TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#rasmiy_munosabat #Piskent

⚡️Rasmiy munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanali tomonidan YouTube tarmog‘i orqali eʼlon qilingan video murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Murojaatda keltirilgan "Xasan Xusan agro Muruvvat" fermer xo‘jaligiga Piskent tumani hokimining 19.02.2015 yildagi 629/30-sonli qarori bilan 107.2 gektar, "Javohir Fayzli Chorvasi" fermer xo‘jaligiga esa tuman hokimining 15.02.2019 yildagi 282/36-sonli qarori bilan 155.40 gektar yer maydoni chorvachilik fermer xo‘jaligi yuritish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan.

"Xasan Xusan agro Muruvvat" fermer rahbarining og‘zaki murojaatiga asosan sobiq "Yer resurslari va Davlat kadastri" tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan (1998 yilda tuzilgan, konturlari mavjud bo‘lmagan tuman xaritasiga asosan) soyliklarga qarab fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni joyida ko‘rsatib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2018 yildagi №299-sonli qaroriga asosan Piskent tumanidagi yerdan foydalanuvchilar yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, yer maydonlarining aniq konturlari tuzilgan elektron xarita shakllantirilgan.

Yuqoridagi fermer xo‘jaliklariga janub va g‘arb tomondan chegaradosh bo‘lgan yer maydonlari aslida tuman zaxirasida bo‘lgan, yaʼni “Javohir Fayzli Chorvasi” fermer xo‘jaligiga ijaraga ajratilgan 155.40 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 8600,8601-konturlarida joylashgan bo‘lib, amalda fermer xo‘jaligi tomonidan tuman zaxirasida bo‘lgan 8603q,8604q-konturlaridan foydalanib kelingan.

Xuddi shunday “Xasan Xusan agro Muruvvat” fermer xo‘jaligiga ajratilgan 107.20 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 8596,8597,8598,8611,8612,8613-konturlarida joylashgan, amalda fermer xo‘jaligi tomonidan tuman zaxirasida turgan 8610q-konturidan foydalanib kelingan.

Tuman zaxirasida turgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 8603,8604,8610,8617q-konturlaridagi jami 428.92 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hokimining 30.03.2022 yildagi №213-10-0-Q/22-sonli qarori bilan tuman zaxirasi hisobida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib elektron auksion savdo platformasi orqali “E-auksion” savdosida uzoq muddatli ijara asosida sotuvga qo‘yilgan va auksion natijasiga ko‘ra ushbu yer maydoni tanlovi g‘olibi “Shaxzodbek Oltin Meros” MCHJ deb topilgan.

Bugungi kunda “Toshvilyerloyiha” mutaxassislari tomonidan mazkur tanlov g‘olibining yer maydoni joyiga chiqib ko‘rsatib berilgan.

Mutaxassislar ishtirokida “Javohir Fayzli Chorvasi” hamda “Xasan Xusan agro Muruvvat” fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hujjati bo‘yicha joylari elektron baza, xaritalar bilan solishtirilib, yer maydoni chegaralariga aniqlik kiritib berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi #Toshkent_tumani

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Toshkent tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

🔹Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#UZKAD #Toshkent_tumani

⚡️Toshkent tumani maktablarini UZKAD dasturiga kiritish ishlari yakunlandi

Avval xabar qilganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy soha obyektlarini tizimga kiritish ishlari boshlangan edi.

🔹Unga ko‘ra, tumanda jami 31 ta maktab majvud bo‘lib, shundan 27 tasi filial tomonidan dasturga to‘liq kiritilishi taʼminlangan, 4 ta maktab maʼlumotlarida esa xatoliklar aniqlangani uchun dasturga kiritishning imkoni hozirda mavjud emas bo‘lib turmoqda.

💻 Ayni paytda mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tomonidan viloyat maktablarini dasturga kiritish ishari davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent tuman filialiga kelib tushayotgan murojaatlar filialning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️ Toshkent tumanida aholi murojaatlari o'rganildi

Bugun Toshkent tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#Toshkent #yernazorati #OAV_biz_haqimizda #UzA

⚡️Navbatdagi yer qonunbuzilishi holati Toshkent tumanida aniqlandi

Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tuman prokuratura organlari bilan hamkorlikda yer qonunchiligini o‘rganish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan nazorat tadbiri davomida Toshkent tumani G‘ishtko‘prik MFY, Zumrad ko‘chasi, qishloq xo‘jaligi xaritasining 252- konturida joylashgan 4000 kv.m yer maydoni fuqaro O.Q tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, jami 144 kv.m maydonda qurilish ishlari amalga oshirilgan.

✔️ Mazkur holat bo‘lim tomonidan nazoratga olinib, fuqaroga sodir etilgan huquqbuzarlikning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar berildi. Natijada noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, yerning o‘z holatga qaytarilishini taʼminlashga erishildi.

👉 Uza qisqa xabarlarida

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #tayinlov

Xoldorov  Otabek Karim o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Toshkent tuman filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Otabek Xoldorov  - 1992-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. 2018-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexonizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman filiali bosh muxandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Otabek Xoldorovga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Navbatdagi yer qonunbuzilish holati Toshkent tumanida

⭐️Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning Fayzobod MFY TXAY yoqasida joylashgan 1500 m² yer maydoni fuqaro M.B tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, foydalanib kelinayotgani holati aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan rasmiy ogohlantirish xati berilib, bo‘lim tomonidan to‘liq nazoratga olingan va noqonuniy holat bartaraf etilish taʼminlangan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM