TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
8.3K photos
909 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar

🔴KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISHNI RAD ETISH ASOSLARI (1-QISM)

🔺davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;

🔺vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;

🔺taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi;

🔺birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;

Davomi...

‼️KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISHNI BOSHQA ASOSLAR BO‘YICHA RAD ETISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI.
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HUDUDIY BOSHQARMALARINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni Milliy geoaxborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni taʼminlaydi;

🔹yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmalar beradi;

🔹ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini taʼminlovchi geokodlar beradi.
#Huquqiy_asoslar #Xizmatlar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🏢 KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLAR VA ULAR BO‘YICHA TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BO'YICHA YANGI XIZMATLAR JORIY ETILDI.

📝
Jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

📝Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

#Yoshlar #Yer_uchastkalari #Huquqiy_asoslar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 aprel sanasidagi PQ-5088 son qaroriga asosan:

Yoshlar sanoat zonalari hududida maydoni 1000 m² gacha bo‘lgan yer uchastkalari, istisno tariqasida, elektron auksion savdosi o‘tkazmasdan, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan ajratiladi. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar (davlat ko‘chmas mulk obyektlari) shartnoma asosida har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.