TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.39K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #xotin_qizlar

⚡️Ayol qalbi, yuragida buyuk fidoyilik mujassam !

Iloji boricha, ayollarimizning dardini, tashvishlarini sevinch yoshiga, g‘alaba yoshiga, muvaffaqiyat yoshiga, natija yoshiga aylantirishga hammamiz birgalikda harakat qilamiz. Bitta qiz farzandni o‘qitsangiz — butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz, deb ota-bobolarimiz bejiz aytishmagan.

Sh.Mirziyoyev

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

⚡️Milliy yer hisoboti tuzilishiga tayyorgarlik ishlari

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini xisobga olishda amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritilishini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Yer hisobini yurituvchi mutaxassilarga “UzKad” dasturida rollari bo‘yicha kelib tushayotgan arizalar tahlil qilinib, ularni belgilangan muddatlardan kechiktirmagan holda ko‘rib chiqish lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi 2024-yil 1-yanvar holatiga tuziladigan Milliy yer hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish va ma‘lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi #seminar

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvi

Bugun Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari xodimlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari" mavzusida seminar uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tashkilot va idoralarda korrupsion jinoyatlar, hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish hamda ularning oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #korrupsiyagaqarshi #seminar

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan o‘tkazilgan seminar tafsilotlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#UzKad #seminar

⚡️Yer hisobini yuritish ishlari tahlil qilindi


Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish ishlarini tahlil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig'ilishda 2024-yil 1-yanvar holatiga yer hisobotini tasdiqlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi VM-578-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida so'z bordi.

Bundan tashqari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent viloyati yer maydonlarining elektron yer hisoboti yaratilmoqda

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining 22 ta tuman shaharlarda jami 1 mln 514 ming gektar yer maydonlarini "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Bu esa yer hisobotini elektron shaklda yuritish imkonini beradi.

Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy filiallaridagi yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shuningdek yer egalari, ijarachilar va ular o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar "YER HISOBOT AAT" dasturiga kiritilmoqda.

🤔Bugungi kun kun holatiga Toshkent viloyatida jami 1 mln 514 gektar yer maydonlaridan 670 ming gektar (44%) yer maydonlari "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan filiallarda yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, “Uzkad” axborot tizimdagi yer balansi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

#seminar #UzKad
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminarlar tashkil etilmoqda

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni e‘lon qilinganidan so‘ng keng jamoatchilikka targ‘ib qilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada mutaxassislar bilimlarini oshirish va tegishli ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida boshqarma xodimlari ishtirokida Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomida, amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, mutaxassislarning Qonun bo‘yicha berilgan savollariga tushunchalar berib o‘tildi.

#OʼRQ_937 #seminar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish axborot tizimi - “EʼTIROF” AAT dasturi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

#OʼRQ_937 #seminar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish axborot tizimi - “EʼTIROF” AAT dasturi yuzasidan tashkil etilgan amaliy seminar tafsilotlari Nurafshon TV dasturlarida

#OʼRQ_937 #seminar #OAV_biz_haqimizda
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram