TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.67K photos
937 videos
10 files
6.98K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤

🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🟢Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

▶️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan takomillashtirildi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilingan Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi o‘rtasida maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.

#kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi mumkin

22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qayd qilinishicha, bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqaroning ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechimni kutmoqda

Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etish tartibi belgilanadi.

Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Qonun loyihasining muhokamasi davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Bilasizmi

⚡️Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi lavozimga tayinlashda inobatga olinadi

Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

💼 Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

Huquqiy asos: VM-595-son, 14.10.2022 yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Auksiondan ijaraga olingan dehqon xo‘jaligi yerini ikkilamchi ijaraga berish mumkinmi ?
Anonymous Quiz
74%
Ha
26%
Yo‘q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️Toshkent viloyatida tadbirkorlik uchun qulay imkoniyat !

Tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘lsangiz bo‘sh yer uchastkalarini e-auksion.uz portali orqali sotib oling va o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying !

➡️ Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalari

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Oqqoʼrgʼon

⚡️Bizning manzillar: Oqqoʼrgʼon tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Arslonov Qobil Axmedovich
Filial rahbari - Andaqulov Shoxrux Mirzakarim o‘g‘li

Jismoniy
va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani, Oxunboboyev ko'chasi, 2a-uy

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #bilasizmi

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga ko‘ra, mart oyida O‘zbekiston aholisi uchun quyidagi dam olish kunlari mavjud:

🔹8 mart – juma (bayram);
🔹21 mart – payshanba (bayram);
🔹22 mart – juma (ish haftasi turidan qatʼiy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
🔹23 mart - shanba (olti kunlik ish haftasi xodimlari uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun).


🔖 Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar 4 kun, 8 mart kuni esa besh kunlik ish haftasi ishchilari 3 kun ketma-ket dam oladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasi olib qo‘yilganda uning egasiga bir martalik to‘lov beriladi

Qonunchilikka muvofiq, yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #taqiq #kadastr_xizmati

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

➡️binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

➡️tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

☝️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati

⚡️Kadastr inspektorlari planshet va body kameralar bilan taʼminlanadi

Kadastr agentligi tomonidan "E-yer nazorat" AAT dasturi ishlab chiqildi. Unda yer qonunbuzarlik holatlar kosmik syemkalar orqali nazorat qilinadi.

🖥Qonun buzarlik aniqlanib bartaraf etilmagunga qadar bo‘lgan jarayon ortiqcha qog‘ozlarsiz dasturda yuritiladi.

❗️Bu o‘z navbatida korrupsion holatlarni oldini oladi, chunki jarayon planshet va body kamera orqali nazorat qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim #huquq

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga “amnistiya” qonuni. Eng muhim qoidalar qanday bo‘ladi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. U 126 mingdan ortiq fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari yoki ularda qurilgan binolarini legallashtirishni nazarda tutadi.

Loyihada nafaqat fuqarolarning uy-joylari, balki tadbirkorlarning ishlab chiqarish obektlari va ular joylashgan yerlarga tegishli huquqlar e’tirof etilishi taklif qilingan.

❗️Qonun ta’siri doirasiga 2018-yil 1-may kuniga qadar o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino va inshootlar tushadi.

🌐 Qonun ta’siri doirasiga tushadigan obektlar kosmik suratlar orqali aniqlanadi.

⚠️ Huquqni e’tirof etishning asosiy shartlari – ushbu yer boshqa shaxslarga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan, foydalanuvchilar o‘rtasida nizo hamda soliqdan qarzi bo‘lmasligi kerak.

O‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda unda qurilgan bino va inshootlarga tegishli huquq e’tirof etilishi uchun fuqaro va tadbirkorlarning ariza berishi talab etilmaydi.

Rasmiylashtirish jarayonlari vakolatli davlat organlari tomonidan grafik asosida mustaqil amalga oshiriladi.

✉️ Huquq e’tirof etilishi yakuniga yetganda fuqaro va tadbirkorlarga bu haqida xabarnoma yuboriladi.

Huquqlar e’tirof etilganlik uchun 370 ming so‘mdan 3 mln 700 ming so‘mgacha bir martalik yig‘im nazarda tutilgan.

🔖Qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda. Qonunchilik palatasining yalpi majlisiga qachon kiritilishi aniq emas.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Bekobod shahar fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Bekobod shahar fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 27 - fevral kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Bekobod shahar, “Buloqariq” MFY, Shahriobod ko‘chasi, 3-sonli umum taʼlim maktabi binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent viloyatida maydoni jihatdan eng kichik hudud qaysi?
Anonymous Quiz
44%
Nurafshon shahri
20%
Chirchiq shahri
36%
Yangiyo‘l shahri
#bizningmanzillar #Toshkenttumani

⚡️Bizning manzillar: Toshkent tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Toshkent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Toshkent tumani filiali

Bo‘lim rahbari - Xayitov Zafar Zabixullayevich
Filial rahbari - Xoldorov  Otabek Karim o‘g‘li

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati,Toshkent tumani, Keles shahar, K.G‘ofurov ko‘chasi, 50-uy

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

📣DIQQAT E’LON!

❗️ Hurmatli Zangiota tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

✔️ Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 28-fevral, soat 11:00 da

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chinor MFY, A.Temur ko'chasi, 81 uy, 2-son kasb-hunar maktabi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 70 202 02 07 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM