TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.86K subscribers
9.08K photos
969 videos
10 files
7.25K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Rasmiy munosabat

YouTube internet tarmog‘i orqali Yuqori Chirchiq tumani Istiqlol MFY Jannatmakon bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati fuqarolari xonadonlarining Bosh rejaga kiritilmayotganliklari yuzasidan yoritilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilinadi.

Murojaatda qayd etilayotgan yaʼni bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati chegralariga aniqlik kiritish va uni meʼmorlikda shahar va boshqalarning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyihaga kiritish kadastr vakolatiga kirmasligi va mazkur masalada Arxitektura idoralariga murojaat qilishlik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan "Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Chinoz tuman filiali ma‘muriy binosi qurilishi" yuzasidan eʼlon qilingan tanlov va mazkur tanlovda ishtirok etgan qurilish tashkilotlari yuzasidan quyidagilar malum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2022-yildagi PQ-405-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, Chinoz tuman filialiga yangi bino qurilishi belgilangan.

Joriy yilning 4-iyunida pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida “E-tender” platformasiga joylashtirilgan va tanlovning 1-bosqichida 3 ta qurilish tashkiloti (talabgor) "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ, " INVEST EVEREST" MCHJ va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJlar ishtirok etgan va baholangan. Shundan 2 ta talabgor yaʼni "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ (70 ball) va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJ (70 ball) tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022-yildagi 46-son qaroriga muvofiq, platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq g‘olib va zaxiradagi g‘olib avtomatik ravishda aniqlanadi.

Agar talabgor natijalarini hisoblash jarayonida umumiy ballar bir xil bo‘lsa, eng birinchi bo‘lib taklifini taqdim etgan (sana, vaqt) talabgor g‘olib etib belgilanadi.

Tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar o‘rtasida 2024-yil 11-iyunda 24120012366908-son bayonnoma rasmiylashtirilib, “MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR” MCHJ g‘olib deb topilgan.

Hozirda, “E-tender” platformasi orqali 2024-yil 11-iyunda shakllangan 24120012366908-sonli bayonnoma 48 soatli muhokama jarayonida ekani maʼlum qilinadi.
(Muhokama jarayoni 13-iyun kuni soat 00.00 da yakunlanadi).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

Toshkent tumani Tutzor MFYda istiqomat qiluvchi aholining Nazorat uz | rasmiy kanali orqali yo‘llagan murojaati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida toshkent tumani Tutzor MFY, Qadrdonlar ko‘chasi, 1-uy manzilidagi 1174 kv.m yer maydoni Toshkent tuman hokimining 2015-yil 20-apreldagi 374-sonli qaroriga asosan fuqaro M.S ga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan biriktirilib berilganligi hamda umumiy foydalanish maydoni 316,23 kv.m bo‘lgan qurilmalari davlat ro‘yxatidan o‘ztkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Ayni paytda qurilmalarga egalik qiluvchi shaxsning boshqa viloyatda ekanligi sababli qurilma loyihalari va boshqa tegishli hujjatlar bilan tanishib chiqishning imkoni cheklangan.

Holat yuzasidan fuqaro bilan bog‘langanda, fuqaro tez kunlarda Toshkent viloyatiga qaytishi va bino inshootga tegishli hujjatlarni taqdim etishini maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan qurilmalarning o‘zboshimcha egallangan qismi bo‘yicha fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respbulikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlari bilan tegishli tartibda chora ko‘rilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanali YouTube kanalidagi "Bo‘stonliq tumani. Fuqaro nega kadastr xodimini urib tashladi" nomli videomaterialda Bo‘stonliq tumani Soyliq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Kadastr agentligi faoliyatiga eʼtiroz bildirgan.

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tumanida sodir etilgan holat yuzasidan ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganligi sababli barcha eʼtirozlar yuzasidan tergov organlariga murojaat qilinishi maqsadga muvofiq ekanligi hamda sud organi tomonidan qonuniy qaror qabul qilinmagunga qadar, Kadastr agentligi tomonidan holatni o‘rganilishi va xulosa berilishi tergov harakatlariga halaqit qilish deb baholanishi mumkinligini maʼlum qiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Polvonak qishlog‘i aholisi murojaati o‘rganildi

Bo‘stonliq tumani, Uzun MFY, Polvonak qishlog‘ida yashovchi fuqaro G.Shning ijtimoiy tarmoq orqali yo‘lagan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Bo‘stonliq tuman filiali xodimlari tomonidan Polvonak qishlog‘i aholisi ishtirokida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida murojaatning kadastrga oid qismi bo‘yicha xato va kamichiliklar aniqlanmadi. Xususan, fuqaro G.Sh va o‘g‘li G.X larga Bo‘stonliq tuman hokimining 2016-yil 8-noyabrdagi 2787, 2786-son qarorlari bilan Bo‘stonliq tumani Nanay QFY hududida joylashgan zaxira yerlari tarkibidan bog‘dorchilikka ixtisoslashgan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun qurilish qilmaslik sharti bilan Bo‘stonliq tumani Nanay QFY qishloq xo‘jaligi xaritasining 135-konturida joylashgan qismidan har biriga 0,30 gektardan yer maydoni umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratib berilgan.

Mazkur yer uchastkalari 2021-yil 18-noyabrda Davlat kadastrlari palatasi Bo‘stonliq tuman filiali tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tabiiyki ushbu hujjatlar amalda o‘z kuchini yo‘qotmagan.

Murojaatda auksionga chiqarilgan deya taʼkidlanayotgan yer uchastkasi Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 17-iyuldagi 328-10-0-Q/23-sonli qaroriga asosan Uzun MFY Polvonak qishlog‘ida joylashgan jami 8,11 gektar yer maydoni davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Murojaatni o‘rganish davomida aholiga mavjud holat bo‘yicha kadastr vakolatlari tushuntirilib, fuqarolardagi hujjatlarda kamchiliklar yo‘qligi taʼkidlandi.

Murojaatchi G.Sh oʼz soʼzida mazkur masalani beeʼtibor qoldirmagani uchun kadastr tashkilotiga nisbatan hech qanday eʼtiroz yo‘qligini maʼlum qildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Toshkent tuman bo‘limi tomonidan holislar ishtirokida o‘rganilib, tumanning Tutzor MFY, Qadrdonlar ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan mulk egasi M.X ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanildi hamda 15 kunlik muddat ichida qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan rasmiy ogohlantirish berildi.

Batafsil videoda

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Nanay MFY aholisining umumiy foydalanishda bo‘lgan Sharshara hududining auksionga chiqarilishi yuzasidan yo‘llagan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Murojaatda qayd etilgan Bo‘stonliq tumani, Nanay MFY hududidagi yer maydoni (Sharshara hududi) 1999-yildagi xo‘jalik xaritasining 161q va 162q-konturlarida joylashgan yaylov yer turiga mansub bo‘lib, umumiy maydoni 2,7 gektarni tashkil etadi. Ushbu konturlardagi 2,7 gektar maydoni Davlat kadastrlari palatasining UzKad dasturida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lib, ayni paytda tuman zaxirasida ekanligi va uning auksion savdolariga chiqarilishiga asos bo‘luvchi maʼlumotlar mavjud emasligi maʼlum qilinadi.
#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Yashnobod MFY fuqarosi tomonidan yo‘llangan murojaat Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida Yuqori Chirchiq tumani, Yashnobod MFY Yangi Qurilish ko‘chasi, 30-uyda (suratdagi joy) yashovchi fuqaro E.X hujjatlarida 0.1974 gektar yer maydoni tuman hokimining 2019-yildagi qaroriga asosan berilgan bo‘lib, mazkur yer maydoni hamda undagi bino inshootlarga boʻlgan huquq 2020-yil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Qolaversa, mazkur yer maydonida o‘lchov ishlari amalga oshirilganda, chegarasidan chiqib ketish holatlari aniqlanmadi.

Oʻrganish xulosasiga koʻra, murojaatda qayd etilgan holatda qonunbuzilish holati sodir etilmagan va fuqaro tomonidan oʻzboshimcha yer egallash holatlari amalga oshirilmagan.
#rasmiy_munosabat #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Rasmiy munosabat

NURAFSHON TV telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturlari orqali Toshkent viloyati Chirchiq shahri ko‘p qavatli turar joy binosi qarshisida noqonuniy qurilgan garajlardan atrof-muhitga badbo‘y hid taralayotgani yuzasidan yoritilgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Chirchiq shahar, “A.Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Transformatorchilar ko‘chasida joylashgan aholi punktining umumiy foydalanishida bo‘lgan yer maydonlari Chirchiq shahar, Pushkin ko‘chasi, 3-uy, 37-xonadonda yashovchi fuqaro B.M va Chirchiq shahar, Transformatorchilar ko‘chasi, 12-uy, 20-xonadonda yashovchi fuqaro K.A lar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, belgilangan tartibda joylardan ruxsatnoma olmasdan asossiz ravishda kapital qurilmalar qurilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yer qonunbuzilish holatlarini O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-91-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomining 11-bandi talablariga asosan 15 kun muddat ichida o‘z hisobidan bartaraf etishi (noqonuniy qurilmani buzib tashlab, o‘zboshimchalik bilan egallagan yer maydonini bo‘shatib qo‘yish) to‘g‘risida rasman ogohlantirilib, huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma‘muriy jazo qo‘llanishi va noqonuniy qurilmalarni buzish uchun sudga daʼvo arizasi kiritilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tezkor munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali "Ayb kadastrdami yoki auksiondami?" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram