CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.79K photos
1.31K videos
569 files
4.46K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#mutafakkirlarimiz
#fakultetlar_yangiliklari

Buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan Matematika va informatika fakultetida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Batafsil👉https://t.iss.one/CHDPUMIfakulteti/1291?single


Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MUTAFAKKIRLARIMIZ

Bir asrning ikki dahosi bo'lmish Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan
mutafakkirlarimiz ijodi universitet rahbariyati talqinida

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Alisher Navoiyning asarlari butun insoniyat uchun buyuk ilm manbai, ulkan dasturul amaldir
#mutafakkirlarimiz

Shu kunlarda so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlandi.

Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov, Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirov (Mahmud Toir), universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

"Hazrat Alisher Navoiyning asarlari butun insoniyat uchun buyuk ilm manbai, ulkan dasturul amaldir. Navoiy ijodi hozirgi kunda ham dolzarb bo‘lib, yoshlarga hayot haqiqatlarini anglashga, nozik insoniy tuyg‘ularni tushunishga ko‘maklashmoqda", dedi universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov.

Tadbirda mutafakkirning boy ma’naviy merosi, hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar hamda g‘azallarining ilmiy talqini ishtirokchilar e’tiboriga etkazildi.

Talabalar Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan parchalar mutolaa qildi. Buyuk shoir g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar kuylandi.

📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi
#mutafakkirlarimiz #kafedra_tashabbusi

Maktab menejmenti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ma’rifiy anjumanda Alisher Navoiy tomonidan amalga oshirgan saxovat ishlarini o‘rganishning dolzarbligi va uning bugungi davrimiz uchun ijtimoiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda talabalar tomonidan “Alisher va Lutfiy”, “Navoiy va Guli”, “Shoh Husayn va mutafakkir” nomli sahna ko‘rinishlari mahorat bilan ijro etildi. Shoir ijodidan g‘azallar o‘qildi. Sahnada gavdalantirilgan har bir qahramon siymosi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib, yoshlarning bilimi va mahoratini namoyish etdi.

Ma’rifiy anjumanda Navoiyni vazir sifatidagi faoliyatida insonni tushunishni, qadrlashni, himoya etishni va savob ishlarga da’vat qilishni muqaddas vazifa deb bilganligi ilgari surildi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutafakkirlarimiz
Ijtimoiy so‘rov:
Universitetimiz yoshlari Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qanchalik bilishadi?

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
#mutafakkirlarimiz

So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosini o‘rganish dekadasi yakunlari va tantanali taqdirlash marosimidan fotoreportaj

👉
https://teletype.in/@chdpuoffical/d5Tnu0X4PpU


Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017