TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
912 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oilalarga beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida berilishi belgilangan.

Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila deb o‘rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo‘lgan oilalar eʼtirof etiladi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha);

🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha).

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Tegishli ravishda tuman (shahar) hududi kadastr zonalariga bo‘linadi

Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qaroriga ko‘ra, quyidagilar kadastr zonalari sifatida qabul qilinadi:

🔹tumanlar hududini bo‘lishda:
- qishloqlar, ovullar va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar (shaharchalar);

🔹shaharlar hududini bo‘lishda:
- shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) yoki turli (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi kabi) belgilari bo‘yicha ajralib turadigan shaharlar qismlari (sanoat zonasi, turar joy massivlari, bog‘ va dam olish zonalari kabilar)

Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tegishli geodeziya koordinatlariga ega bo‘lgan chegara burilishining biriktirilgan nuqtalari bo‘ylab yoki tabiiy chegaralar (daryolar, temir yo‘llar, magistral kanallar, kollektorlar va boshqa muntazam obyektlar) bo‘ylab o‘tishi lozim.

#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi:

🔹turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yerto‘lalar) da yashovchi fuqarolar;

🔹har bir oila aʼzosi 16 kv.metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan taʼminlanganlar;

🔹yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, o‘qishlari sababli yotoqxonadalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno;

🔹qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar;

🔹ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolar;

🔹uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va ro‘yxatda turgan oilalar.
#qonunchilikda_yangilik #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kadastr zonasi hududi kadastr massivlariga bo‘linadi

Qishloq (ovul) kadastr zonasi hisoblangan hollarda qishloq aholi punktlari, qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivlari kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi.

Tumanga bo‘ysunuvchi shahar (shaharcha), shahar tumani yoki shaharning bir qismi kadastr zonasi hisoblangan hollarda mahalla kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi, bunda kadastr massivlari chegarasi kadastr mavzelarining tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tishi va aholi punktlarining ko‘chalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi lozim.

✔️Kadastr massivlari kadastr zonasi hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishlarsiz qoplashi kerak.

Huquqiy asos: VM-555-son, 09.09.2024 yil
#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kadastr massivi hududi kadastr mavzelariga bo‘linadi

Qishloq aholi punkti yoki mahalla kadastr massivi hisoblangan hollarda shakllangan rejalashtirish, imoratlarning qizil chiziqlari, mavjud muntazam obyektlar (ko‘chalar, yo‘llar, daryolar, suv oqimlari, ko‘tarma ko‘priklar va boshqalar), boshqa tabiiy chegaralar hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va boshqalar) bo‘yicha ajralib turadigan yer uchastkalarining majmui sifatida qabul qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivi kadastr massivi hisoblangan hollarda bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati, qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki boshqa korxona va yirik obyektlar kadastr mavzesi sifatida qabul qilinadi.

Kadastr mavzelari kadastr massivi hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishuvlarsiz qoplashi kerak.

Huquqiy asos: VM-555-son, 09.09.2024 yil
#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr raqami ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi

Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga ko‘p yillik dov-daraxtga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.

Quyidagilar yer uchastkasi, bino va inshoot kadаstr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:

🔹mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) raqami;
🔹mintaqa tarkibidagi tuman yoki viloyatga bo‘ysunuvchi shaharning raqami;
🔹kadastr zonasi raqami;
🔹kadastr massivi raqami;
🔹kadastr mavzesi raqami;
🔹yer uchastkasi raqami;
🔹ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkasi raqami;
🔹bino yoki inshootning raqami;
🔹bino yoki inshoot bir qismining raqami.


Huquqiy asos: VM-555-son, 09.09.2024 yil
#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi umumdavlat ahamiyatiga molik ko‘p maqsadli strategik hujjatdir

O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:

🔹aholini va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tizimi davlat tomonidan tartibga solinishini taʼminlash;

🔹hududlarning joriy holatini, salohiyatini aniqlash, o‘zaro bog‘liqlik maqsadlarini va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash;

🔹arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyatini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida hududlararo va tarmoqlararo davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish;

🔹loyihalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini asos sifatida belgilash»;

Asos:
O‘RQ-960-son, 10.09.2024 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram