TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
8.31K photos
910 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi #Yangiyol_shahar

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J. Axrorov hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Yangiyo'l shahar filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▫️Suhbat davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Har bir xodim bilan induvidual tarzda o'tkazilgan suhbatda xodimning korrupsiyaga moyillik darajasi o'rganildi va "Xavotir guruhi" shakllantirildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #sayyor_qabul #Yangiyol

⚡️Aholi manfaatlari yo'lida

Bugun Yangiyo'l shahrida aholining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Kadastr agentligi hamda uning Toshkent viloyati boshqarmasi mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

📌 Bu kabi sayyor qabullar viloyatning har bir tuman va shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#yernazorati #Yangiyol_shahar

⚡️Yangiyo‘l shahridа aniqlangan holat bataraf etilmoqda

Kadastr agentligining Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan shaharning Bog‘bon hududida noqonuniy ravishda qad rostlagan qurilma aniqlandi.

Mazkur qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan qurilma egalari bilan olib borilgan suhbat natijasida obyekt ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlanib, yer o‘z holatiga qaytarilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Yangiyol_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Yangiyo‘l tuman bo‘limiga kelib tushayotgan murojaatlar filialning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Yangiyoʼl_shahri #yernazorati

⚡️Noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy bartaraf etilmoqda

Yangiyo‘l shahri Mevazor MFY Turon ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N tomonidan davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydoni o‘zboshimcha egallab olinib, yer uchastkasiga nisbatan qonuniy hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

✔️Kadastr agentligi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgach, qurilmalar yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslar tomonidan 15 kunlik muddat ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilshi taʼminlagan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyoʼl #tayinlov

Artigaliyev Rustam Sabirjanovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo‘l shahar filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Sabirjanovich - 1981-yil Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent Davlat agrar universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo‘l shahar filiali bosh muxandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Rustam Sabirjanovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Yangiyoʼl_tumani #yernazorati

⚡️Yangiyo‘lda yer qonunbuzilish holati bartarаf etildi

Kadastr agentligi Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Yu.B tomonidan Yangiyo‘l tumani, Tinchlik massivi, Tuyabo‘g‘iz MFS, Toshkent-Termiz M-39 avtomobil yo‘lini mintaqasidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 192k-konturidagi yer maydoniga 50 kv.m o‘lchamdagi bino inshootlar yaʼni shlokoblokdan qurilgan qurilma, tom qismi yakunlanmagan va temir konstuksiyali bostirmalardan iborat qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurib olganligi aniqlangan.

✔️Bo‘lim tomonidan mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyol_shahri #yernazorati

⚡️Tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang !

Yangiyo‘l shahrining Navruz mfy Samarqand ko‘chasi hududida fuqaro tomonidan tegishli hujjatlarsiz savdo do‘koni oldiga yengil tipdagi bostirma qurib olish holati aniqlangan.

Kuni kecha fuqaro qurilmalarni o‘z hisobidan bartaraf etish ishlarini boshlab yubordi.

❗️Maʼlumot uchun mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan⭐️ Kadastr agentligining Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan ogohlantirish xati berilgan edi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyoʼl #yernazorati

⚡️Yangiyo‘lda qo‘pol qonunbuzilish holati aniqlandi: yengil tipdagi issiqxona o‘rnida kapital qurilishlar

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri davomida qishloq xo‘jaligi yer maydonida kapital qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2019-yildagi tegishli qarori asosida Tinchlik hududidagi qishloq xo‘jaligi haritasining
185-186-konturlaridan 9,7 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida ajratilib, “Zamonaviy muqobil isitish tizimida ishlaydigan yengil tipdagi issiqxona, mevalarni quritish va saqlash omborxonasi” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Biroq, Yangiyo‘l tumani hokimi qarorlari belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmasidan turib, yengil konstruksiyali qurilmalar qurilgan va oldi-sotdi shartnomasi asosida 5 nafar shaxslarga begonalashtirib yuborilgan.

⚠️Natijada bugungi kunda kapital qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va qishloq xo‘jaligi yeri foydalanuvchilari !

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyoʼl #yernazorati

⚡️O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri doirasida quyidagi holat aniqlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2018-yildagi tegishli qaroriga Tinchlik shirkati xo‘jaligi boshqaruvining 21.01.1998 yildagi №1-sonli qarori asos qilinib, Yangiyo‘l tumani “Tinchlik” massivi Tuya-bo‘g‘iz M.F.Y.dagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 157-konturda joylashgan jami 1,62 gektar, shundan 1,40 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoniga 7 nafar fuqaroga nisbatan egalik huquqi berilgan va ushbu yer maydonida fuqarolar tomonidan qurilishlar amalga oshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli choralar qo‘llanilgan.

Biroq, yuqoridagi holatdan tegishli xulosa chiqarmagan shaxslar, 2023-yilda o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzib tashlangan bo‘lsada, mazkur yer maydonlarini notarial tartibda oldi-sotdi qilib, begonalashtirib yuborganligi aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

⚠️Mazkur holatda fuqarolar tomonidan qurilish ishlari olib borilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyoʼl #yernazorati

⚡️Yangiyo‘l tumanida “o‘ta” yengil tipdagi issiqxona qurilganligi aniqlandi

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri doirasida quyidagi holat aniqlandi.

Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2018-yildagi tegishli qarori asosida Tinchlik hududidagi qishloq xo‘jaligi haritasining 179q-konturidan 2,0 gektar 60 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydoni ijara huquqi asosida ajratib berilib, “Yengil tipdagi issiqxona” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Biroq, mazkur qaror belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimi tomonidan tasdiqlanmasdan turib, yengil konstruksiyali issiqxona qurilmasdan turib, tuman hokimining 2018-yildagi tegishli qarori bilan mazkur yer maydonida “Plastmassa maxsulotlarini qayta ishlash sexi” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berib yuborilgan.

⚠️Natijada esa qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonida kapital qurilmalar qurilishi oqibatida ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Murojaatlar o‘rganilmoqda

Ayni damda Yangiyo‘l tumanining Guliston MFYdagi Hokim sektori binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

#Yangiyoʼl #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangiyo‘lda qo‘pol yer qonunbuzilish holati aniqlandi

Aniqlanishicha, fuqaro A.R tomonidan Yangiyo‘l tumani Tinchlik massivi, Tuyabo‘g‘iz MFY hududi, “Abduraxmon Xolposhsha ishonch” fermer xo‘jaligiga qarashli qishloq xo‘jaligi xaritasining 148q-konturida joylashgan 1,10 ga yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, asossiz ravishda 1,10 ga yer maydonida noqonuniy noturar-joy bino inshootlari qurib yuborilgan.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan fuqaroga rasman ogohlantirish berilganligi, biroq, fuqaro tomonidan ogohlantirish asossiz va oqibatsiz qoldirilganligi, shuningdek, ushbu holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi maʼlum qilinib, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy turar-joy bino inshootlarni fuqaro A.R tomonidan bartaraf etilib, yerni dastlabki holatiga qaytarish majburiyatini yuklash haqida sudga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va qishloq xo‘jaligi yeri foydalanuvchilari !

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


#Yangiyoʼl #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Yangiyo‘l shahrining 1-umumtaʼlim maktabi majlislar zalida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

#Yangiyoʼl #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
♦️
Ayni damda noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

Ayni damda Kadastr agentligining Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan shaharning Fayzli MFY, Toshkent shoh ko‘chasidagi bir qator noqonuniy qurilmalar tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar, tadbirkor va yerdan foydalanuvchilar!
Har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang, har qanday qurilish ishlarini tegishli tartibda ruhsatnoma olgach amalga oshiring!


❗️Ma‘muriy yoki jinoiy javobgar bo‘lishdan himoyalaning!
#Yangiyoʼl #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J.Axrorov hamda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislar ishtirokida Yangiyo‘l shahar bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▫️Suhbat davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Har bir xodim bilan induvidual tarzda o'tkazilgan suhbatda xodimning korrupsiyaga moyillik darajasi o'rganildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi #Yangiyoʼl_shahar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram