TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.89K subscribers
9.41K photos
998 videos
11 files
7.47K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 313 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda qanday huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Amaldagi yer ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi farmoniga muvofiq, hozirda quyidagi yer ajratish tartibi amal qiladi:

🔹yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida;

🔹davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

❗️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan.

#yer_ajratish #PF_6243 #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Mulkka bo‘lgan taqiqni tasdiqlovchi hujjatlar

Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (937 500 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr nima va nima uchun kerak?

Kadastr — bu sizning yer, uy yoki binoingiz bo‘yicha rasmiy va qonuniy huquqingizni isbotlaydigan asosiy hujjatdir.

Nima uchun kadastr muhim?
mulk egasini aniqlash uchun;
mulkni sotish, hadya qilish yoki ijara shartnomasini rasmiylashtirish uchun;
soliqlarni to‘g‘ri hisoblash uchun;
sud yoki boshqa muammoli holatlarda huquqni himoya qilish uchun

🔖 Eslatma: bugungi kunda ko‘plab kadastr xizmatlari onlayn tarzda, ya’ni uydan chiqmagan holda amalga oshirilmoqda.

🖥Buning uchun my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Qo’shimcha savollar yuzasidan biz bilan bog‘laning:

📍Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo’li ko’chasi, 24-uy
☎️ Ishonch telefoni: +998 (71) 502-02-07
🕘 Ish vaqti: Dushanba – Juma | 9:00 – 18:00

#bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM