TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.64K photos
930 videos
10 files
6.95K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

🔹renta oluvchi;
🔹rentani to‘lovchi hamda rentaning miqdori yoki uni aniqlash tartibi va shartlari.

Renta shartnomasi — fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga koʻra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta toʻlovchi)ga mulkni beradi, renta toʻlovchi esa olingan mulk oʻrniga renta oluvchiga muayyan pul mablagʻi shaklida renta toʻlab turish yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablag' berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.

📄Renta shartnomasi boʻyicha rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) toʻlash majburiyatini belgilash mumkin.

❗️Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi kerak.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi

🟢Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟢Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟢Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟢Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun asoslar

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▶️ yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

▶️ binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▶️ binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▶️ binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

▶️ ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

▶️ qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

▶️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 313 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining "Rezerv ma'lumotlarni qayta ishlash markazi"da texnik nosozlik aniqlanib bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi maʼlumotlarni tekshiradi:

▪️arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi

▪️ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi

▪️umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi

▪️ ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi

▪️boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi.

Facebook Instagram Telegram