TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.81K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#muhim
⚡️Hujjati yo‘q 24 sotixgacha bo‘lgan yer uchastkalariga ijara huquqi belgilanadi!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Unda

🔹ko’chmas mulkka bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarning Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etilishi;

🔹O’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini eʼtirof etishda jismoniy shaxslarga yer hajmi 24 sotixgacha;

🔹yuridik shaxslar uchun esa chegara belgilanmaganligi

muhofaza etiladigan, qurilish taqiqlangan hududlardagi yer uchastkalariga nisbatan esa egalik huquqi rasmiylashtirilmasligi ta’kidlandi.

❗️Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo’ldi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
⚜️ Ezgulik nurlariga to'lgan Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Prezident o‘zbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

“Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar bo‘lsin! Sidqidildan qilgan duo va niyatlarimiz, ehson va amallarimizni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul aylasin! Inson qadrini ulug‘laydigan savobli ishlarimiz bardavom bo‘lsin!”, deyiladi tabrikda.

➡️Batafsil o‘qish uchun 

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qibray #yernazorati

⚡️Qibray tumanida sug‘oriladigan ekin yer maydoniga qurilish qilinganligi aniqlandi

⭐️Kadastr agentligi Qibray tumani bo‘limi va tuman prokuraturasi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish ahvoli o‘rganilganda, tumanning “Turon” massivi hududida qishloq xo‘jaligi xaritasining 1867-konturidagi 2,50 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan beton devor bilan o‘rab olinganligi va uy-joy qurish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlandi.

✔️Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, ayni paytda fuqarolar tomonidan qurilmalarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

⚠️Yuqoridagi holatda fuqarolar tomonidan qurilish ishlari olib borilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi yer toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Sug‘oriladigan yerlarda bino va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni taʼminlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.

Sug‘oriladigan yerlardan faqat qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bog‘dorchilik, uzumchilik va ko‘p yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.

❗️Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.

Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Huquqiy asos: Yer kodeksi va PF-5742, 17.06.2019 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosbat

⚡️Tezkor munosabat

Ijtiomiy tarmoqlarda Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi faoliyatidan norozi kayfiyatda eʼlon qilingan holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va holat yuzasidan batafsil axborot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatiladi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan (O‘RQ-923-son, 02.04.2024 y.) Qonunga ko‘ra,

▶️ “Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor –500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ayrim soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu tadbirkorlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi:

🔹 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 3 oygacha;
🔹 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 6 oygacha;
🔹 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda –12 oygacha.


✔️ Shuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:

51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

❗️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raddiya

RADDIYA

Ijtiomiy tarmoqlarda Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi faoliyatidan noroziligi yuzasidan eʼlon qilingan holat boʼyicha Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kadastr agentligining Angren shahar bo‘limi tomonidan yerlarni talon taroj qilinishining oldini olish, noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibda joylarda yer nazorati monitoringi tadbirlari o‘tkazilib kelinishi hech kimga sir emas.

Murojaatda qayd etilayotgan "40-50 mln so‘m jarima" qismi yuzasidan joriy yilning fevral oyida olib borilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro N.A tomonidan shaharning Bo‘ston MFY, Navoiy ko‘chasi yo‘l bo‘yidagi yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, tegishli hujjatlarsiz savdo do‘koni qurib olinganligi holati aniqlangan. (Bozor hududi tashqarisida)

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017-yildagi 467-sonli qarori hamda Yer kodeksining 90-91-moddalari talablari buzilishi natijasida O‘z.R MJtKning 60-modda 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik harakatlari sodir etilishiga olib kelgan.

Holat yuzasidan bo‘lim tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda 51 mln so‘m miqdorda jarima tayinlash to‘g‘risidagi qaror rasmiylashtirilib, eʼlon qilingan va kadastr qarori ustidan 10 kun muddat ichida Kadastr agentligi tashkiloti yoki tuman sudiga shikoyat qilish huquqlari tushuntirilgan.

✔️Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi mazkur hatti-harakatlarini qonun talablari asosida amalga oshirgan.

Murojaatda tilga olinayotgan bozor hududida va uning tashqarisida tovar-maxsulotlarini "yoyma bozor" tashkil etish yo‘li orqali savdo qilayotgan savdogar fuqarolar ustidan nazorat olib borish vakolati Kadastr tashkilotlarida mavjud emasligini, bu kabi nazorat tadbirlari bozor maʼmuriyati, soliq inspeksiyasi, mahalliy hokimlik va Jamoat tartibini saqlash xizmati idoralari tomonidan amalga oshirilishini maʼlum qilamiz !

📎Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi tomonidan aniqlanayotgan noqonuniy holatlar va ularga nisbatan qo‘llanilayotgan choralar bo‘yicha quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🔹Hududlarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Angren shahri
🔹
Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda
🔹
Egallab olingan yer maydoni qaytarildi

❗️Shu o‘rinda, Ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlab chiqaruvchi yoki raqobatchini obro‘sizlantirish maqsadida asoslanmagan, yolg‘on ovozli, foto va videoxabarlarni tarqatish, bundan tashqari,tuhmat, yaʼni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekslarining tegishli moddalarida belgilangan javobgarlik bilan jazolanishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️ KADASTRDA YANGI XIZMAT !

⭐️ Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

🖥 Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #huquq

Savol:
- Tuman hokimi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonini 25 yil muddatga ijara huquqi asosida olganman. Shu yerimni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:

- "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Yer uchastkasini xususiylashtirish —
davlat mulki bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga o‘tkazish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq

⚡️Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishga haqli

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.

Asos: Yer kodeksi 17-moddasi beshinchi qismi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun viloyat markazlarida to‘lov miqdori qancha ?
Anonymous Quiz
43%
yer solig‘ining 10 baravari miqdorida
44%
yer sodig‘ining 5 baravari miqdorida
14%
yer solig‘ining 15 baravari miqdorida
#huquq #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:

🔹yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;

🔹aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔹yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔹arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, rad javobi olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida arizachi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️XON ATLAS- MILLIYLIGIMIZ KO‘RKI, ZIYNATI

Xalqimizning go‘zal qadriyatlari, milliyligi ramzi sifatida xon atlasimiz mashhur va maʼlum. Har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Xon atlas” festivali ana shu qadriyatga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana-da oshirmoqda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan boshqarma hamda hududiy bo‘lim xotin-qizlar jamoasi ham bu yilgi festivalga o‘zgacha ko‘tarinki ruhda ishtirok etishdi. Milliy obidalarimiz, qadimiy ziyoratgohlarga milliy libosda sayohat uyushtirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM