Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
10.4K subscribers
10.3K photos
3.32K videos
1 file
7.35K links
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun 👉 @PRESS_GUVD

Muloqot maydoni 👉 @IIBB_Muloqot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport #gʻalaba

⚡️ Toshkent viloyati IIBB xodimi Sharofiddin Boltaboyev – Parijda oʻtkazilgan “Katta Dubulgʻa” turnirida gʻolib boʻldi (foto video)

U bugun, 8-fevral kuni Oʻzbekistonga qaytib, hamkasblari va IIBB rahbariyati ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.

Batafsil👉 https://bit.ly/3LfXkdr


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Gʻalaba_muborak!

🏆 Toshkent viloyati IIBB jamoasi Shaxmat boʻyicha Respublika turnirida faxrli oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoalari oʻrtasida shaxmat musobaqasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Batafsil👉 https://bit.ly/3xzOB0l


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Gʻalaba

🇺🇿 Toshkent viloyati IIBB xodimi Jahon kubogida faxrli 1-oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritdi

Joriy yilning 16-18 iyun kunlari Isroil davlatining Bear-Sheva shahrida sportning Jiu-Jitsu turi boʻyicha professionallar oʻrtasida Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada Toshkent viloyati IIBB 4-mintaqaviy hudud patrul-post xizmati xodimi – safdor Sarvarbek Rahmonberdiyev ham ishtirok etib, 56 kg vazn toifasida faxrli 1-oʻrinni egalladi va oldin medal sovrindori boʻldi.

Rahmonberdiyev bugun viloyat IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirokida aeroportda tantanali kutib olindi.

Oʻz oʻrnida, hamkasbimiz Sarvarbek Rahmonberdiyevni IIBB shaxsiy tarkibi nomidan gʻalaba bilan muborakbod etib, sport va xizmatdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Gʻalaba #Sport

⚡️ Toshkent viloyati IIBB xodimi sambo boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi
(1-oʻrin)

Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoyning Makao shahrida sambo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo-Okeaniya chempionatini 19 ta medal bilan yakunladi.

Batafsil👉 https://IIBB_Sport


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Gʻalaba #Sport

⚡️ Toshkent viloyati IIBB xodimi sambo bo'yicha Jahon kubogida sovrindor bo'ldi

Ayni kunlarda Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida Toshkent viloyati IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi, serjant Jovid Dodoyev -73 kg vazn toifasida oltin medal uchun rossiyalik Ovanes Abgariyanga qarshi munosib bahs olib bordi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning bugungi bahslarida ham hamkasblarimiz o‘z vazn toifasida bellashuvga chiqadilar. Toshkent viloyati IIBB shaxsiy tarkibi barcha sportchilarimizga omad tilaydi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Sport #Gʻalaba

🇺🇿 Harbiylar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Toshkent viloyati IIBB xodimi chempion bo'ldi
(oltin medal)

Oʻzbekiston mezbonlik qilayotgan Harbiylar oʻrtasidagi dzyudo boʻyicha 42-jahon chempionatida Toshkent viloyati IIBB xodimi, safdor Shohruhxon Baxtiyorov (+100 kg vazn toifasida) oltin medalni qoʻlga kiritib, harbiylar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.

Hamkasbimizni ushbu ishonchli gʻalaba bilan qutlab, sport va xizmatdagi faoliyati ulkan zafarlar tilaymiz.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |