TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.67K photos
937 videos
10 files
6.98K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
"Shaffof shaharlar" va "Halol tumanlar" loyihalari ishga tushirilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD) hamkorligida davlat hokimiyati organlarida korrupsiya xavflarini aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan "Shaffof shaharlar" va "Halol tumanlar" dasturlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Dastlabki bosqichda dastur Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Jizzax viloyatining Jizzax shahri va Buxoro viloyatining Vobkent tumanida amalga oshiriladi.

Bu mamlakatimiz uchun ilk tajriba bo‘lib, boshqa hududlarga yanada kengayishi uchun amaliy asos yaratadi. Bundan tashqari, shaffoflikni oshirish va axloqiy standartlarni joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan strategik reja va yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

Ushbu chora-tadbirlar korrupsiyadan xoli hududlarni yaratishga yordam beradi va ular muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng dastur boshqa barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT. JUDA MUHIM

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni doirasida hozirda kadastr xodimlari tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqish, taʼmagirlik yoki korrupsion harakatlarni sezsangiz quyidagi raqamlar orqali darhol bizga xabar bering.

📞+998702020207
📞+998997500530

#OʼRQ_937 #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar
🔹BHMning 3 baravaridan (1 mln 125 ming so‘m)
🔹25 baravarigacha (9 mln 375 ming so‘m) miqdorida
bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #bilasizmi

⚡️Mansab vakolatini suisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Bekobod tuman bo‘lim(filial)ida navbatdagi qo‘shma profilaktik tadbir o‘tkazildi

Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida Bekobod tuman bo‘limi hamda filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, mazkur bo‘lim va filiallar xodimlari bilan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlari o‘rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Xatlov jarayonlari nazorat ostida. Angren shahri

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.

Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram