CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.85K photos
1.32K videos
569 files
4.48K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#XUSHXABAR

Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Islohotlar bilimdoni" keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovining "Eng yaxshi guruh murabbiysi" nominatsiyasi boʻyicha faxrli 2-oʻrin bilan ustozimiz Ismoilova Dilafruz Muhiddinovna taqdirlandilar.

Ustozimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. Doimo shunday shijoat bilan harakat qilishdan aslo toʻxtamasliklarini va faoliyatlariga omad hamda zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz.


➡️ @tvchdpi2017
#Insayd

#xushxabar!

💥 Hammamizga ma'lumki #esseylar_tanlovining Respublika bosqichi bòlib òtmoqda

⚡️ Turizm fakultetining Xorijiy til va adabiyoti yònalishi 20/9 guruh talabasi Uraimshikova Maftuna faxrli 2-òrinni egalladi.

Bu haqda batafsil toʻxtalamiz.

➡️ @tvchdpi2017
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

G‘alaba muborak!!!

ChDPUning "Hurriyat" jamoasi “Ma’rifat maydoni” Respublika ko'rik-tanlovining mintaqaviy bosqichida ishtirok etdi va “Ma’rifat maydoni”da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. "Hurriyat" g‘alaba muborak!

Jamoa a’zolari
:
Jovlieva Yulduz Abdurashid qizi - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Karomatov Akbar - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Jumanazarova Umidaxon Rustambekovna - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Ne’matov Mirshod Dilshod o‘g‘li - Tarix yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
Yorbulova Dildora Shokir qizi - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Muratov Aliyor Esonali o‘g‘li - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Asrolova Arofatxon Erkin qizi - O‘zga tilliy guruhlarda rus tili 3-bosqich talabasi;
Abduraxmonova Durdona Komiljonovna - Musiqa ta’limi 3-bosqich talabasi;
Qo‘ldoshev Oybek Abdulxay o‘g‘li - Musiqa ta’limi 4-bosqich talabasi:
Toshpulatov Jasur Baxrom o‘g‘li - Musiqa ta’limi 2-bosqich talabasi.

Jamoani tayyorlash bo‘yicha mas’ullar:
Mahkamova Shoxida Raxmatullayevna - Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri;
Shermatova Umida Sapayevna - O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi;
Achilova Emina Sa’dullayevna - O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi;
Komilova Gulmira Temirovna - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi.

Axborot ko‘makchisi:
Baltayeva Munira Shakir qizi - Maktab menejmenti 3-bosqich talabasi, Axborot xizmati xodimi.

Jamoa rahbari:
Auezov Asiljan Abdurashid uli - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi.

G‘oliblari haqida foto lavhalar


🎦HD formatda ko'ring

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
ChDPUning ikki nafar o‘qituvchisi “Eng yaxshi darslik” respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi
#Xushxabar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori Feruza Qodirova va o‘qituvchisi Dilfuza Po‘latova hammualliflik asosida tayyorlangan “Inklyuziv ta’lim: nazariya va amaliyot” nomli darsligi g‘olib deb topildi.

Mualliflar Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof bilan mualliflarni samimiy qutlaymiz!

Batafsil:https://t.iss.one/eduuz/18039
#xushxabar

Qator xalqaro tanlovlar ishtirokchisi, Tasviriy san'at va dizayn kafedrasi dotsenti Izzat Marasulova va 23/1-guruh talabasi Sulaymon Inomov Новосибирск shahrida bo'lib o'tgan "КОЛЕСО ВСЕЛЕННОЙ" nomli an'anaviy kulolchilik va amaliy san'at xalqaro "Turk-Sib" loyihasida ishtirok etishdi.
Universitetimiz talabalaridan yangi yilda yangicha zafarlar kutib qolamiz!

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
#xushxabar

G‘alaba muborak!!!

ChDPUning "Hurriyat" jamoasi “Ma’rifat maydoni” Respublika ko'rik-tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etdi va “Ma’rifat maydoni”da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. "Hurriyat" g‘alaba muborak!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Universitet talabalari xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi
#xushxabar #CHDPU_faxri
#CHDPU_art

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Koreya Respublikasining Kemyung universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Peyzaj va portret” nomli 1-xalqaro ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash hamda ular ijodiy ishlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ushbu ijodiy tanlovda Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari Shohruza Tojiboyeva va Sardor Haqnazarov tanlovning 3-o‘rniga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, shu ta’lim yo‘nalishi talabasi Nargiza Abdumajitova tanlovda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va Koreya Respublikasi Kemyung universiteti xalqaro ishlar prorektori Kim Song Chjon tomonidan munosib sovg‘alar bilan mukofotlanishdi.

Rektor G‘ofurjon Muxamedov va universitet jamoasi talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi ijodiy ishlariga omad va zafarlar tilaydi.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHDPU magistri grant g‘olibi bo‘ldi
#xushxabar #CHDPU_faxri

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan volontyorlik loyihalari uchun grant dasturi g‘olibligi Chirchiq davlat pedagogika universiteti «Pedagogika va psixologiya» magistranti Sanjar Tursunbayevga nasib etdi.

Sanjar Tursunboyevning "Emotsional gigiyena yoshlar salomatligining garovi" ijtimoiy loyihasiga 33 700 000 so‘m ajratildi.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#CHDPU_faxri #xushxabar
Xalqaro sertifikat sohibi Bahtiyor Sapaev o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimiz talabasi “Ilhom” mukofoti 2024-yil tanlovi sohibasi
#CHDPU_faxri #xushxabar

Joriy yilning 10-iyun kuni Adiblar xiyobonida kunning eng yodda qolarli voqeligi — “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda yuqori natijalarga erishgan Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi Yorbulova Dildora Shokir qizi “Ilhom” mukofoti 2024-yil tanlovining 3-o‘rin sohibasi sifatida e’lon qilindi.
Dildora Yorbulova 15 mln. soʻm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlanadi.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyaning nufuzli universiteti ChDPU talabalarini e’tirof etdi
#CHDPU_faxri #xushxabar

Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi Akbarova Madina Magnitogorsk davlat universiteti Gumanitar fanlar instituti tomonidan o'tkazilgan "Pushkinim mening" xalqaro insholar tanlovida 3-o'rinni egalladi. Bu haqda universitetning rasmiy saytida xabar berildi.
Rus adabiyotining yetakchilaridan biri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligi munosabati bilan 6-iyun kuni o'tkazilgan tanlovda Rossiya, Belarus va O'zbekiston oliy o'quv yurtlaridan talabalar ishtirok etdi. Xalqaro darajadagi tanlovda Chirchiq davlat pedagogika universitetidan to'rt nafar talaba ishtirok etdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Talabamiz Akbarova Madinaxonni xalqaro darajadagi e'tirof va yutuq bilan muborakbod etamiz va keyingi ilmiy va ijodiy ishlarida omadlar tilab qolamiz.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyaning mashhur nashriyoti Sevinchni e’tirof etdi
#CHDPU_faxri #xushxabar

Joriy yilning 24-27 iyun kunlari Turkiyaning Alanya hokimligi huzuridagi Baygench nashriyoti va Shine Qizlar Akademiyasi rahbari Shohida Yusupova tarafidan tashkil qilingan O‘zbekistonning turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “O‘zbekistan’ın lider kadınları” (O‘zbekistonlik lider ayollar) kitobining taqdimoti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda bir guruh o‘zbek-turk shoir-yozuvchilari, professor va fan doktorlari, magistrlar qatorida Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Paxriddinova Sevinch Bahodir qizi ham o‘z ijod namunasi bilan ishtirok etdi.

Baygench nashriyoti rahbari Arslan Bayir Sevinch kabi yosh iqtidor egalari tufayli ikki millat o‘rtasidagi adabiy, madaniy va do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlanishi va davom etishini ta’kidlab o‘tdi.

Rahmat Sevinch, CHDPU Siz bilan faxrlanadi!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabamiz Turkiyadagi xalqaro festivalda e’tirof etildi
#CHDPU_faxri
#xushxabar

Turkiyaning Izmir shahrida «Menemen» 3-Xalqaro kulolchilik festivalida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Oybek Burhoniddinov eng yosh kulol sifatida e’tirof etildi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

6—8 sentabr kunlari o‘tkazilgan festivalda Turkiya, Portugaliya, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Isroil, Fransiya, Germaniya, Ozarbayjon, Turkiya, Avstriya, Eron va O‘zbekiston kabi 37 davlatdan 70 nafar hunarmand ishtirok etdi.

Dunyo kulollari yig‘ilgan festivalda universitetimiz talabasi Oybekka "Eng yosh iqtidorli kulol" nominatsiyasi g‘olibligi berildi.

Oybekni xalqaro miqyosdagi maqom bilan tabriklaymiz!


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
Universitet o'qituvchisi “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Joriy yilning 24-sentabr kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlariga tantanali ravishda topshirildi.

Quvonarlisi, universitetning Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari kafedrasi mudiri Shahnoza Shomurodovaning hududlarda turizm salohiyatini oshirish va ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlashdagi samarali faoliyati e’tirof etildi va “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Universitet jamoasi ustozimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaydi!

Batafsil saytda

Universitet rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
CHDPU talabalari xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi
#CHDPU_faxri #xushxabar

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati hamkorligida Germaniya birligi kuni (nem. Tag der Deutschen Einheit) - milliy bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston OTMlarining nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi PowerPoint taqdimoti” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur xalqaro tadbir O'zbekiston tomon tashabbusi bilan Germaniya elchixonasi shafeligida o'tkazildi. Tanlov natijalari elchixona vakillari Efa Shnayder, Germaniyalik mutaxassis Yohanna Mayer va xalqaro ekspertlar kuzatuvida baholandi. Yakuniy natija ko‘ra Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari mutloq g‘olib deb topildi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha jamoalar “O‘zbekiston–Germaniya” do‘stlik jamiyatining va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Talabalarimizni xalqaro miqyosdagi maqom bilan tabriklaymiz!


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHDPU – "Zakovat"ning hududiy bosqichi g‘olibi
#zakovat #xushxabar

2024-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Toshkent viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda pedagog-o‘qituvchilardan iborat 31 ta jamoa ishtirok etdi. Murosasiz o‘tgan aql musobaqasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

ChDPU o‘qituvchilari endi respublika bosqichida Toshkent viloyati sharafini himoya qilishadi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from CHDPU Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi (Диёрбек Рўзмамат ўғли)
#xushxabar
#stipendiya

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari e’lon qilindi.

Chirchiq davlat pedagogika universitetining 16 nafar talabalari sovrindorlar safidan joy olishdi:

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori:

🔰Saparbayeva Dinoraxon Turgʻunboy qizi - Boshlangʻich taʼlim fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi.

➡️ Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori:

🔰Qurbonqulova Saodatxon Burxon qizi - Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.

➡️ Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari:

🔰Kuganova Anjela Alimardon qizi - Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yoʻnalishi 4-bosqich talabasi;
🔰Sotimboyeva Dilnura Axmedjon qizi - Gumanitar fanlar fakulteti, Oʻzbek tili va adabiyoti yo'nalishi 3-bosqich talabasi;
🔰Adilbayeva Gulsaya Yerkin qizi - Maktabgacha taʼlim fakulteti, Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;
🔰Baxtiyorova Sevinch Elyor qizi - Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yoʻnalishi 4-bosqich talabasi;
🔰Yunusova Sevilya Ruslanovna - Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;
🔰Toʻrayeva Jasmina Sunnatullo qizi - Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika (tiflopedagogika) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;
🔰Turgʻunboyeva Parvina Ashirboy qizi - Turizm fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;
🔰Userbayeva Feruza Inoyat qizi - Gumanitar fanlar fakulteti Tarix yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;
🔰 Abduraxmonova Asem Ergali qizi - Gumanitar fanlar fakulteti Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti) yoʻnalishi 4-bosqich talabasi;
🔰Ximmatova Gulnora Aliqul qizi - Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;
🔰Shirinbekov Dastan Medetbek oʻgʻli - Gumanitar fanlar fakulteti Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;
🔰Sirojiddinov Odiljon Ilxomjonovich - Pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;

➡️ Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindori:

🔰Mirislomov Mirdavlat Miraziz oʻgʻli - Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yoʻnalishi 3-bosqich talabasi;

➡️ Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori:

🔰Pardabayeva Madinabonu Saydulla qizi - Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.

💐 Barcha sovrindor talabalarimizni tabriklaymiz. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@CHDPU_iqtidorli_talabalari
#nashr
#xushxabar

Aziz hamkasblar, qardli talabalar!

Bugun barchamiz uchun muhim va tarixiy kun. E’tiboringizga universitetning «Ta’lim ziyosi» gazetasi ilk sonini havola etyapmiz.

Universitet hayotida davrlar almashadi, kayfiyatlar va ustuvor yo‘nalishlar o‘zgarib turadi. Bu taraqqiyot tarixini esa CHDPU insonlari yozadi.

Shu kunga qadar ularning kundalik faoliyati va istiqboldagi rejalari xususida yozib boradigan bir minbarga ehtiyoj bor edi. Shu o‘rinda, «Ta’lim ziyosi» universitet gazetasi ChDPU axborot makonini sifatan yangi darajaga ko‘tarishni va uning eng yaxshi tomonlarini rivojlantirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.

«Ta’lim ziyosi» faqat universitet hayotini yoritibgina qolmay, jiddiy mavzulardagi esse, maqola va nuqtai-nazarlarni chop etadigan, talabalar qadriyatlari, madaniyat va ilm-fanni targ‘ib qiladigan, oliygoh jamoasining faol ijodiy faoliyatini ko‘rsatib beradigan nashr hamdir.

Ushbu tarixiy voqea bilan barchani qutlaymiz!

«Ta’lim ziyosi» gazetasi g‘oyasining tashabbuskori barchamiz uchun qadrli inson G‘ofurjon Isroilovichga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
___

Дорогие коллеги, уважаемые студенты!

Сегодня для нас всех важный и исторический день. Мы рады представить вам первый номер университетской газеты «Таълим зиёси».

В жизни университета меняются эпохи, настроения и приоритетные направления. Историю этого развития пишут люди ЧГПУ.

До сегодняшнего дня существовала потребность в платформе, которая бы освещала их повседневную деятельность и планы на будущее. В связи с этим университетская газета «Таълим зиёси» ставит перед собой задачу поднять информационное пространство ЧГПУ на новый уровень и развивать лучшие его стороны.

«Таълим зиёси» не только освещает жизнь университета, но и публикует эссе, статьи и мнения на серьезные темы, пропагандирует ценности образования, культуры и науки, а также демонстрирует активную творческую деятельность университетского сообщества.

Поздравляем всех с этим историческим событием!

Выражаем благодарность инициатору создания газеты «Таълим зиёси», нашему уважаемому Гафурджану Исроиловичу за его неоценимый вклад!