TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.68K photos
939 videos
10 files
6.99K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Fuqarolar qanday ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin?

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lishi lozim

✔️Fuqarolar tomonidan 2018 yil 1 mayga qadar yakka tartibda уй-жой qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 4-modda

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lov undiriladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;

🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;

🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;

🔹boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

Manba:
O‘RQ-937-son, 23-modda

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 13-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #bilasizmi

⚡️Endi xususiy mulkni elektron auksion orqali sotish mumkin

Hukumat qarori bilan (540-son, 16.10.2023 y.) tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

🔹narxni oshirib borish tamoyili asosida;
🔹eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

❗️ Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🔹savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
🔹savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
🔹to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Kengashlar qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Manba: O‘RQ-937-son, 20-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lishi lozim

✔️Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 4-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda undagi bino va inshootlarga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 3-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-jadval asosida amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

🔖Mazkur reja-jadval kadastr.uz rasmiy sayti, Ommaviy axborot vositalari hamda Toshkent viloyati kadastri rasmiy telegram kanali orqali doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 13-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni birlashtirish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga nisbatan tatbiq etilmaydi

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹 ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹 huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹 ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.


Asos: VM-424, 25.08.2023-yil

#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM