TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.83K subscribers
8.32K photos
910 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

⚠️Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

✍️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Asos: Yer kodeksi, 91-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish

🔹fuqarolarga BHMning 3 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 68-modda
#yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallab olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🔹BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Asos: Jinoyat kodeksi, 229-modda

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🔸Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: YER KODEKSI 91-modda.

#yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram