TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.93K subscribers
9.62K photos
1.03K videos
11 files
7.66K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

💰 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (375 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (337 500 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uydan chiqmasdan kadastr xizmatlari!

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishning afzalliklari:

Vaqtni tejaydi – navbat kutmasdan xizmat olish
Harajat kam – yo‘l kira va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q
24/7 ishlaydi – istalgan vaqtda murojaat qilish mumkin
Shaffoflik taʼminlanadi – barcha jarayon onlayn kuzatiladi
Huquqiy xavfsizlik – maʼlumotlar elektron tarzda rasmiylashtiriladi

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga
kadastr pasportini berish.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Kadastr hujjatlaringizni onlayn tekshiring!

Endi ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr pasporti va ko‘chirmalarni real vaqt rejimida onlayn tekshirishingiz mumkin.

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (11 250 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (10 125 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
❗️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

🖥Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

💰Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini berish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga kadastr muhandisini kasbiy qayta tayyorlash to‘g‘risidagi sertifikat ilova qilinadi;

✉️Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqadi va arizachini suhbatdan o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik to‘g‘risida YIDXP orqali xabardor qiladi.

✔️Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (375 000 so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (337 500 so‘m);

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Ipoteka shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim

Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan ko‘chmas mulkni birlamchi bozordan olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

📑Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🧾Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🖥Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1