TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#rasmiy_munosabat #Piskent

⚡️Rasmiy munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanali tomonidan YouTube tarmog‘i orqali eʼlon qilingan video murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Murojaatda keltirilgan "Xasan Xusan agro Muruvvat" fermer xo‘jaligiga Piskent tumani hokimining 19.02.2015 yildagi 629/30-sonli qarori bilan 107.2 gektar, "Javohir Fayzli Chorvasi" fermer xo‘jaligiga esa tuman hokimining 15.02.2019 yildagi 282/36-sonli qarori bilan 155.40 gektar yer maydoni chorvachilik fermer xo‘jaligi yuritish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan.

"Xasan Xusan agro Muruvvat" fermer rahbarining og‘zaki murojaatiga asosan sobiq "Yer resurslari va Davlat kadastri" tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan (1998 yilda tuzilgan, konturlari mavjud bo‘lmagan tuman xaritasiga asosan) soyliklarga qarab fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni joyida ko‘rsatib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2018 yildagi №299-sonli qaroriga asosan Piskent tumanidagi yerdan foydalanuvchilar yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, yer maydonlarining aniq konturlari tuzilgan elektron xarita shakllantirilgan.

Yuqoridagi fermer xo‘jaliklariga janub va g‘arb tomondan chegaradosh bo‘lgan yer maydonlari aslida tuman zaxirasida bo‘lgan, yaʼni “Javohir Fayzli Chorvasi” fermer xo‘jaligiga ijaraga ajratilgan 155.40 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 8600,8601-konturlarida joylashgan bo‘lib, amalda fermer xo‘jaligi tomonidan tuman zaxirasida bo‘lgan 8603q,8604q-konturlaridan foydalanib kelingan.

Xuddi shunday “Xasan Xusan agro Muruvvat” fermer xo‘jaligiga ajratilgan 107.20 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 8596,8597,8598,8611,8612,8613-konturlarida joylashgan, amalda fermer xo‘jaligi tomonidan tuman zaxirasida turgan 8610q-konturidan foydalanib kelingan.

Tuman zaxirasida turgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 8603,8604,8610,8617q-konturlaridagi jami 428.92 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hokimining 30.03.2022 yildagi №213-10-0-Q/22-sonli qarori bilan tuman zaxirasi hisobida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib elektron auksion savdo platformasi orqali “E-auksion” savdosida uzoq muddatli ijara asosida sotuvga qo‘yilgan va auksion natijasiga ko‘ra ushbu yer maydoni tanlovi g‘olibi “Shaxzodbek Oltin Meros” MCHJ deb topilgan.

Bugungi kunda “Toshvilyerloyiha” mutaxassislari tomonidan mazkur tanlov g‘olibining yer maydoni joyiga chiqib ko‘rsatib berilgan.

Mutaxassislar ishtirokida “Javohir Fayzli Chorvasi” hamda “Xasan Xusan agro Muruvvat” fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hujjati bo‘yicha joylari elektron baza, xaritalar bilan solishtirilib, yer maydoni chegaralariga aniqlik kiritib berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Piskent_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Kadastr ageтtligi va Davlat kadastrlari palatasi Piskent tuman bo‘limiga kelib tushayotgan murojaatlar filialning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Piskent

⚡️Piskent tumanidagi monitoring natijalari

Kadastr
agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Piskent tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijalari maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, tumanda jami 22 gektar (shundan 6,9 gektar suvli) yer maydonida 81 tа holatlar aniqlangan, shundan 68 tа holatda 8,9 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Jumladan,

🔹14 tа holatda 0,9 gektar turar-joylar qurilgan
🔹19 tа holatda 0,6 gektar noturar-joylar qurilgan
🔹18 tа holatda 5,9 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik билан egallab olingan
🔹3 ta holatda 9,5 gektar yer maydonida samarasiz foydalanib kelingan
🔹17 ta holatda 1,53 gektar boshqa holatlar

Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari yuzasidan

✔️11 ta holat joyining o‘zida bartaraf qilindi
🔹1 ta holatda sudga daʼvo arizasi kiritildi
🔹13 ta holatda 54 450 000 so‘m maʼmuriy jarima qo‘llanildi

📌Qolgan barcha holatlar to‘liq “Yer-nazorati” tizimiga kiritilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #brifing #Piskent #yernazorati

⚡️Kadastr agentligi Piskent tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlarida jami 279,70 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari anqilangan.

Bu haqida Kadastr agentligi Piskent tuman bo‘limi rahbari A.Qarshiboyev maʼlumot berdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyagaqarshi #Piskent

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🔹 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i va Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Piskent tuman bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Piskent

⚡️Yangi bino piskentliklar uchun xizmatda !

Bugun yurtimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Piskent tuman bo‘limining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilishi marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi, Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi rahbarlari, Piskent tuman hokimligi va tashkilotlari mutasaddilari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari ishtirok etishdi.

Ramziy lenta kesilgach barcha ishtirokchilar bo‘limda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, marosim davomida boshqarma rahbariyati tomonidan soha rivoji yo‘lida uzoq yillar tizimda munosib mehnat qilgan sohamiz faxriylari munosib taqdirlandi.

Shuni taʼkidlash lozimki, zamonaviy qurilish texnologiyasi asosida barpo etilgan ushbu bino Piskent tuman aholisi uchun sifatli va samaradorli xizmat qilishi shubhasiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent

⚡️Piskent binosi - bunyodkorlik nishonasi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent #OAV_biz_haqimizda

⚡️Piskent tumani kadastr binosining tantanali ochilish marosimi "NURAFSHON TV" telekanalining "Nurafshon Xabarlari" informatsion dasturida

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Piskent

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Piskent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Piskent tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Qarshiboyev Akmal Shirinboyevich
Filial rahbari - Aliyev Akrom Saxobitdinovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Piskent tumani, Muminobod MFY, X.Olimjon kuchasi, 66 uy

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Piskent

⚡️Bizning manzillar: Piskent tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Piskent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Piskent tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Qarshiboyev Akmal Shirinboyevich
Filial rahbari - Aliyev Akrom Saxobitdinovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Piskent tumani, Muminobod MFY, X.Olimjon kuchasi, 66 uy

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram