CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.79K photos
1.31K videos
569 files
4.46K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi belgilandi

🔰Akademik litseylarga kirish imtihonlari joriy yil 30-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etilib, zaruriyatga ko‘ra ikki smenada o‘tkaziladi.

Kirish test imtihonlariga ruxsatnomani olish bo‘yicha 28-avgust kuni qo‘shimcha xabar beriladi.

Manba: @eduuz

Kanalga ulanish:
👇👇👇
@tvchdpi2017
#Qabul2022 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔰 Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.

Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
AL_qabul_parametrlari2023_СHirchiq_davlat_pedagogika_universiteti.pdf
1.4 MB
#Qabul2023
#akademik_litsey

Chirchiq davlat peagogika universiteti akademik litseyiga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylar, jumladan Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga jami 156 ta kvota ajratildi: 130 ta o‘zbek, 26 ta rus tillari uchun.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#akademik_litsey
#mandat

CHDPU tasarrufidagi akademik litseyga kirish test natijalari tayyor

2023/2024-oʻquv yili uchun Chirchiq davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi akademik litseyga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni my.edu.uz rasmiy veb-saytdan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.


Bizni kuzating: 👉https://t.iss.one/tvchdpi2017
👇CHDPU akademik litseyida “Alpomish va Barchinoy” turniri start oldi
#akademik_litsey
#sport

ChDPU qoshidagi akademik litsey o‘quvchilarini jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtkazish maqsadida “Alpomish va Barchinoy” nomli sport musobaqasi start oldi.

An’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan mazkur turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Akademik litsey direktori Doniyor Zakirov, "Pedagog" sport klubi rahbarining o‘rinbosari Ravshan Mamatqulov, Jismoniy madaniyat fakulteti mutasaddilari va sport faxriylari ishtirok etishdi.

Musobaqada so'z olgan rasmiylar davlatimizning etibori bilan o‘smirlar jismoniy tayyorgarligi va universitet terma jamoasi vakillari tobora yuqori natijalarni qayd etib kelayotganlari, ommaviy sport turlari universitetimizda ommalashib borayotganiga alohida to'xtalishdi.

Bu yilgi bahslarda 200 nafardan ortiq sportchi-o‘quvchilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqaning 6 ta dasturda saralash bosqichi boshlandi. 28-may kuni barcha yo'nalishlarda g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiq_davlat_pedagogika_universiteti_Akademik_litsey_qabul_kvotalari.pdf
1.4 MB
#Qabul2024
#akademik_litsey

Akademik litsey qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylar, jumladan Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga jami 208 ta kvota ajratildi: 156 ta o‘zbek, 52 ta rus tillari uchun.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#akademik_litsey
#bitiruvchi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti qoshidagi Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2023-2024 o‘quv yilida akademik litseyni jami 158 nafar bitiruvchi bitirib, ulardan 12 nafari a’lo darajali diplom bilan taqdirlandilar.
Tantanali marosimda nafaqat bitiruvchilar, balki a'lo baholarga o‘qigan va ulkan yutuqlarga erishgan bitiruvchilarning ota-onalari ham tashakkurnoma bilan e’tirof etildi.

Qadrli, ChDPU o‘quvchilari! Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang. Olg‘a!

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM