TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.64K photos
930 videos
10 files
6.95K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
December 4, 2023
#ijro

⚡️Toshkent tumanida poligon qurilishi uchun yer ajratildi

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Toshkent tumani “Chig‘atoy” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 0,52 gektar yer maydoni maxsus tezkor operatsiyalarni o‘tkazish, tog‘ va yo‘l harakati xavfsizligi tayyorgarligi bo‘yicha poligon qurilishi uchun ajratildi.

Qaror bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga viloyat yer fondiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek qarorda, mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 1, 2024
#Nurafshon #ijro #VM578

⚡️Yer balansini yuritish yangi tartibda amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023 yildagi 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot” AAT dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri filiallari namuna sifatida tanlab olinib, maʼlumotlar asosida belgilangan shakllar to‘ldirilishi hamda tahlil jarayonlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritilishini taʼminlaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 1, 2024
#ijro

⚡️ Toshkent viloyatida Milliy futbol markazi qurish uchun yer ajratildi

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markaziga tutash bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 9,9 gektar yer maydoni milliy futbol markazi va uning tarkibiy bo‘linmalari uchun ajratildi.

Mazkur ajratilgan yer maydonida futbol markazi va uning tarkibiy bo‘linmalari uchun zarur bino-inshootlar, futbol maydonlari, futzal va futbol yopiq inshootlari, mehmonxona, sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona kabi obyektlar barpo etilishi belgilangan.

📌 Qaror bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga viloyat yer fondiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 5, 2024
#ijro

⚡️Toshkent, Piskent va Oʻrta Chirchiq tumanlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimining tegishli qarorlari imzolandi.

Jumladan, Toshkent tumanida boʻsh turgan va tegishli hujjatsiz foydalanilayotgan 74,73 gektar, Piskent tumanidagi 111,70 gektar hamda Oʻrta Chirchiq tumanida zaxiraga qaytariladigan 93,74 gektar fermer va qishloq xoʻjaligi yerlari mavjudligi belgilandi.

📌Qaror bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga mazkur yer maydonlarini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish vazifasi yuklatildi.

Mazkur yer maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish koʻzda tutilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 19, 2024
Viloyat hududidagi bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hokimining tegishli qarorlari asosida viloyat hududidagi xususan, Yangiyo‘l tumanida 108,6 va 105,52gektar, Bo‘ka tumanida 113,28 gektar, Qibray va Piskent tumanlaridagi bo‘sh yer uchastkalari va yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📌Kelgusida mazkur qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilishi belgilangan.

#ijro
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 24, 2024
July 2, 2024
November 29, 2024
Ohangaronda texnopark qurilishi uchun yer maydoni ajratildi

Toshkent viloyati hokimning tegishli qarori bilan Ohangaron tumani hududining 2 ta massividan jami 106 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi yer maydonlari “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasiga doimiy foydalanish uchun ajratildi.

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mazkur qarorga muvofiq, belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

🔖Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Ohangaron tumanida mis klasteri tashkil etilib, unga 138 ga yer maydoni ajratilgan edi. Kelgusida yana qo‘shimcha 110 gektar yer maydoni biriktiriladi.

🖥Bugungi kunda texnoparkning bosh rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan. 19 ta lotga bo‘linib, 15 ta lot elektron auksion savdolarida sotilgan. 3 lotda qurilish jarayonida, qolgan 16 ta lotda tashabbuskorlar tomonidan qurilish ishlari boshlanmoqda.

#ijro
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 20, 2024
February 28