TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.81K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#raddiya

⚡️Qushning ham uyasi buzilmasin !

BO‘STONLIQ "murojaat va yechim" telegram kanali orqali yo‘llangan videomurojaat Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda joydagi mahalla faollari ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Мurojaat yo‘llovchi B.T mazkur dala hovli ro‘yxatida yo‘qligi va ushbu fuqaroga tegishli uy-joy mavjud emasligi aniqlandi.

👉 Barchasi batafsil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#raddiya #Qibray

⚡️Tanganing ikkinchi tomoni

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi bloger Murod Maxsudovning Facebook sahifasida joylangan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Fuqaro Z.M tomonidan 2020 yil 21 dekabr kuni Davlat xizmatlari markazi orqali 25676818-raqamli arizaga asosan Qibray tumani, Qipchoq qishlog‘i, Olmazor MFY, Jalayer ko‘chasidagi 71-uy-joyga kadastr xujjatlarini rasmiylashtirib berishni so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu manzilga nisbatan chiqarilgan tuman hokimining qarori bekor qilinganligi sababli, ushbu yer maydoniga huquqni belgilovchi xujjatlar mavjud emasligi hamda ushbu yer maydonida qurilgan xech qanday binolar mavjud emasligi (rasmda) sababli kadastr xujjatlari rasmiylashtirib berish rad etilgan.

👇Barchasi batafsil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#raddiya

⚡️CHOLNI KO‘RIB “BOBOM” DEMANG !

"Tanqid ва tahlil" telegram kanalida "Kadastrchilar qo‘lga tushishda doim birinchi" sarlavhasi bilan Toshkent tumanidagi holat yoritilgan.

☝️Biroq, maʼlumot manbasi yaʼni Prokuratura Departamenti xabarida tezkor tadbirda fuqaro B.N. fuqaro X.I.ning 2 ta uy-joyi kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani aytilgan. Xabarda ikki fuqaro orasidagi kelishuv haqida gap ketmoqda ва kadastr xodimining ishtiroki hamda qo‘lga olingani haqida esa bironta jumla keltirilmagan.

Bundan chiqdi mazkur kanal sohta obro‘ orrtirish, reytingini oshirish maqsadida manba maʼlumotidagi birgina "kadastr" so‘ziga tayanib, maʼlumotni noto‘g‘ri talqin etmoqda. Xuddi cholni ko‘rib “bobom” deganday. "Tanqid ва tahlil" telegram kanali rasmiylaridan tanqid qilishdan avval maʼlumotni tahlil qilishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edik !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raddiya

⚡️Kadastr idoralari ko‘chmas mulkka nisbatan egalik qilish huquqini bera olmaydi !

HAQIQAT OVOZI YouTube kanali orqali "Zangiota tuman hokimini kadastr xodimlari bir tiyinga olmaydimi" sarlavhasi bilan eʼlon qilingan videomurojaat yuzasidan

Mutaxassis bergan javobidan tashqari, shuni taʼkidlamoqchimizki, har qanday obyektga mikrofon va kamera ko‘tarib borish va masalani ommaga taqdim qilishdan avval uning huquqiy tomonlarini o‘rganish va mavjud hujjatlarga huquqiy baho bergan holda talab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘lar edi nazarimizda.

Shu o‘rinda, mutasaddilarni bir tiyin qilishdan avval esa murojaatda keltirilayotgan masalaga tegishli quyidagi hukumat qarorlari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz:

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018 yildagi 461-sonli qarori (bir martalik umumdavlat aksiyasi to‘g‘risida, aksiya 2019 yil 1 mayga qadar davom etgan)

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-sonli qarori (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni auksionga chiqarish)

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi 1060-sonli qarori (ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish)

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi PF-6243-sonli farmoni (mahalliy hokimliklarning yer munosabatlariga oid vakolatlarini bekor qilinishi va yer ajratish tartibi)

‼️Bundan tashqari, kadastr idoralari ko‘chmas mulkka nisbatan egalik qilish huquqini berish vakolatiga ega emasligini maʼlum qilamiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raddiya

RADDIYA

Ijtiomiy tarmoqlarda Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi faoliyatidan noroziligi yuzasidan eʼlon qilingan holat boʼyicha Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kadastr agentligining Angren shahar bo‘limi tomonidan yerlarni talon taroj qilinishining oldini olish, noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibda joylarda yer nazorati monitoringi tadbirlari o‘tkazilib kelinishi hech kimga sir emas.

Murojaatda qayd etilayotgan "40-50 mln so‘m jarima" qismi yuzasidan joriy yilning fevral oyida olib borilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro N.A tomonidan shaharning Bo‘ston MFY, Navoiy ko‘chasi yo‘l bo‘yidagi yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, tegishli hujjatlarsiz savdo do‘koni qurib olinganligi holati aniqlangan. (Bozor hududi tashqarisida)

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017-yildagi 467-sonli qarori hamda Yer kodeksining 90-91-moddalari talablari buzilishi natijasida O‘z.R MJtKning 60-modda 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik harakatlari sodir etilishiga olib kelgan.

Holat yuzasidan bo‘lim tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda 51 mln so‘m miqdorda jarima tayinlash to‘g‘risidagi qaror rasmiylashtirilib, eʼlon qilingan va kadastr qarori ustidan 10 kun muddat ichida Kadastr agentligi tashkiloti yoki tuman sudiga shikoyat qilish huquqlari tushuntirilgan.

✔️Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi mazkur hatti-harakatlarini qonun talablari asosida amalga oshirgan.

Murojaatda tilga olinayotgan bozor hududida va uning tashqarisida tovar-maxsulotlarini "yoyma bozor" tashkil etish yo‘li orqali savdo qilayotgan savdogar fuqarolar ustidan nazorat olib borish vakolati Kadastr tashkilotlarida mavjud emasligini, bu kabi nazorat tadbirlari bozor maʼmuriyati, soliq inspeksiyasi, mahalliy hokimlik va Jamoat tartibini saqlash xizmati idoralari tomonidan amalga oshirilishini maʼlum qilamiz !

📎Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi tomonidan aniqlanayotgan noqonuniy holatlar va ularga nisbatan qo‘llanilayotgan choralar bo‘yicha quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🔹Hududlarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Angren shahri
🔹
Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda
🔹
Egallab olingan yer maydoni qaytarildi

❗️Shu o‘rinda, Ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlab chiqaruvchi yoki raqobatchini obro‘sizlantirish maqsadida asoslanmagan, yolg‘on ovozli, foto va videoxabarlarni tarqatish, bundan tashqari,tuhmat, yaʼni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekslarining tegishli moddalarida belgilangan javobgarlik bilan jazolanishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Raddiya

XALQ NAZORATI telegram kanali orqali Parkent tumani kadastr bo‘limi xodimlari 2019-yilda vafot etgan fuqaroga 2024-yilda kadastr hujjatlari rasmiylashtirishganligi va hujjatlar sohtalashtirilganligi aytilayotgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Unga ko‘ra, “Chkalovchi” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatining 66-sonli (dala hovli) yеr uchastkasi Parkent tuman hokimining 2015-yil 23-martdagi qaroriga asosan fuqaro (marhum) V.N Shekochixinga ajratilgan bo‘lib, mazkur yer uchastkasiga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquq marhumning qizi E.V.Pushkarevaning arizasiga muvofiq, 2024-yil 19-yanvarda marhum nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va shundan so‘nggina 2024-yil 17-martda Notarial idora tomonidan marhumning qonuniy merosxo‘ri E.V.Pushkarevaga nisbatan meros ishi ochilib, mazkur yer uchastkasiga bo‘lgan huquq E.V.Pushkarevaga nomiga rasmiylashtirilgan va meros asosida 2024-yil 5-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Mazkur harakatlar ketma-ketligidan ko‘rish mumkinki, yer uchastkasiga tegishli birlamchi huquqiy asos marhum V.N Shekochixinga tegishli bo‘lmoqda. Bunda tabiiyki, barcha yuridik hujjatlar avval marhum nomiga rasmiylashtiriladi. Shundan so‘nggina notarial harakatlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

#raddiya
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM