CHDPU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
8.75K photos
1.31K videos
569 files
4.45K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Bir necha oydan beri bir kanalga obunaman. Avval oddiy admin, keyinchalik A. Navoiy nomidagi ona tili va adabiyoti instituti talabalari tomonidan yuritilib kelinmoqda.


U yerda ko'plab kitoblarning audio versiyasini topasiz.


#Tavsiya_etaman


@audiokitoblaruz
🤓 Bunisiga tayyormisiz?



❇️Hurmatli kuzatuvchilar, bugundan yana bir yangi loyihani e'tiboringizga havola etmoqdamiz.



📝Talabalar, o'qituvchilar, umuman olganda, barcha kuzatuvchilarimiz tomonidan boshqalarga ham foydali deb hisoblangan ma'lumotlarni #tavsiya_etaman heshtegi (rukni) ostida joylab borishni niyat qildik.


⁉️Bugun shu mavzudagi ilk postni joylayapmiz. Siz ham boshqalarga foydali,deb hisoblagan ma'lumotlariz bo'lsa post (maqola) holida @nozima_oybekovna ga yuborishingiz mumkin. Rasm, link bilan bo'lsa yana yaxshi (Loyiha bo'yicha fikr-mulohaza, taklif yoki tanqidlar bilan ham beeemalol murojaat qilavering 😅)


👉 @tvchdpi2017
Siz eng yaxshi ko'rgan kutubxona/kitob do'koningiz qaysi?



Bir kitobni qidirib ko'p do'konlarga bordim, lekin baribir topolmadim 😄 Shunga qaramasdan, buni yaxshi tomoni ham bo'ldi - ular orasidan juda zo'r, oldin bilmagan kitob do'konlarini topdim. Hozircha bu postda ulardan faqat bittasi haqida ma'lumot beraman (Qolganlarini keyinroq)


Shubhasiz, ЦУМ haqida avval ham eshitgansiz. Lekin o'zingiz borib ko'rganmisiz? Agar javobingiz "yo'q" bo'lsa, hoziroq yo'lga otlaning 😄

Sababi, o'zi kichkinagina bo'lsa-da shunaqangi zo'r kitoblarni o'z ichiga olgan 😍 Ular asosan rus tilida (o'ylaymanki, bu ko'pchilikka muammo tug'dirmaydi). Psixologiya, sayohat, biznes, tarix, meditsina, adabiy kitoblar (ham zamonaviy, ham klassik) rastalari mavjud. Shuningdek, qoyilmaqom kundalik (ежедневник)lar ham e'tiborni tortadi. 🤤


Qisqa qilib aytganda, ming bora eshitgandan bir bora borib ko'rgan afzal.

#Tavsiya_etaman


👉 @tvchdpi2017
Bugungi kunga kelib noto'g'ri turmush tarzini olib borish, organizm imkoniyatlari bilan hisoblashmaslik va boshqa qator omillar sababli ko'pchilikda xotira pasayishi kuzatilyapti. (Shu jumladan, o'zimda ham 😅)



Kecha Tibbiyot fanlari doktori Takasi Sukiyamaning ushbu muammo va uning yechimiga bag'ishlangan kitobining audioversiyasini topib oldim. Eshitib yuripman. Judayam foydali ma'lumotlarga boy kitob ekan.


Shu sababli sizga ham #tavsiya_etaman 🤗

Kanal linki 👇
@priv_15
#Tavsiya

Muvaffaqiyatga erishgan talabaning 10 muhim odati

1. Hayotda va o‘qishda aniq maqsadi bo‘ladi.

2. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiradi.

3. Ishini kichik qismlarga bo’lib, bosqichma-bosqich bajaradi.

4. Har kuni kuzatma va taassurotlarini qayd qilib boradi.

5. Faol va uzluksiz ilm oladi. Passiv bilim olish ta’lim jarayoniga putur yetkazadi. Har kuni yangi ko‘nikmalar egallash kerak.

6. Bilim olish mahsuldorligini oshirish uchun qulay o‘quv (jismoniy va psixologik) muhit yaratadi.

7. Mazmunli savollar beradi. Professor-o‘qituvchi, tyutorlar, bilimli do‘stlariga savollar berib, javoblarini o‘zi uchun xulosa tariqasida qabul qiladi.

8. E’tiborini chalg‘ituvchi barcha narsalardan halos bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarga haddan ziyod berilib ketib, vaqtini behuda ketkazmaydi.

9. O‘z vaqtida dam oladi, jismoniy faoliyat bilan muntazam shug‘ullanadi.

10. Har doim pozitiv fikrlaydi, muvaffaqiyatga ishonadi va maqsadlari sari dadil qadam tashlaydi!

Kanalga ulanish: @tvchdpi2017
#ona_tilim_faxrim
#tavsiya

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taqdim etadi.

Oyina.uz portalida e’lon qilingan oʻzbek tili bilan bog‘liq sara maqolalar dayjesti:


🗝 O‘zbek tili turkiy xalqlar orasida muloqot tili bo‘la oladi – Husayin Baydemir, turkiyalik professor

🗝 Til bayrami qayerda qanday nishonlanadi?

🗝 “O‘sha davrda “boshlovchi”ni boshida miyasi bor odam taklif qilgan deb o‘ylamayman” – o‘zbek tilidagi xashak so‘zlar xususida

🗝 Bizda faqat kattalargina oʻzbekcha gaplasha oladi degan tushuncha shakllangan edi – oʻzbek tili uchun jon kuydirayotgan boshqa millat vakillari

🗝 Imloviy xatolarga eʼtiborsiz qarasak, bu ijtimoiy meʼyorga aylanadi – Mavlon Marasulov bilan suhbat

🗝 Tilni himoya qilish millatchilikmi – Davlat tili muhofazasi qanday bo‘lishi kerak?

🗝 Suydirgan ham til, kuydirgan ham til – o‘zbek xalq maqollari

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
"Pedagog" sport klubi telegram kanaliga a’zo bo‘ling
#tavsiya

Kuzatdik. Haqiqatdan ham talabalarimiz uchun foydali kanal! ChDPUning sport hayoti, yangiliklari va talabalarimizning yutuqlarini uzluksiz berib borilayotgan sport kanali. Zo‘r g‘oya. Siz ham a’zo bo‘ling. Biz a'zo bo'ldik. 👉https://t.iss.one/chdpu_pedagog
Shuningdek talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tavsiyalariga ham qoyil.

https://t.iss.one/chdpu_pedagog Kanalning eng so‘nggi posti! Bahramand bo‘ling!!!
👇
#Futzal
Kechagi o‘yin emotsiyalari tark etishga ulgurmadi, bugun esa Futzal jamoamizga muxlislik qilamiz.

Futzal bo‘yicha milliy terma jamoamiz Xose Venansio boshchiligida birinchi uchrashuvini o‘tkazadi.
Raqib Osiyo chempioni Yaponiya.

O‘yin 22-noyabr soat 19: 00 da Toshkent shahri, Yunusobod tumanida o‘tkaziladi.

Kirish bepul.
Sportsevar talabalar shoshiling..