TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
8.3K photos
909 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

Suxrob Ilkhomovning Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali "Bo‘stonliq tumanining Sijjak, Nanay, Bog‘iston hamda Boladala MFY larda aholi necha yillardan beri istiqomat qilib kelgan uylarini hanuz hujjatini qila olmayapti" sarlavhasi bilan eʼlon qilgan videomurojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

👉 Batafsil o‘qish uchun

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

⚡️⚡️Samarqand shahridagi Kongress markazida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan "O‘rtachirchiq tumani kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan video post yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Hozirda mazkur ish yuzasidan DXX organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

❗️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat

⚡️Nanaylik aholi murojaatlari o‘rganildi


Bo‘stonliq tumani Nanay qishlog‘ida yashovchi fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiyshtirishda kelib chiqayotgan eʼtiroz va muammolarini o‘rganish yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

👉 Batafsil oʼqish uchun

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼka #rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

NazoratUz | Rasmiy kanaliga mazkur kanal kuzatuvchilaridan Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Parkent mahallasida joylashgan haykal atrofidagi yer fuqaro tomonidan egallab olingani mazmunida yuborilgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Bo‘ka tumani Parkent MFY Markaziy ko‘chada o‘rnatilgan "Nomaʼlum askar" haykali va unga tutash bo‘lgan yer maydoni Madaniy meros agentligiga qarashli bo‘lib, bugungi kun holatiga mazkur yer maydonlari haqiqatda fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan yog‘och to‘siqlar bilan o‘rab olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs bilan suhbat olib borilib, uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Bundan tashqari, holat Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan rasmiylashtirilib, bartaraf etilishi taʼminlanishini maʼlum qilamiz.

❗️Shuningdek, fuqarolarimizdan shu va shu kabi holatlarga guvohi bo‘lganlarida Kadastr agentligining hududiy bo‘limlariga xabar berishlarini so‘rab qolamiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosbat

⚡️Tezkor munosabat

Ijtiomiy tarmoqlarda Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi faoliyatidan norozi kayfiyatda eʼlon qilingan holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va holat yuzasidan batafsil axborot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosаbat

⚡️Tezkor munosabat

Ijtiomiy tarmoqlarda "Bo'stonliqdan murojaat" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va holat yuzasidan batafsil axborot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #yernazorati
⚡️Darvoza o‘rnatganlarga chora ko‘rildi

Instagram tarmog‘i orqali "Bo‘stonliqdan murojaat" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaatda Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY, Navolisoy ko‘chasida yashovchi fuqarolar Chorbog‘ suv omboriga olib boruvchi yo‘l darvoza bilan to‘sib qo‘yilganligi va fuqarolarning suv bo‘yiga borish imkoniyati cheklab qo‘yilganligi maʼlum qilingan.

Murojaatni o‘rganish davomida yuqorida qayd etilgan darvoza fuqaro Z.M tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilganligi va hech qanday hujjatlarsiz qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan tegishli tartibda MJtKning 60-modda 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik asosida ish hujjatlari rasmiylashtirilganligini maʼlum qilamiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Rasmiy munosabat

YouTube internet tarmog‘i orqali Yuqori Chirchiq tumani Istiqlol MFY Jannatmakon bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati fuqarolari xonadonlarining Bosh rejaga kiritilmayotganliklari yuzasidan yoritilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilinadi.

Murojaatda qayd etilayotgan yaʼni bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati chegralariga aniqlik kiritish va uni meʼmorlikda shahar va boshqalarning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyihaga kiritish kadastr vakolatiga kirmasligi va mazkur masalada Arxitektura idoralariga murojaat qilishlik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan "Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Chinoz tuman filiali ma‘muriy binosi qurilishi" yuzasidan eʼlon qilingan tanlov va mazkur tanlovda ishtirok etgan qurilish tashkilotlari yuzasidan quyidagilar malum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2022-yildagi PQ-405-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, Chinoz tuman filialiga yangi bino qurilishi belgilangan.

Joriy yilning 4-iyunida pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida “E-tender” platformasiga joylashtirilgan va tanlovning 1-bosqichida 3 ta qurilish tashkiloti (talabgor) "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ, " INVEST EVEREST" MCHJ va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJlar ishtirok etgan va baholangan. Shundan 2 ta talabgor yaʼni "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ (70 ball) va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJ (70 ball) tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022-yildagi 46-son qaroriga muvofiq, platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq g‘olib va zaxiradagi g‘olib avtomatik ravishda aniqlanadi.

Agar talabgor natijalarini hisoblash jarayonida umumiy ballar bir xil bo‘lsa, eng birinchi bo‘lib taklifini taqdim etgan (sana, vaqt) talabgor g‘olib etib belgilanadi.

Tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar o‘rtasida 2024-yil 11-iyunda 24120012366908-son bayonnoma rasmiylashtirilib, “MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR” MCHJ g‘olib deb topilgan.

Hozirda, “E-tender” platformasi orqali 2024-yil 11-iyunda shakllangan 24120012366908-sonli bayonnoma 48 soatli muhokama jarayonida ekani maʼlum qilinadi.
(Muhokama jarayoni 13-iyun kuni soat 00.00 da yakunlanadi).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM