TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.64K photos
930 videos
10 files
6.95K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

🔹renta oluvchi;
🔹rentani to‘lovchi hamda rentaning miqdori yoki uni aniqlash tartibi va shartlari.

Renta shartnomasi — fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga koʻra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta toʻlovchi)ga mulkni beradi, renta toʻlovchi esa olingan mulk oʻrniga renta oluvchiga muayyan pul mablagʻi shaklida renta toʻlab turish yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablag' berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.

📄Renta shartnomasi boʻyicha rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) toʻlash majburiyatini belgilash mumkin.

❗️Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi kerak.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 27
#Bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi

🟢Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟢Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟢Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟢Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 29
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun asoslar

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▶️ yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

▶️ binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▶️ binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▶️ binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

▶️ ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

▶️ qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

▶️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 29
January 29
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
January 31
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 5
February 10
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining "Rezerv ma'lumotlarni qayta ishlash markazi"da texnik nosozlik aniqlanib bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 10
February 10