CHDPU | Rasmiy kanal
10.9K subscribers
8.67K photos
1.29K videos
569 files
4.43K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#diplomatiya
#xizmat_safari

Ayni vaqtda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi “Hayot maktabi” dasturi doirasida Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya vakillari orasida Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Lola Narimbayeva Belarus davlat pedagogika universitetida malaka oshirish bilan bir qatorda "Kichik yoshdagi bolalar bugungi mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalarni egallashi uchun" ta’lim dasturlarini yaratish yuzasidan fikr almashmoqda.
Universitet vakilining xizmat safari davom etmoqda.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor #diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi
Rektor: Raqamlashtirish talabalarimizni xalqaro miqyosda tanitadi


Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov Novosibirsk davlat pedagogika universiteti professori, NDPU san’at yo‘nalishi magistlar va aspirantlar dasturi rahbari Oleg Shalyapin bilan uchrashdi.

Batafsil saytda


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Xalqaro o‘qituvchilar tayyorlashda Germaniya imkoniyatlarini taklif etdi
#Rektor #diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

Xalqaro darajadagi pedagog kadrlarni tayyorlash g‘oyasi asosida faoliyatini tashkil etayotgan ilk oliygoh – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rib barobarida xoijiy oliy va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari diapazonini kengaytirishga intilmoqda.

Joriy yilning 12-iyun sanasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov qabulida Frayburg universiteti professori, janob Yohannes Keller-Herder, professor Viktoriya Keller-Herder xonim va Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati rahbari, professor Xurram Rahimov ishtirokida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yangi o‘quv yilida nemis tilini o‘rgatishni yanada rivojlantirish hamda universitet nemis tili o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, 2025 yildan boshlab Germaniyada ChDPU professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yozgi ta’lim lagerlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Universitetning strategik maqsadi – xalqaro o‘qituvchi tayyorlash masalasida hamkorlik qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Suhbat yakunida “Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati” ilmiy loyihalasi doirasidari universitet olimlari hammuallifligida nashr etilgan “O‘zbek sehrli ertaklari tipologik katalogi” to‘plami esdalik uchun topshirildi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Pendidikan universiteti “onlayn” dastur e’lon qildi
#diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

Pedagogika fakulteti rahbariyati Indoneziyaning Pendidikan universiteti mas’ullari bilan Zoom platformasi orqali video muloqot o‘tkazdi. Muloqotda talabalari uchun masofaviy va offline rejimida xalqaro ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda va istiqboldagi yangi hamkorlik yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.

Pendidikan universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha direktori Ahmad Buxoriy Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlik natijasida erishilgan yutuqlar nafaqat O‘zbekiston, balki jahon pedagogik faoliyati rivoji uchun ham xizmat qilishiga umid bildirdi.

Pendidikan universiteti rahbariyati Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-bosqich magistri Moxinur Safiyevaning PhD dissertatsiyasini va Menejment yo‘nalishi bitiruvchisi Munira Baltayevaning magistraturaga grant asosida o‘qishga qabul qilinish taklifini ma’qulladi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diplomatiya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov xorijlik biolog-olimlarni qabul qildi.
Uchrashuv davomida universitetda bio xilma-xillikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va biologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun ilmiy markaz tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida:
Mushtaq Ahmad - Pokiston fanlar akademiyasining akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. Quad A’zam universiteti (Pokiston, Islomobod) Botanika kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat olib boradi. Ilmiy yo‘nalishi o‘simliklar florasi, taksonomiyasi va so‘ngi yillarda “Biodizel texnologiyasi” bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.
Lixin Xin Zhang - biologiya fanlari doktori, professor. Northwest universiteti professori lavozimida faoliyat olib boradi. Ilmiy yo‘nalishi o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, o‘simliklarning stress omillarga chidamlilik xususiyatlari va mikrobiologik preparatlar tayyorlash sohalari hisoblanadi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Magistrlarga ilmiy tadqiqotlarini Germaniyada davom ettirish imkoniyati yaratiladi
#diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

26-27-avgust kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetiga Myunster universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi), Germanistika institutining professori, Germaniya-Oʻzbekiston universitetlar tarmogʻining akademik rahbari, professor Silvia Reuvekamp xonim boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Universitet talabalari hamda professor-oʻqituvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar biln tanishgan delegatsiya a’zolari yangi ochilgan yangi talabalar turar joyi haqida ham iliq fikrlar bildirishdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi hamda imzolangan shartnoma doirasida ikki universitet “magistrantlar amaliyoti” almashinuv dasturi boʻyicha qoʻshimcha shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun: Mazkur universitet QS World University Rankings da 367 o’rinda, Germaniyadagi 10 ta eng yaxshi universitetdan biri hisoblanadi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#diplomatiya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti vakillari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Eshchanov Baxodir Xudayberganovich rahbarligida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumida ishtirok etdi


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Indoneziyalik professor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
#diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

Bugun, 31-oktabr kuni Pendidikan universiteti (Indoneziya) professori janob J.Julia Pedagogika fakultetiga tashrif buyurdi.

Taniqli olimni Pedagogika fakulteti dekani Jabbor Usarov va fakultet tasarrufidagi kafedra mudirlari kutib oldi va kafedralar faoliyati bilan tanishtirdi.

Muloqot chog‘ida Pedagogika fakulteti va Indoneziya universitetlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, xususan, Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yangi metodlarda amalga oshrish, kafedralar ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yoshlarni keng doirada fikrlashini shakllantirish uchun ma’ruzalar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va ta’limni integratsiyalashtirish, bu orqali har ikkala tomon manfaatlarini xalqaro formatlarda rivojlantirishdan iborat.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Xorijlik olim master-klasslar o‘tkazdi
#diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

6-noyabr kuni Boshlang‘ich ta’lim fakulteti bazasida xorijlik olimi ishtirokida master-klasslar o‘tkazildi.

Indoneziyaning Pendidikan universiteti doktori, professor J.Julia 12-yoshgacha bo‘lgan bolalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish ustida olib borgan tajribasi haqida ma'ruza qildi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan ham muloqot qilib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik ishlari, Indoneziya ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati, ta’lim jarayoni haqida to’xtaldi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
CHDPU vakillari Qozogʻistonning birinchi oliy oʻquv yurtida stajirovka o‘tadi
#diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori Samariddin Qorayev, Pedagogika fakulteti dekani Jabbor Usarov, Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri Feruza Qodirova, Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri Muqaddas Raxmonova, professor Dustnazar Himmataliyev, professor Tarmiza Hurvaliyeva, professor Gavhar Abdullayeva Qozoq milliy pedagogika universitetiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Individual ta’lim tartibini joriy etish masalalariga bagʻishlangan mazkur stajirovka davomida Innovatsion o'qitish usullari, talaba profilini va o'z kurslarini yaratish, talabalarning shaxsiy maqsadlarni aniqlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, zamonaviy ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, shuningdek akademik va ta’lim sohasidagi ijobiy yutuqlarni oʻzlashtirish va hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingan.

Tashrif doirasida Riga oliy huquq maktabining rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, ChDPU vakillari mazkur oliy ta’lim muassasasi mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube