TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.65K photos
933 videos
10 files
6.96K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸Bekoboddagi xatlov jarayoni🔸

⚪️ Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi 51ta mahallada xatlov ishlarini olib borish uchun 100 dan oshiq mutaxassis kadastrchilar hududga biriktirilgan bo‘lib, ayni kunda ishlar qizg'in pallada.

📹 To‘liq reportaj tez kunda...

#DavKadastrPalata #Bekobodda_xatlov #anons

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️TARIX VA BUGUN

🇺🇿TOSHKENT VILOYАTI

1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan.

Toshkent viloyati hududi:

▫️tarix - 1 525 325 gektar
🔹bugun - 1 514 927 gektar

🏘Mahallalar soni:

▫️tarix - 1004 ta
🔹bugun - 1020 ta

👨‍👩‍👧‍👦Aholisi:

▫️tarix - 2 mln. kishidan oshgan
🔹bugun - 2 mln. 995 ming kishidan oshgan.

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #Toshkent_viloyati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Advokat ma’lumotlariga qo‘shimcha tuzatish▪️

▶️ Bugun, ijtimoiy tarmoqlar orqali advokat Davron Tadjiev tomonidan Uyni kadastri bo‘lmasa – qanday yo‘l tutish kerak - mazmunidagi savolga tayyorlangan videosyujetdagi ma’lumotga biroz tuzatish kiritishni lozim topdik.

Zero, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotlar tufayli fuqarolarda sarsongarchilik yuzaga kelmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT E’LON!▪️

▶️ Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar!

◼️ Uztelecom AKning magistral tarmoqlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani sababli Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid "subsidiya.idm.uz" elektron savdo platformasida ma’lumotlar uzatishda hamda Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mygov.uz orqali kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi to‘lovlarda ham kamchiliklar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Quyosh panellari Toshkent viloyati kadastr binosida▪️

🌐 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarma binolariga quyosh panellari o‘rnatish ishlari boshlangandi. Qayd etish o‘rinliki, bu ishlar "Geoinnovatsiya markazi" DUKning Xitoy xalq Respublikasining LONGi korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilmoqda.

🏛 Respublikamizning Namangan, Andijon viloyatlarida o‘rnatilgan quyosh panellari bugun Toshkent viloyatidagi kadastr tashkiloti binosiga ham o‘rnatildi. Ya’ni energiya tejovchi manbalardan samarali foydalanish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi ma'muriy binosining tom qismiga har biri 550 watt elektr quvvatini beruvchi 91 ta panel o'rnatildi. Ushbu panellar soatiga 50 kw energiya quvvati ishlab chiqarishga mo'ljallangan.

Shuningdek, bu jarayon hozirda barcha hududlarda bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #quyosh_panellari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️"Rahbar va yoshlar" 1-Milliy Forumi ▪️

⭐️🌟 Kadastr yoshlari ishtirokidagi "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumi taqdirlash marosimidan so'ng o'z nihoyasiga yetdi.

Forumning uchunchi kuni Zomin tumanida o‘tkazilib, g'olib deb topilgan "Palata yoshlari" jamoasi hamda har 7 ta jamoadan 1 nafardan eng faol ishtirokchi Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov hamda tadbir tashkilotchilari tomonidan maxsus sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🫥 Tajriba va taassurotlarga boy bo'lib o'tgan forumda ishtirok etgan yoshlarning quvonchlarini mazkur sur'atlar orqali ko'rishingiz mumkin.

➡️ Forum haqida yana batafsil ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rahbar_yoshlar_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi e’tirof etiladi▪️

▶️Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.

◼️Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018 yil
1 maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

▶️ Huquqlarni e’tirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Bunda:

🔹talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil
1 avgust hisoblanadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱DKPning "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumi 🌱

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan tashkillashtirilgan "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumining 3 kunlik jarayoni, hayajonli onlari batafsil mazkur videofilmda. 👆

📹 Videofilmni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/GJvOieRjs3w 👈

◼️Jurnalist va blogerlarlar tayyorlagan forum tafsilotlari Respublikamizning quyidagi ommaviy axborot vositalari orqali batafsil yoritildi:

▫️Zamin informatsion dasturida;

▫️"Ochun.uz" ijtimoiy tarmog'ida;

▫️ Jizzax MTRK telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida;

▫️Jaslar TV telekanalining "Qaraqalpaqstan online" xabarlar dasturida;

▫️UzA.uz ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabarlar" dasturida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabar" informatsion dasturida forumning 2-kuni haqida;

▫️"Qaraqalpaqstan xabar agentligi" rasmiy ijtimoiy tarmog'ida ;

▫️"Jizzax yoshlari" telegram ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Jizzax TV telekanalining "Reportaj" informatsion dasturida;

▫️Nasaf TV telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturida;

▫️"Jizzax haqiqati" gazetasining 2023-yil 22-iyul, №60-sonida;

▫️ Jizzax radiokanali "Xabarlar" informatsion dasturining maxsus sonida;

▫️"Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida;

▫️MTRK ning "O'zbekiston24" telekenali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturida;

▫️Bloger Oybek Alijonning 3 kunlik forumni to'liq yoritgan lavhalari facebook ijtimoiy tarmog'ining "Jizzax media blogi" sahifasida;

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 17-avgust, soat 11:00 da

⬇️Manzil: Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Qoranqul MFY, "Xo'jakent" dam olish oromgohi.

📱 Qabulga yozilish uchun +998 70 202 02 07 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM