TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.81K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#eʼlon #Zangiota #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli
Zangiota tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Zangiota tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 16-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Zangiota tumani, 1-sektor, Obod turmush MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_dam #sayyor_qabul #Zangiota

⚡️Ayni damda Zangiota tumanida  Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati  rahbariyati boshchiligida  aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Aholi manfaatlari yo'lida

Bugun Zangiota tumanida aholining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Jumladan fuqaro G.Norovaning soliq undiruvining bevosita kadastrga bog'liq qismi yuzasidan qilgan murojaati joyining o'zida ijobiy hal etildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

📌 Bu kabi sayyor qabullar viloyatning har bir tuman va shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#Zangiota #sayyorqabul

⚡️Ayni damda Zangiota tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Ayni damda aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Zangiota tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Yunusov hamda viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #sayyorqabul

Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari va viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarnii aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Zangiota tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi.

Qabul davomida auksion, soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, aholini qiziqtirgan turli sohada berilgan savollar bo‘yicha batafsil javoblar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #yernazorati

⚡️Zangiotada sug‘oriladigan ekin yer maydoniga qurilish qilinganligi aniqlandi

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Zangiota tumanida olib borilgan nazorat tadbiri davomida sug‘oriladigan ekin yer maydonida kapital qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

Aniqlanishicha, Zangiota tumani hokimining 2019-yildagi tegishli qarori asosida M.Ulug‘bek hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining
300k-303k-304k-konturlarida fermer xo‘jaligiga ijara huquqi asosida ajratib berilgan. Mazkur yer maydonining qisman 0,88 gektar 77 va 68 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari Z.I tomonidan tegishli tashkilotlardan ruxsatnoma olmasdan turib, o‘zboshimchalik bilan noturar va turar-joy qurilmalari qurib yuborilgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

⚠️Fermer xo‘jaligi tomonidan qurilish ishlari olib borilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #yernazorati

⚡️Zangiotada navbatdagi holat bartaraf etildi

Kadastr agentligi Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tumanning To‘qimachi massivida joylashgan "Gulbahor Obod" bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, qurilish ishlari amalga oshirganligi aniqlandi.

Holat tegishli tartibda bo‘lim tomonidan nazoratga olinib, yer qonunbuzilishini sodir etganlarga nisbatan rasman ogohlantirish xatlari berildi.

✔️Natijada mazkur qurilmalar ixtiyoriy ravishda belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #OAV_biz_haqimizda #yernazorati

⚡️Joylarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Zangiota tumani

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Zangiota
⚡️Qabriston yerlarida aniqlangan noqonuniy qurilmalar !

Aniqlanishicha, Zangiota tumani, O‘zbekiston massivi, Bo‘ston MFY, Ohakchilar ko‘chasida Markaziy qabriston maqsadi uchun ajratilgan yer maydonining 70 sotix qismi nomaʼlum fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan va 9 ta xo‘jalikka bo‘lib, qurilish ishlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Zangiota tuman bo‘limi tomonidan qonunda belgilangan tartida choralar ko‘rilib, qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Unutmang, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Zangiota
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Zangiota tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida binoga kirayotgan tashrif buyuruvchilarni doimiy ravishda qayd etib borilishi lozimligi hamda korrupsion holatlar asosan sobiq xodimlar tomonidan amalga oshirilayotganligini, tuman bo‘lim va filialidan ishdan bo‘shab ketgan sobiq xodimlarni binoga doimiy ravishda tashrif buyurishlarini hamda amaldagi xodimlar bilan ish vaqtida muloqot qilishini oldini olish choralarini ko‘rish lozimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Zangiota tumanida qo‘pol yer qonunbuzilish holati aniqlandi

Aniqlanishicha, Zangiota tumani hokimining 09.07.2010-yildagi 441-son qaroriga asosan tumanning Qatortol hududida faoliyat yuritayotgan “Nodira Dilnoza Fayz” fermer xo‘jaligi ijarada foydalanishida bo‘lgan 3,0 gektar (53 ball bonitetli) sug‘oriladigan ekin yer maydoni “Davlat” fermer xo‘jaligiga yengil tipdagi muqobil yoqilg‘idan foydalaniladigan “Issiqxona” qurilishi uchun yer maydoni tanlash va ajratish to‘g‘risidagi hay‘at a‘zolarining 22.05.2010-yildagi dalolatnomasi tasdiqlangan.

Biroq, yuqorida qayd etilgan qaror Yer kodeksining 23-moddasi talablariga zid ravishda “Nodira Dilnoza Fayz” fermer xo‘jaligi ijarada foydalanishida bo‘lgan yer maydoni belgilangan tartibda davlat zaxira yerlari tarkibiga qaytarib olinmasdan turib, “Davlat” fermer xo‘jaligiga 3,0 gektar yer maydoni yer ajratish tariqasida viloyat hokimi qarori bilan realizatsiya qilinmaganligi natijasida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan va 1 402,48 kv.m. bo‘lgan issiqxona va bostirma bino-inshootlari qurish ishlari amalga oshirilib, begonalashtirib yuborilgan.

⚠️Natijada esa qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni kapital qurilmalar qurilishi oqibatida noqishloq xo‘jaligi yer toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


#yernazorati #Zangiota
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM