TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.32K photos
911 videos
10 files
6.68K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tv
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan taqiqni tekshirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat yer kadastri mazmun jihatdan quyidagi vazifalarni bajaradi:

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹yer uchastkalarini elektron hisobga olish;

🔹yerni qiymat jihatidan baholash;

🔹yer kadastri maʼlumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etish.

#bilasizmi #kadastr
Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

⚠️ Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik
🔹fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m),
🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 625 ming so‘m) miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati #javobgarlik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi?

#infografika #kadastr_pasport
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 313 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (11 250 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (10 125 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM