CHDPU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
8.75K photos
1.31K videos
569 files
4.45K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#kafedraDrayver
O‘tgan hafta davomida CHDPU kafedralari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar


Biologiya kafedrasi "Individual ta’lim muhitida talaba va tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdi.

Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi Talabalar shaharchasida “Chevar qizlar” to‘garagini tashkil etdi.

Bolalar sporti kafedrasi sirtqi bo'lim talabalari o'rtasida "Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda badminton" fanidan olgan nazaziy bilimlarini mustahkamlash maqsadida badminton musobaqasini uyushtirdi.

Lingvistika va ingliz tilini òqitish metodikasi kafedrasi mudiri Muhabbat Yusupova "Oliy harbiy ta’lim muassasalarida chet tilini òqitishda zamonaviy yondashuvlar" mavzusidagi xalqaro-amaliy anjumanda ma’ruza qildi.

"Maktabgacha ta’lim metodikasi" kafedrasi Moskva davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari bilan "Время детям" loyihasi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Nemis tili kafedrasi mudiri Zayniddin Sanaqulov O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilarining an’anaviy 17-anjumanida ma’ruza qildi.
Xalqaro anjuman Germaniya va Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixona vakillari, 10dan ortiq xalqaro ta'lim muassasalari va tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan.

Kimyo kafedrasi
O‘zbekiston, Qirg‘iston, Qozog‘iston va Rossiya yosh olimlari va talabalari ishtirokida tashkil etilgan "Оживщие камень" xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdi.

Tarix kafedrasi “Sug‘d hujjatlarining paleografik tahlili” mavzusi bo‘yicha o‘tkazgan treningda qadimgi sug‘diyona haqida ayrim ma’lumotlar, ularning kelib chiqishi hamda turli manbalar tushuntirildi.

Turizm kafedrasi Turizm fakulteti bazasida Gid hamrohligi va tarjimonligi yo‘nalishi talabalari ishtirokida "Yurtimizning turistik salohiyati hamda madaniy merosini chuqurroq tushunamiz" ko‘rgazma-namoyishli dars o‘tkazdi.


👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #kafedra #кафедра #department
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kafedraDrayver
O‘tgan hafta (11-17) davomida CHDPU kafedralari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar


Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurtida kursantlar uchun ingliz tili bo‘yicha treninglar tashkil etdi.

Tarix kafedrasi qoshidagi "Yosh arxeologlar" klubi navbatdagi seminarini uyushtirdi.

Milliy g'oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasida BMT tashkil topganining 79 yilligi munosabati bilan “O’zbekiston – BMT: hamkorlik chorrahalarida” mavzusidagi davra suhbat boʼlib oʼtdi.

Texnologik ta’lim kafedrasi “Raqobatbardosh pedagog – mutaxassislarni tayyorlashda individual ta’limning imkoniyatlari” mavzusidagi amaliy –metodik tadbir o‘tkazdi.

Rus tili va adabiyoti ta’limi metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida o‘tkazilgan "Язык и дискурс современных массмедиа: теоретические и практические аспекты" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi.

Biologiya kafedrasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti xodimlari ishtirokida “Tomat mozaikasi virusini immunodiagnostikasini ishlab chiqish” mavzusida ma’ruza-dialog tashkil etildi.

O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi qoshidagi "Pedagogik mahorat" klubidagi talabalar "Adabiyot o'qitishning umumnazariy masalalari" mavzusi yuzasidan bahslashdilar.

Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi dotsenti Izzatoy Marasulova yetakchiligidagi talabalar maktab o‘quvchilari bilan “Ilm egallang, hunar o‘rganing, tashabbuskor bo‘ling, maqsadlaringizni dunyoga baralla ayting" shiori ostida amaliy san’at turlari bilan shug’ullandilar.

Turizm kafedrasi oʻqituvchilari sunʼiy intellekt yordamida media kontent tayyorladi.

Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Ilmurodova tashabbusi bilan “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” doirasi dunyo ramzlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #kafedra #кафедра #department
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kafedraDrayver
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshidagi "Ilmiy tadqiqot" klubi mashg'ulotida "O‘zbek nutqining o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusi yuzasidan bakalavr va magistr talabalari bilan fikr almashildi.

Pedagogika kafedrasi hamkorlik doirasida CHDPU akademik litseyida “Akademik litsey o‘qituvchilarini tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Umumiy pedagogika kafedrasi “Zamonaviy ijtimoiy-madaniy muhitda ta’lim va ijtimoiylashuv” IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashdi.

Tarix kafedrasi dotsenti Shoira Jumayeva Tarix yo’nalishi 2-bosqich talabalari bilan birgalikda Etnologiya fanidan “Jahon xalqlari etnologiyasi” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti Zaxro Shanasirova "Maktabgacha ta'lim metodikasi" fanidan "Inklyuziv muhitda alohida ta'limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish texnologiyasi" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “So‘z - inson ma’naviyatining ziynati” mavzusida ma’naviy va ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi “Kinomotografiy sohasiga bir qadam” mavzusida suhbat uyushtirdi.

👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #kafedra #кафедра #department
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM