TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.65K photos
933 videos
10 files
6.96K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer berish tartibini buzish besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229 prim 1-moddasiga quyidagicha o‘zgartirish kiritilmoqda:

229 prim 4-modda:

🔹birinchi qismining sanksiyasidagi “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining:
dispozitsiyasi quyidagi mazmundagi “v” band bilan to‘ldirilsin:


“v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa”;
🔹sanksiyasidagi “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

#yernazorati #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hujjat soxtalashtirish orqali yerlarni talon-taroj qilganlik holati aniqlandi

Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tuman hokimining “fuqaro R.Ubayevaga 0,40 gektar yer maydoniga doimiy foydalanish huquqi tan olish va ushbu yer maydonida qurilgan qurilish osti maydoni 250,0 kv.m. qurilmalarga mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi” tegishli qarorini soxtalashtirgan holda tumanning Qoronqul MFY hududida joylashgan 0,40 gektar yer maydoni talon-taroj qilinganligi, qurilmagan bino va inshootlarni qurilganligini ko‘rsatgan holda 5 nafar fuqarolarga oldi-sotdi shartnomasi asosida begonalashtirilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi taʼminlanib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

#Boʼstonliq #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —

🔹BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki
🔹uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
🔹uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


❗️O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —

🔹ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish —

🔹BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki
🔹uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
🔹ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


#yernazorati #javobgarlik
Каналга уланиш:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ka tumanida yana bir noqonuniy holat bartaraf etildi

Aholi murojaatiga asosan Bo‘ka tumani, Madaniyat MFY, Ezgulik ko‘chasi hududi o‘rganilganda, "Istiqlol dehqon bozori" MCHJ tomonidan davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangan va devor bilan o‘rab olingani aniqlandi.

Mazkur holat Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.

#Boʼka #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Sug‘oriladigan yerlar toifasini o‘zgartirish Prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Sug
‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.

❗️Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.

Huquqiy asos: Yer kodeksi 9-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #yernazorati #qonun

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🔹 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (3 750 000),

🔹 mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari (5 625 000) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#yernazorati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

❗️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi, 44-modda

#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram