CHDPU | Rasmiy kanal
10.3K subscribers
9.98K photos
1.6K videos
573 files
4.93K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Rektor: Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni
#Rektor #talaba_manfaati

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G‘ofurjon Muhamedov universitetning «Ijtimoiy ish (fuqarolaro‘zini o‘zi boshqarish organlari)» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Muloqotda mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borib, sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarning fikrlari va mulohazalari tinglandi hamda istiqbolli rejalarini hamkorlikda belgilab olish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Xususan, G‘ofurjon Muxamedov ta’limdagi o'zgarishlarini har bir mahalla his qilishi lozimligini, jamiyatda iqtidorli yoshlar va ilm-fan bilan shug‘ullanadigan bolalar ko‘paysa ma’naviyatli insonlar ko‘payishini, aynan ilmli va iqtidorlilar O‘zbekiston kelajagini yaratishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Rektor birinchi navbatda mahallalardan iqtidorli yoshlarni topish va ularni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, mahallada istiqomat qilayotgan iqtidorli yoshlar bilan uzluksiz ishlash, malakali mutaxassislar bo‘lib etishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha takliflarini berdi.

«Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni. Siz faol islohotchi sifatida, avvalo, zamon bilan hamqadam, o‘z bilim va malakasini doimiy oshirib borishida universitetni birinchi ko'makchingiz sifatida ko'ring. Mahalla yoshlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda, ularni ilmli bo‘lishlarida Sizlarning salohiyatingiz muhim rol o‘ynaydi», – dedi Rektor.

Talabalar samimiy va ochiq muloqot uchun universitet rektoriga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari uchun o'qituvchi kadrlarni tayyorlash masalasiga yangicha yondashuv
#Rektor #talaba_manfaati
#CHDPU_strategiyasi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab universitetda chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan magistrlarga ingliz tilida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu masala yuzasidan universitet rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov raisligida sertifikatga ega 1-bosqich magistrlari va ularning kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Doniyor Ahmadjonov chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga va ta’lim berish kompitentsiyasiga ega bo‘lgan magistlar haqida ma’lumot berdi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ingliz tilida o‘tiladigan darslar ro‘yhatini shakllantirish, barcha me’yoriy hujjatlarni ingliz tilida tayyorlash, xorijiy tillarni o‘zlashtirish layoqati yuqori talabalar guruhlar shakllantirish kabi masalalari muhokama qilindi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Xalqaro o‘qituvchilar tayyorlashda Germaniya imkoniyatlarini taklif etdi
#Rektor #diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

Xalqaro darajadagi pedagog kadrlarni tayyorlash g‘oyasi asosida faoliyatini tashkil etayotgan ilk oliygoh – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rib barobarida xoijiy oliy va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari diapazonini kengaytirishga intilmoqda.

Joriy yilning 12-iyun sanasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov qabulida Frayburg universiteti professori, janob Yohannes Keller-Herder, professor Viktoriya Keller-Herder xonim va Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati rahbari, professor Xurram Rahimov ishtirokida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yangi o‘quv yilida nemis tilini o‘rgatishni yanada rivojlantirish hamda universitet nemis tili o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, 2025 yildan boshlab Germaniyada ChDPU professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yozgi ta’lim lagerlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Universitetning strategik maqsadi – xalqaro o‘qituvchi tayyorlash masalasida hamkorlik qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Suhbat yakunida “Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati” ilmiy loyihalasi doirasidari universitet olimlari hammuallifligida nashr etilgan “O‘zbek sehrli ertaklari tipologik katalogi” to‘plami esdalik uchun topshirildi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Mahalla yoshlari universitet e’tiborida
#prezident_topshirigi
#Rektor #ijro

2023-yilning 11-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Yoshlar bilan individual ishlashni jadallashtirish, jamiyatdan ajrab qolgan, hayotda o‘z o‘rnini topolmayotgan, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish oldimizdagi eng muhim vazifa bo‘lib turibdi.

Xususan, Chirchiq shahridagi "Tinchlik" MFYda 14 nafar o‘g‘il-qiz turli sabablarga ko‘ra, “qizil” toifadagi yoshlar ro‘yxatiga olingan. Ularning barchasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedovga biriktirilgan. Universitet rahbariyati biriktirilgan har bir yoshning muammo va takliflarini to‘liq o‘rgandi. Hozirgi kunga kelib ushbu yoshlarning muammolari bartaraf etildi.

Yoshlardan biri Tursunbayeva Maftuna Ashurali qizi universitetning Jismoniy madaniyat fakultetiga ijodiy imtihonlarini topshirdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#Rektor #tabrik
CHDPU REKTORINING YANGI O‘QUV YILI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN TABRIGI!

Chirchiq davlat pedagogika universitetining qadrli talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari!

Barchangizni Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbdan tabriklayman!

Oldinda bizni cheksiz imkoniyatlar, yuksak marralar va yorqin g‘alabalar kutmoqda! Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas! Chunki biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z oldimizga maqsadlar qo‘yib, ularga erishishga intilamiz, o‘samiz, rivojlanamiz, tafakkurimizni kengaytiramiz, har kuni oldinga yangi qadam tashlaymiz!

Aziz birinchi kurs talabalari! Kelajagini aynan bizning universitetimiz bilan bog‘lashga qaror qilgan birinchi kurs talabalarini katta mamnuniyat bilan qutlayman. Bu yerda munosib ta’lim olishingiz uchun barcha sharoitlar hozirlangan. Albatta, ko‘p narsa Sizning mehnat va intilishingizga bog‘liq, biz esa hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishingizga ko‘maklashadigan ishonchli yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qilishga shaymiz.

Hurmatli ustozlar va murabbiylarimizga alohida murojaat qilmoqchiman. Ishingizga ko‘rsatayotgan sadoqatingiz uchun tashakkur! Talabalarni yangi bilim olishiga va o‘zini har tomonlama namoyon etishga ruhlantirish, ularga qobiliyatlarini anglash va kuchli tomonlarini ochishda yordam berish - bebaho ne’mat. Ushbu ayyomda Sizlarga kasbiy yuksalish, oila a’zolaringizga salomatlik va farovonlik tilayman!

Biz birgalikda katta maqsadlar bilan o‘quv yilini boshlamoqdamiz. Xalqaro darajadagi pedagog-kadrlarni tayyorlash masalasi har doimgiday bosh strategiyamiz bo‘lib qoladi. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan zamonaviy ta’lim dasturlari, ilm-fan va amaliyot yangiligi, innovatsion ta’lim amaliyoti yutuqlari hamda raqamlashtirish texnologiyalari uyg‘unlashgan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish orqali universitetning xalqaro imidjini yaratishda talabalarimizning g‘oya va intilishlari asosiga quramiz.

Yangi o‘quv yili barcha uchun qiziqarli va mahsuldor yil bo‘lsin, yangi kashfiyotlar va yutuqlar quvonch olib kelsin! Sizlarga eng ezgu tilaklar, o‘qish va mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Universitet rektor, professor
G‘ofurjon Muxamedov

Telegram | Instagram | Facebook
#Rektor
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov xalqaro turnir chempioni Odilbek Qiyomov bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida universitet rektori Odilbek Qiyomovni g‘alaba bilan samimiy qutladi. Shuningdek, erishilgan g‘alabalar davomiyligini saqlash uchun mashg‘ulotlarni yanada kuchaytirish, jumladan Maktabgacha ta’lim fakulteti bazasidagi mavjud sport inshootlaridan unumli foydalanish, murabbiylar sabog‘ini hamisha yodda tutish borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: Odilbek Qiyomov 2024-yil 20-oktabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahri mezbonlik qilgan BFC turnirida 57kg vaznda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rektor
Universitetda "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektor
Rektor va yoshlar uchrashuvi...

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor G‘ofurjon Muxamedov ishtirokida “Rektor va talabalar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda rektor talabalar bilan uchrashib, ochiq suhbat olib bordi.
🙂Batafsil...

📸 Uchrashuvdan qisqa fotoreportaj



Встреча ректора с молодежью...

В университете прошла встреча ректора, Заслуженный деятель науки Республики Узбекистана, профессор Гафурджана Мухамедова с студентами. Во время встречи ректор пообщался с учащимися и провел открытую беседу.
🙂 Подробно...

📸Небольшой фоторепортаж


Meeting with the Rector and Students...


A "Meeting with the Rector and Students" event was held with the participation of the rector of Chirchiq State Pedagogical University, academician of the Republic of Uzbekistan, and professor G‘ofurjon Muxamedov. During the meeting, the rector met with students and conducted an open discussion.
🙂More...

📸Photo report from the meeting


👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rektor

👍 Biz bir oilamiz ❤️ | Мы — одна семья❤️ | We are one family 🫶

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor

Rektor va yoshlar uchrashuvi

🙂Batafsil...


Встреча ректора с молодежью

🙂Подробно...


Meeting with the rector and young

🙂More...

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor
Universitetimiz rektori Avloniy bilan uchrashdi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov Pensilvaniya universiteti olimi, vatandoshimiz Jamshid Avloniyni qabul qildi.
🙂Batafsil...


Ректор нашего университета встретился с Авлонием

Ректор Чирчикского государственного педагогического университета, профессор Гафурджан Мухамедов, принял ученого из Университета Пенсильвании, нашего соотечественника Джамшида Авлония.
🙂Подробно...


The rector of our university met with Avloni

The rector of Chirchik State Pedagogical University, Professor Gofurjon Mukhamedov, received Jamshid Avloniy, a scientist from the University of Pennsylvania and our compatriot.
🙂More...

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#8mart
#Rektor
G‘ofurjon Muxamedov MGU jamoasini tabrikladi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Belarus respublikasida ta’lim olayotgan talaba-qizlarimizga va ularning tengdoshlari hamda Mogilev davlat universiteti professor-o‘qituvchilariga tabrik yo‘lladi.

Tabrik tantanali yig‘ilishda o‘qib eshittirildi va Mogilev davlat universiteti rektori Denis Dukka topshirildi.

Denis Duk tabrik va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, O'zbekistonlik talabalarning erishayotgan yutuqlardan xursand ekanini ta'kidladi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube