TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.32K photos
911 videos
10 files
6.68K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

📌 15-modda

#Konstitutsiyaga_32yil
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zbekistonda insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

📌 19-modda
#Konstitutsiyaga_32yil
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi.

📌 25-modda

#Konstitutsiyaga_32yil
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️BOSH QOMUSIMIZ 32 YОSHDA !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari hamyurtlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

🇺🇿Konstitutsiya - huquq va erkinligimiz kafolati

#Konstitutsiyaga_32yil
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad