TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.89K subscribers
9.32K photos
989 videos
11 files
7.41K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Hozirgi kundagi yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarning turlari

🔹Yuridik shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

🔹Jismoniy shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

🔹Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar - yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin

📌Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi
#bilasizmi #huquq
Facebook     Instagram    Telegram
Nima uchun bizning mahallada xatlov bo‘lmayapti ?

Javob:
- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2025 yilga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?

Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yilning 8-noyabr sanasidan kuchga kirdi va joylarda xatlov ishlari boshlangan.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr pasporti rasmiylashtirishda imtiyozlar bormi?

Javob:

Imtiyozlar I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi.

Asos: VM-535, 02.02.2020-yil

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chma savdoning “K-SAVDO” tizimida ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomasi yer uchastkasi ijara shartnomasiga tenglashtiriladi

🖥Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi joylashish sxemalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi.

Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha (yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlar uchun ko‘pi bilan 120 oygacha) ijaraga beriladi.

🔖Кo‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

#huquq
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Qonun bo‘yicha bir martalik to‘lovni to‘lashdan kimlar ozod etiladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.


Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, egalik huquqi kimning nomiga eʼtirof etiladi ?

Javob:
- Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi, 44-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zbekiston_Respublikasining_Qonuni,_05_08_2024_yildagi_O‘RQ_937.pdf
7.7 MB
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun to‘liq shaklda taqdim etilmoqda.

Qonun yuzasidan qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun:

☎️Kadastr agentligi: 1097
☎️Viloyat boshqarmasi: (71) 502-02-07

#OʼRQ_937 #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM