TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.85K subscribers
9.07K photos
968 videos
10 files
7.25K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#tanqid #ijro

❗️Siz imzolagan har bir hujjat - tashkilot yuzidir !

Maʼlumki, hukumat qarori bilan tasdiqlangan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» da 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan yil boshidan barcha tashkilot va idoralarda ish hujjatlari yurituvi lotin alifbosida amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi boshqarmalari va ularning hududiy bo‘limlarida ham.

Biroq, lotin alifbosiga o‘tilganiga mana 11 oy bo‘libdi hamki, rahbar hamda xodimlar orasida ish hujjatlarida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Bir jumlaning o‘zini ham lotin ham kirill alifbosida yozish, orfografik va grafik xatolar, bosh harflarni qo‘llash va imlo xatolari shular jumlasidandir.

☝️Chiqish xatlarining mazmuniku alohida bir mavzu.


Vaqtida tanqidni o‘zimizga o‘zimiz qilmasak, xato va kamchiliklarimiz haqida avval o‘zimiz gapirmasak, ertaga tashqaridan qilingan tanqidning toshi og‘ir bo‘ladi.

📌Hurmatli rahbarlar, har qanday hujjatni imzolab, tasdiqlashdan avval uning mazmuniga, imloviy xatolariga va hujjatning har bir so‘zi lotin alifbosida yozilganiga eʼtibor qarating. Xodimingiz xato qilishi, tajribasizlik qilishi mumkindir, lekin rahbar sifatida sizning bunday xato qilishga haqqingiz yo‘q. Siz - o‘zingiz rahbarlik qilib, faoliyat olib borayotgan tashkilot obroʼsi uchun masʼul shaxsiz !

❗️Unutmang, siz imzolagan har bir hujjat - tashkilot yuzidir !

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram