TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #intervyu

O'zbekistor Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne’mat Atamuratov Zo'r TV kanalining "Ertalabdan salom" ko'rsatuvida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#rasmiy_munosabat #Piskent

⚡️Rasmiy munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanali tomonidan YouTube tarmog‘i orqali eʼlon qilingan video murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Murojaatda keltirilgan "Xasan Xusan agro Muruvvat" fermer xo‘jaligiga Piskent tumani hokimining 19.02.2015 yildagi 629/30-sonli qarori bilan 107.2 gektar, "Javohir Fayzli Chorvasi" fermer xo‘jaligiga esa tuman hokimining 15.02.2019 yildagi 282/36-sonli qarori bilan 155.40 gektar yer maydoni chorvachilik fermer xo‘jaligi yuritish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan.

"Xasan Xusan agro Muruvvat" fermer rahbarining og‘zaki murojaatiga asosan sobiq "Yer resurslari va Davlat kadastri" tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan (1998 yilda tuzilgan, konturlari mavjud bo‘lmagan tuman xaritasiga asosan) soyliklarga qarab fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni joyida ko‘rsatib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2018 yildagi №299-sonli qaroriga asosan Piskent tumanidagi yerdan foydalanuvchilar yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, yer maydonlarining aniq konturlari tuzilgan elektron xarita shakllantirilgan.

Yuqoridagi fermer xo‘jaliklariga janub va g‘arb tomondan chegaradosh bo‘lgan yer maydonlari aslida tuman zaxirasida bo‘lgan, yaʼni “Javohir Fayzli Chorvasi” fermer xo‘jaligiga ijaraga ajratilgan 155.40 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 8600,8601-konturlarida joylashgan bo‘lib, amalda fermer xo‘jaligi tomonidan tuman zaxirasida bo‘lgan 8603q,8604q-konturlaridan foydalanib kelingan.

Xuddi shunday “Xasan Xusan agro Muruvvat” fermer xo‘jaligiga ajratilgan 107.20 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 8596,8597,8598,8611,8612,8613-konturlarida joylashgan, amalda fermer xo‘jaligi tomonidan tuman zaxirasida turgan 8610q-konturidan foydalanib kelingan.

Tuman zaxirasida turgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 8603,8604,8610,8617q-konturlaridagi jami 428.92 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hokimining 30.03.2022 yildagi №213-10-0-Q/22-sonli qarori bilan tuman zaxirasi hisobida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib elektron auksion savdo platformasi orqali “E-auksion” savdosida uzoq muddatli ijara asosida sotuvga qo‘yilgan va auksion natijasiga ko‘ra ushbu yer maydoni tanlovi g‘olibi “Shaxzodbek Oltin Meros” MCHJ deb topilgan.

Bugungi kunda “Toshvilyerloyiha” mutaxassislari tomonidan mazkur tanlov g‘olibining yer maydoni joyiga chiqib ko‘rsatib berilgan.

Mutaxassislar ishtirokida “Javohir Fayzli Chorvasi” hamda “Xasan Xusan agro Muruvvat” fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hujjati bo‘yicha joylari elektron baza, xaritalar bilan solishtirilib, yer maydoni chegaralariga aniqlik kiritib berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_shahri #intervyu #yernazorati

⚡️Noqonuniy qurilmaga nisbatan qo‘llanilgan jarima miqdorining to‘lanishi qurilmani qonuniylashtirish imkonini beradimi?

Yer nazoratiga oid shu kabi bir qancha savollarga Kadastr agentligining Ohangaron shahar bo‘limi rahbari A.Mamadaliyev javob berdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq #intervyu

⚡️Quyi Chirchiq tumanida qancha kadastr pasporti shakllantiriligan ?

Bundan tashqari, kadastr pasporti rasmiylashtirishni rad etish, yerlarni auksionga chiqarish tartibi va g‘oliblikdan keyingi hatti-harakatlar tartibi va boshqa shu kabi savollar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Quyi Chirchiq tumani filiali rahbari Sh.Israilov huquqiy tushunchalar berdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #reportaj #aholi_fikri #intervyu

⚡️ Kadastr sohasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar. Kadastr va DXM

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram