TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.67K photos
936 videos
10 files
6.98K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Qonun ustuvor - jazo muqarrar !

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida “Sohada korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziyev korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilayotganligini, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida profilaktik tadbirlar va suhbatlar doimiy o‘tkazib kelinayotganligini, shahar va tuman bo‘lim hamda filial boshliqlari, xodimlari o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib olishlari lozimligini, tizimda “Qonun ustuvor-jazo muqarrar”ligini taʼminlash lozimligini bayon etib, Nurafshon va Bekobod shaharlarida, Bekobod, Piskent va O‘rtachirchiq tuman bo‘lim va filiallarida qayd etilgan korrupsion holatlarni alohida qayd etdi.

Shuningdek, shahar(tuman) boʻlim va filiallaridagi barcha xodimlarni binodan tashqaridagi harakatlarini kuchaytirilgan tartibda nazoratga olishi qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi, xodimlarning hatti harakatlariga hamda amalga oshirilgan ishlari uchun shaxsan boʻlim va filial boshliqlari javobgar ekanligi, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmasligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⚡️Yer fondi toifalari haqida bilasizmi ?

Yer kodeksiga muvofiq, yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:

🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari;
🔹 sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
🔹 o‘rmon fondi yerlari;
🔹 suv fondi yerlari;
🔹 zaxira yerlar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #savol_javob

⚡️Savol:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?

Javob:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun arizachi davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etish lozim bo‘ladi.

📲 davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun esa my.gov.uz portalida yoki Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish yo‘li bilan murojaat etishi lozim.

Huquqiy asos: VM-535, 02.09.2020-yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Bekobod_shahri #ayni_dam #sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Bekobod shahrining 3-sonli umum taʼlim maktabi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda tuman masʼullari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer fondi necha toifaga ajratiladi ?
Anonymous Quiz
28%
6 ta
50%
8 ta
11%
12 ta
11%
5 ta
#infografika #yernazorati

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qiluvchi holatlar to‘g‘risida maʼlumot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_shahri #sayyor_qabul

⚡️Bekobod shahrida sayyor qabul oʼtkazildi

Bugun aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Bekobod shahrining 3-sonli umum taʼlim maktabi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil qilindi.

Qabulda har bir fuqaroning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Shu o‘rinda ko‘pchilikni qiynayotgan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga egalik huquqini berish masalasiga doir yangi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qilamiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishga;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga.

👉 Manba

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Zangiota #sayyorqabul

⚡️Ayni damda Zangiota tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Ayni damda aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Zangiota tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Yunusov hamda viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?
Anonymous Quiz
27%
Kadastr idoralariga
70%
Davlat xizmatlari markaziga
3%
Mahalla fuqarolari yig‘inlariga