CHDPU | Rasmiy kanal
10.4K subscribers
9.73K photos
1.55K videos
571 files
4.8K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Talabalar shaharchasida psixologik trening o‘tkazildi
#psixolog
#talaba_manfaati

Universitet psixologi Saodat Gayupova ishtirokida talabalar ruhiyatini tetiklashtirishga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi.

CHDPU psixologi va Psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan talabalarning imtihon jarayonida zo‘riqishlari, stressli vaziyatlar bilan bog‘liq holatlarda o‘zini tutishi va muomala madaniyatini shakllantirish, o‘qituvchilar bilan nizoli holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha fikr almashdilar.

Saodat Gayupova talabalarga yotoqxonada sog‘lom, pozitiv muhitni shakllantirish yo‘llari haqida qiziqarli ma’lumotlar yordamida maslahat berdi. Talabalar “Kun davomida vaqtni qanday taqsimlash kerak?” degan savollarga psixolog bilan birgalikda javob topishdi.

Trening yakunida malakali psixolog talabalar ishtirokida neyro chiziqlarni chizish mashg‘ulotini o‘tkazdi. Talabalar neyrografika chizish orqali o‘z xarakterini tahlil qilib, kelajagi uchun kerakli va zarur yo‘nalishlarni belgilab oldi.

– Treningdan katta taassurot oldim, – deydi tadbir ishtirokchisi. – Bunday qiziqarli treninglar har bir talaba uchun foydali deb o‘ylayman. Neyrografika chizish davomida qaror qabul qilish va muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun kerakli yo‘nalishlarni belgilab oldim.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Altruistik xulq-atvor doirasida trening o‘tkazildi
#psixolog
#talaba_manfaati

ChDPU Talabalar shaharchasida dam olish kunlari talabalar o’rtasida ijobiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida psixologik trening bo‘lib o‘tdi.

Universtet psixologi Saodat Gayupova va "Psixologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida tashkil etilgan trening jamoada ruhiy salomatlikni mustahkamlash, talabalarni charchoq va stresslardan chiqargan holda jamoaviy birlikni yanada mustahkamlash, “altruistik xulq-atvor” haqida ma’lumot berish maqsadiga qaratilgan.

Treningda talabalar o’rtasida ijobiy va samimiy muhit yaratish maqsadida bir qancha enerjayzer o’yinlar tashkil etildi. Bular “Molekula”, “Bog’dagi gullar” deb nomlangan bo'lib, talabalarga quvnoq kayfiyat bag'ishladi.

Treningda talabalar jamoaga birikkan holda umumiy bir maqsad ostida, ya’ni, turli ruhiy tushkunlik - stressdan chiqish usullarini tasvirlab berishi va o‘zaro fikr almashib bir-biriga o‘xshamagan tavsiyalar berishi lozim edi. Ushbu jarayonda “Donor” psixologik o‘yinidan foydalanildi. Mazkur o’yin talabalarda altruistik xulq-atvor mavjud yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan bo’lib, ulardagi optimal qaror qabul qilish ko’nikmasini shakllantirishga qaratilgan edi.

"Agar siz dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilishni boshlang. G‘azablangan va hasad qiladigan va umuman har doim ham sizga o‘zingiz xohlagan tarzda munosabatda bo‘lmaydigan odamlarni sevish — bu aynan altruistik fazilatlarni tarbiyalashdir", - deb tavsiya qildi ishtirokchi psixologlar.

Ta’kidlash kerak, bunday treninglar jamoada ish unumdorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM