TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.87K subscribers
9.44K photos
1K videos
11 files
7.5K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Yana Nurafshon va yana hujjat soxtalashtirish holati

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining Nurafshon shahrida olib borgan nazorat tadbirlari davomida Nurafshon shahar hokimining "Fuqaro R.X.Xga tegishli ikki qavatli noturar obyektini bir qismini noturar-joy toifasidan turar-joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida"gi tegishli qarori va uning mazmuni "XXX MCHJga ko‘p qavatli turar-joy va 1-2-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish uchun yer ajratib berish to‘g‘risida"gi kabi so‘zlar bilan o‘zgartilib, soxtalashtirish orqali Nurafshon shahar, "Yangi obod" MFY hududida joylashgan, shahar zaxira yerlari tarkibida bo‘lgan 1,20 gektar yer maydoni noqonuniy o‘zlashtirilib, qurilish qilinganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

#yernazorati #Nurafshon
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida noqonuniy holat bartaraf etildi

Nurafshon shahrida olib borilgan nazorat tadbiri davomida shaharning “Degantepa” MFY hududida 1000kv.m yer maydoni fuqaro T.A tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 50 kv.m maydonida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

Kadastr agentligining Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirilib, rasmiy ogohlantirish berildi.

Natijada berilgan muddat ichida fuqaro tomonidan qurilmaning ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlandi.

#yernazorati #Nurafshon
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jinoyat ketidan sodir etilgan yana bir jinoyat

Zangiota tumani hokimining teshishli qaroriga asosan tumanning Qatortol qishlog‘i, Navro‘z massivida joylashgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 387q,388q-konturlardagi jami 2,50 gektar “B.M.M.B” fermer xo‘jaligi ijarada foydalanishida bo‘lgan yer maydoni fuqaro X.G ga “Ishlab chiqarish sexlari va ma‘muriy bino hamda omborxona bino-inshootlari qurilishi uchun" ajratib berilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlariga materiallar yuborilgan.

Biroq, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lishiga qaramay, ushbu yerda qurilish qilish maqsadida yer uchastkasining kadastr pasporti hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tomonidan beriladigan “Obyektni ixtisosini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish”ga ruxsatnomalarni soxtalashtirilganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi va Jinoyat ishiga qo‘shilgan holda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

#Zangiota #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi, 44-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qiluvchi holatlar to‘g‘risida maʼlumot

#infografika #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️HURMATLI FUQARO HAMDA TADBIRKORLAR !

Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz

📲@eyernazoratbot maxsus telegram-bot dasturi;
🖥Kadastr.uz sayti ;
📞1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

❗️Ariza beruvchining shaxsi sir saqlanishi taʼminlanadi.

#yernazorati #ishonchraqami
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat – nima va uning oqibatlari

Mamlakatimizda har qanday qurilish ishlarini amalga oshirish qonun bilan tartibga solinadi. Ammo ayrim fuqarolar yer ajratilmagan, ruxsatnoma olinmagan yoki qurilish meʼyorlari buzilgan holatda imorat qurib qo‘yishadi. Bu holat fuqarolik kodeksining 212-moddasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurish deb ataladi.

Quyidagi shartlardan birortasi bo‘lsa, u holda imorat o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi:

Qurilish uchun yer ajratilmagan bo‘lsa;

Maxsus ruxsatnoma (loyiha, arxitektura roziligi) olinmagan bo‘lsa;

Qurilishda belgilangan meʼyor va qoidalarga rioya qilinmagan bo‘lsa.

#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangiyo‘l tumanida sug‘oriladigan ekin yer maydoni talon-taroj qilganlik holati aniqlandi

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Yangiyo‘l” tumanida nazorat tadbiri doirasida 2,92 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoni talon-taroj qilingalik holati aniqlandi.

Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining tegishli qarori bilan “M.A.” fermer xo‘jaligiga Tinchlik massividan ajratib berilgan 60 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarib olinmasdan turib, tuman hokimining yer tanlash to‘g‘risidagi qarori asos qilinib, 62.43 kv.m qurilma mavjudligi ko‘rsatilgan holda fuqaro S.G' tomonidan fuqaro A.Zga sotib yuborilgan.

⚠️Natijada esa qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan ekin yer maydoni talon-taroj bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

#yernazorati #Yangiyoʼl
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

⚠️Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

✍️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Asos: Yer kodeksi, 91-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM