CHDPU | Rasmiy kanal
10.9K subscribers
8.67K photos
1.29K videos
569 files
4.43K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijlik abituriyentlar uchun qabul boshlandi
#Qabul2024

Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun chet el fuqarolarini bakalavriatda o‘qish uchun 15-iyun kunidan qabul ochilganini e’lon qiladi.

Xorijlik abituriyentlar universitetga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin. Ularga ta’lim jarayonida o‘z sohasining yetuk professor-o‘qituvchilari dars beradi.

Ayni paytda Chirchiq davlat pedagogika universitetida MDH fuqarolari tahsil olmoqda.

Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda https://qabul.cspu.uz orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.

O‘qishga qabul qilingan xorij fuqarolarining viza olishi va yashashi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassislari yordamida amalga oshiriladi.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1. my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024
#tezkor

👇Abituriyentlar diqqatiga!

Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 10-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin.

Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.

Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👇 Abituriyentlar diqqatiga: Bugun yo‘nalish tanlash uchun oxirgi kun!

Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi


Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.

Abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.

Avvalroq tanlov qilgan abituriyentlar bugun, 10-avgust kuni tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar_o'qishini_ko'chirish_bo'yicha_ijodiy_imtihonlar_jadvali.pdf
671.5 KB
#Qabul2024
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon

👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalar o'qishini ko'chirish bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish jadvali

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👇⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Abituriyentlar 2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e'lon qilingandan so‘ng uni shaxsiy kabinetlari orqali bilish bilan birgalikda, 5100 raqamiga ID raqamini jo‘natib ham aniqlashlari mumkin.

❇️ Abituriyentlarda natijalarni kutmasdan ham hozirdan 5100 raqamiga SMS so‘rovini yuborish imkoniyati mavjud. Bunda abituriyentga natijalar e'lon qilingandan so‘ng SMS-xabarnoma (xizmat pulli, bitta SMS narxi 3 000 so‘m) keladi. 

👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👇Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from CHDPU | Rasmiy kanal
#Qabul24 #Abituriyent #Call_Center

Chirchiq davlat pedagogika universiteti qabul komissiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda

Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Call-center” telefon raqami:
+998702010214


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy_va_nodavlat_OTMlardan_o‘qishni_ko‘chirish_bo‘yicha_kasbiy.pdf
2.5 MB
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari

🔘 Ta’lim yo‘nalishi: 60112260 - Jismoniy madaniayt (kunduzgi)

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy_va_nodavlat_OTMlardan_o‘qishni_ko‘chirish_bo‘yicha_kasbiy.pdf
6.6 MB
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari

🔘 60112260 - Jismoniy madaniayt (sirtqi)

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admissionik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM