TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.85K subscribers
9.1K photos
969 videos
10 files
7.26K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining hududiy filiallari tomonidan beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-sonli qaroriga ko‘ra, hududlar kadastr bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga
ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Kadastr raqami ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi

Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga ko‘p yillik dov-daraxtga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.

Quyidagilar yer uchastkasi, bino va inshoot kadаstr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:

🔹mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) raqami;
🔹mintaqa tarkibidagi tuman yoki viloyatga bo‘ysunuvchi shaharning raqami;
🔹kadastr zonasi raqami;
🔹kadastr massivi raqami;
🔹kadastr mavzesi raqami;
🔹yer uchastkasi raqami;
🔹ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkasi raqami;
🔹bino yoki inshootning raqami;
🔹bino yoki inshoot bir qismining raqami.


Huquqiy asos: VM-555-son, 09.09.2024 yil
#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oilalarga beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida berilishi belgilangan.

Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila deb o‘rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo‘lgan oilalar eʼtirof etiladi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (3 mln 118 ming 500 so‘mdan 9 mln 240 ming so‘mgacha);

🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (3 mln 118 ming 500 so‘mdan 10 mln 626 ming so‘mgacha).

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi

“Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmonining qabul qilinishidan maqsad etib quyidagilar belgilandi:

respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;

ko‘chmas mulk ob’ektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;

ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;

soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yildan barcha ko‘chmas mulk ob‘ektlari ommaviy baholashdan o‘tkaziladi

2025-yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk ob’ektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

2025–2026 yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM