TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.78K subscribers
8.81K photos
946 videos
10 files
7.09K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
September 12, 2024
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 9, 2024
⚡️Kadastr agentligi respublika hududidagi geodeziya punktlarining hisobini yuritadi

Kadastr agentligi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib, quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

🔹geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

🔹umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni ro‘yxatga olishni amalga oshiradi;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi normalarini belgilaydi hamda ularning joylashgan yerini aniqlaydi;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining hisobini yuritadi;

🔹davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilaydi;

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 11, 2024
⚡️Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlari hamda boshqa geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi.

✔️Geodeziya punktlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

📍Geodeziya punktlari chegaralarida hamda ushbu chegaralar bo‘ylab bir metr kenglikdagi maydonda geodeziya punktlarining muhofaza zonalari belgilanadi.

Geodeziya punktlari tashqi belgilarga ega bo‘lmagan yoki geodeziya punktlarining maxsus markazlari binolarning va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan hollarda, ushbu geodeziya punktlarining chegaralari va muhofaza zonalari belgilanmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 14, 2024
⚡️Malaka imtihonini topshirish uchun talabgor oliy maʼlumotga ega bo‘lishi lozim

Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

🔹geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi;

🔹geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi yoki ish stajiga ega bo‘lmagan holda, kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha taʼlim olgan bo‘lishi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 14, 2024
Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiydir

Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Huquqiy asos: O‘RQ-171-II-son, 15.12.2000 yil
#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 15, 2024
October 28, 2024
⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 22, 2024
November 26, 2024
December 13, 2024