TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
▫️Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari▫️

🔷Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomani Davlat xizmatlari markazidan yoki YaIDXP orqali olishingiz mumkin.

🔷So‘rovnomaga ariza beruvchi — jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar, ma’lumotnoma oluvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi.

🔷Bazaviy Hisoblash Miqdorining 3 % miqdorida to‘lov amalga oshiriladi (arizada ko‘rsatilgan shaxslarning har biriga nisbatan). Agar siz YaIDXP orqali so‘rovnoma yuborsangiz, unda yuqoridagi summaning 90 % to‘lanadi.

🔷So‘rovnomangizga 3 ish kunida javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Hurmatli talabgorlar!

🔷 Bugundan, ya’ni - 05.01.2022 yildan boshlab Malaka shahodatnomasini olish uchun arizalar elektron tarzda qabul qilish xizmati - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ishga tushganini ma’lum qilamiz.

🔷Siz portaldagi o‘z shahsiy kabinetingiz orqali malaka shahodatnomasini olish uchun arizangizni endilikda elektron tarzda ham yuborishingiz mumkin.

🔷Xizmat imkoniyatlari haqida keyinroq Davlat kadastrlari palatasi Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi batafsil ma’lumot beradi.

#DavKadastrPalata #hususiy_sektor #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 “Kadastrda Ko‘Klam Kayfiyati”🌱
22 mart, soat 17:00

📍Manzil: Tashkent city

#DavKadastrPalata #bahor #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Muqaddas oyning saxovat onlari

Saxovat va muruvvat ko'rsatish, muhtoj insonlar ko‘nglini yoritishdek quvonchli va savobli ish bo'lmasa kerak.

Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakillari ham shunday ulug‘ kunlarda muxtojlar holidan xabar olishdi. Fuqarolarning muammolarini o‘rgandi
.

#DavKadastrPalata #ramazon_oyi #hayriya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▪️Xato va kamchiliklar o‘rganilganda▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati xodimlarning oylik maoshlarini qonun doirasida oshirilib borilishi ta’minlash hamda ularning maoshlari o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilib borish maqsadida muntazam ravishda hududiy boshqarmalarning faoliyati, ijro intizomi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari yutuq va kamchiliklarini o‘rganib, tahlil qilib bormoqda.

◻️ So‘nggi o‘rganish va tahlillarga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida bir qator kamchiliklar aniqlangan. Boshqarma tomonidan 2022 yilning yanvar-aprel oylari davomida xodimlarga berilgan oylik ish haqlari, ustamalar, mukofot va rag‘batlantirish to‘lovlarni qonunda belgilanmagan tartibda hisoblanishi natijasida jiddiy iqtisodiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi qayd etilgan.

◻️Qayd etish muhimki, o‘z yo‘nalishida mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar - boshqarma va filiallarda xodimlar o‘rtasida tushunmovchiliklar, iqtisodiy ko‘rsatkichlarida esa kichik inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Toshkent viloyati boshqarmasida yuqoridagi xatoliklarni keltirib chiqarganlarga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

◻️Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati noqonuniy xatti harakatlarga barham berish hamda hududiy boshqarmalar faoliyati mo‘tadilligini saqlash uchun muntazam ravishda ana shunday o‘rganishlar va tekshiruvlarni amalga oshirib borishda davom etadi...

#DavKadastrPalata #Toshkent_viloyati #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸Bekoboddagi xatlov jarayoni🔸

⚪️ Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi 51ta mahallada xatlov ishlarini olib borish uchun 100 dan oshiq mutaxassis kadastrchilar hududga biriktirilgan bo‘lib, ayni kunda ishlar qizg'in pallada.

📹 To‘liq reportaj tez kunda...

#DavKadastrPalata #Bekobodda_xatlov #anons

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️TARIX VA BUGUN

🇺🇿TOSHKENT VILOYАTI

1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan.

Toshkent viloyati hududi:

▫️tarix - 1 525 325 gektar
🔹bugun - 1 514 927 gektar

🏘Mahallalar soni:

▫️tarix - 1004 ta
🔹bugun - 1020 ta

👨‍👩‍👧‍👦Aholisi:

▫️tarix - 2 mln. kishidan oshgan
🔹bugun - 2 mln. 995 ming kishidan oshgan.

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #Toshkent_viloyati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Advokat ma’lumotlariga qo‘shimcha tuzatish▪️

▶️ Bugun, ijtimoiy tarmoqlar orqali advokat Davron Tadjiev tomonidan Uyni kadastri bo‘lmasa – qanday yo‘l tutish kerak - mazmunidagi savolga tayyorlangan videosyujetdagi ma’lumotga biroz tuzatish kiritishni lozim topdik.

Zero, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotlar tufayli fuqarolarda sarsongarchilik yuzaga kelmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT E’LON!▪️

▶️ Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar!

◼️ Uztelecom AKning magistral tarmoqlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani sababli Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid "subsidiya.idm.uz" elektron savdo platformasida ma’lumotlar uzatishda hamda Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mygov.uz orqali kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi to‘lovlarda ham kamchiliklar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM