼlumotlar tegishli tartibda prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlanib, tuman mutasaddilari bilan hamkorlikda holatni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !

#yernazorati #Toshkent
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent tumanida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Toshkent tumanining Qorasaroy MFY joylashgan Madaniyat saroyi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

#Toshkent_tumani #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent tumanida navbatdagi noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning G‘ishtko‘prik MFY, Chimkent yo‘li ko‘chasi, G‘ishtko‘prik bojxona posti yaqinida joylashgan, fuqaro U.A tomonidan tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoniga qurilgan noqonuniy savdo do‘koni yuzasidan sud organiga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlangan edi.

Bugungi kunga kelib, sudning hal qiluv qarori ustidan nazorat o‘rnatilib, MIB hamda Kadastr agentligining tuman bo‘limlari hamkorligida noqonuniy qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#yernazorati #Toshkent
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi hamda Toshkent viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas‘ullari tomonidan Toshkent tuman filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▫️Suhbat davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi #Toshkent_tumani
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram