TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
912 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda #sarhisob #UzA

⚡️ Sohada malakali kadrlarni ko‘paytirish zarur

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Ahrorov o‘tgan yil sarhisobi va kelgusi rejalar haqida O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

👉 Batafsil Uza.uz

Facebook Instagram Telegram
#sarhisob_va_rejalar

⚡️Barcha masʼullardan masuʼliyatli bo‘lish talab etiladi

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida hamda barcha bo‘lim va hududiy filiallar rahbarlari ishtirokida yil yakuni va 2023 yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida boshqarma bo‘limlari va hududiy filial rahbarlarining hisobotlari tinglandi va faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid ostiga olinib, ogohlantirishlar berildi.

Shuningdek, boshlangan yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etilib, barcha masʼullarni o‘z xizmat faoliyatini masʼuliyat bilan bajarishi lozimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#sarhisob #fevral

⚡️Fevral oyi yakuni sarhisob qilindi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida va boshqarma xodimlari, hududiy filiallar rahbarlari ishtirokida fevral oyi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi va filial rahbarlarining hisobotlari tinglanib, muhokama qilindi.

Yig‘ilish so‘nggida faoliyatda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Bo‘stonliq, Qibray, Zangiota va boshqarmaning bir nafar xodimiga jarima, 15 nafar auksion mutaxassislariga hayfsan, 4 nafar kadastr muhandisi, 2 nafar DKYAT va 2 nafar UzKAD mutaxassislariga, shuningdek, ijro intizomini qo‘pol ravishda buzganligi uchun Qibray tuman filialining 16 nafar xodimiga nisbatan qatʼiy ogohlantirish intizomiy jazolari qo‘llanilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, barchadan o‘z xizmat faoliyatiga masʼuliyat bilan yondoshishi lozimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram