TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#ogohlik #jinoyat

⚡️Noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, unga Olmaliq shahar, “O.” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi 6 sotix yer maydonini 12 000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ogohlik #jinoyat

⚡️Mahalla guzari qurish uchun ajratilgan yer maydonini sotgan fuqaro aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko‘ra, fuqaro S.A. O‘rtachirchiq tumani, “Qumovul” MFY hududida mahalla guzari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini tadbirkor D.T. ga firibgarlik yo‘li bilan 102,2 mln so‘mga sotganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

‼️ Eslatib o‘tamiz, meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalari oldi-sotdisiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ogohlik #jinoyat

⚡️Yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln. AQSH dollariga sotib olib berishini aytib, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln. AQSH dollari, boshqa holatda O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1972 y.t., muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2021 yilda Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan mahalliy qurilish firmaga investitsiya kiritish dasturi asosida ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln. AQSH dollari berishini talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 200 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik #jinoyat #yernazorati

⚡️Yer maydonlari va savdo do‘konini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi va Toshkent viloyati IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. “Lolaariq” MFYda joylashgan bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatiga qarashli 6 sotix yer maydonini fuqaro M.Sh ga 3 500 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu birgina Toshkent viloyatidagi holatdir. Biroq, bu kabi holatlar respublikamizning boshqa ko‘plab hududlarida ham uchramoqda.

❗️Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz,

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik #jinoyat

⚡️Yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.Ya. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Yangiyo‘l tumanidagi “S.” va “A.O.” shirkati aʼzolariga tegishli bo‘lgan 112 sotix yer maydonini 227 400 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilib, ushbu pular hisobidan 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Parkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.M. qo‘shnisi B.U.ning ishonchiga kirib, unga “Markaziy” MFY hududidagi 12 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilib, evaziga 31 mln so‘m va 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jinoyat

⚡️Angrenda yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departmentning Angren shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. fuqaro M.M. ga tanishlari yordamida “8-Mart” MFY hududidagi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli 50 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar esa mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jinoyat #ogohlik

⚡️Toshkent viloyatida yerlarni noqonuniy sotilishiga chek qoʻyildi

📎Xususan, Oʻrta Chirchiq tumanida maklerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi 2 nafar shaxs Ohangaron tumanidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan MCHJga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida berilgan 96,6 gektar yaylov yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, chorvachilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 70 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📍Shuningdek, Ohangaron va Toshkent tumanlarida ham shu kabi holatlar aniqlangan.

Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar esa mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jinoyat #Boʻstonliq #yernazorati
⚡️Jinoyatga sabab bo‘lgan yer qonunbuzilish holati

Bo‘stonliq tumanida yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, Bo‘stonliq tumani, Qizilsuv MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan yaylov yerlari nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallanib, 36 sotix yer maydoni o‘rab olingan va qurilish ishlari amalga oshirilgan.

✔️Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan to‘plangan maʼlumotlar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborildi va yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaro shaxsi aniqlandi.

Ayni paytda holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

✔️Qurilmalar esa Qizilsuv mahalla faollarining tashabbusi bilan bartaraf etildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik #jinoyat
⚡️Yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.I. fuqaro Z.J ga Yuqori Chirchiq tumanidagi 260 gektar yer maydonini 400 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytgan va undan 40 000 AQSH dollarini olayotgan paytda maʼsullar tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.