CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.94K photos
1.33K videos
569 files
4.51K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyg‘onish adabiyotiga bag'ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
#kafedra_tashabbusi
#Ilmiy_seminar

O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi ilmiy-tadqiqot salohiyatini yuksaltirish, kafedra magisrantlarining tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va tadqiqot faoliyatini kengaytirish maqsadida O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotida muvashshahchilikni o‘rganishning dolzarb muammolari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Til, adabiyot va folklor instituti va Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi ilmiy xodimlari, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab moderatorlik va ma’ruzachilik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida seminarni o‘tkazish jarayoniga yosh olimlar – O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi doktorantlari va magistrantlarining ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

Seminar ishi kafedra o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Arofat Muydinovaning “O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotida muvashshahchilik: an’ana va individuallik” mavzusidagi ma’ruzasi muhokamasiga bag‘ishlandi. Ma’ruzachi muvashshah she’riy asarlar genezisi va taraqqiyot bosqichlari, muvashshahning tarixiy ildizlari haqida ma’lumot berdi.

Ilmiy seminar uyg‘onish adabiyoti sohasidagi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqot o‘tkazish metodlari va ularni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashish uchun qulay imkoniyat yaratib berdi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tumanlarda MTM rahbarlari va ota-onalar ishtirokida treninglar o‘tkazilmoqda
#kafedra_tashabbusi
#PTIK
Toshkent viloyati tumanlarida "Bolani muvaffaqiyatli shaxs qilib tarbiyalashda ota-onalar bilan hamkorlikning o‘rni va ahamiyati" mavzusida treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Unda MTM mudiralari, tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar ishtrok etishdi.

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan treninglarda "Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashda ota-onalar hamkorligi" mavzusida qiziqarli mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, eng zakovatli va IQ darajasi yuqori bolalar tarbiyalashda tarbiyachi va ota-onalarga yuklanadigan vazifalar haqida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashishdi.

“Biz bolalarni iqtidorli ekanidan faxrlansak-da, u ko‘p mehnat qilishi va iste’dodli bo‘lsa ham ehtiyotkor bo‘lishi kerakligini ta’kidlaymiz. Va ular ota-onalar ko‘magida o‘z qiziqish yo‘lini tanlashini xohlaymiz. Ota-ona va bog‘cha hamkorligi bolaga o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch bag'ishlaydi. Tevarak-atrofdagi voqeiliklarga ongli munosabat bildirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishi mumkin”, – deydi Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Lola Narimbayeva.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kafedra_tashabbusi #CHDPU_strategiyasi
Lingvistika va ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi "Bo'lajak ingliz tili o'qituvchisi - talaba nigohida" nomli individual yondashuvga asoslangan ilmiy-amaliy ko‘rgazmali seminar o'tkazdi.
Tashkil etilgan ushbu ilmiy-amaliy ko‘rgazmali seminar ingliz tilini o’qitish metodikasi misolida barcha ta’lim yo’nalishlarida mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish uslublarini tadbiq etishga mo‘ljallangan.

👉 Batafsil saytda

Ko‘rgazmali seminar foto lavhalarda

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadqiqot + tijorat — menejer talabalar debati tashkil etildi
#kafedra_tashabbusi
#qaror #ijro

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida Maktab menejmenti kafedrasi qoshida tashkil etilgan "O‘qituvchi-tadbirkor" loyihasi faollari bilan debat o‘tkazildi. Bo‘lajak menejerlar bahsida nufuzli tadbirkorlar qatnashdi.

Tadbirkorlar Ibrohim Tursunov, Davron Risqulov va Aziz Farmonovlar bo‘lajak ta’lim menedjerlariga xavf-xatarlarni xolis baholash, boshlang‘ich mablag‘lari hisobiga biznesni qurish, moliyaviy ko‘maklar, innovatsion boshqarish yuzasidan fikr berdi. O‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Talabalar o‘rtasida o‘zaro fikr va tajriba almashishni ta’minlash hamda menejment yo‘nalishida ta’lim olayotgan yoshlarda liderlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan "O‘qituvchi-tadbirkor" loyihasi yetakchilarining hisobotlari tinglandi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Psixologik treninglardan ham ko‘proq foyda beruvchi fotosuratlar
#kafedra_tashabbusi

Psixologiya kafedrasida «Inson hayotida fototerapiyaning o‘rni» mavzusida psixologik trening tashkil etdi. Treningga Buyuk Britaniyalik eshitishda nuqsoni bor fotorassom Stefen Iliff va “Deaf Mosaic” tashkilotining asoschisi, O‘zbekistonlik fotorassom Husniddin Ato tashrif buyurdi.

Treningda Britaniyalik fotorassom fotografiya sohasidagi tajribalari, sohaning sir asrorlari, eshitishda nuqsonli shaxs sifatida jamiyatga moslashuv kabi fikr va mulohalarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, psixologik trening davomida ishtirokchilar bilan amaliy mashg’ulotlar va uning natijalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Stefen Iliff ta’kidlashicha, “Jamiyatning qo’llab quvvatlovi va ko’magi orqali eshitishda nuqsoni bo’lganlar sog’lom insonlardek barcha orzulariga yetishishlari mumkin”.

Psixologik treningda jamiyatimiz a’zolari orasidan iqtidorlarni izlash va kashf etishga hamda ularning fotografiyadagi ijodini qo'llab-quvvatlashga bag'ishlandi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHDPU sahnasida "Hamlet" asari ingliz tilida namoyish etildi
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati #kreativ_pedagog

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro ekspertlar ishtirokida "Hamlet" sahna asari namoyishi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun ChDPU sahnasida universitet talabalari talqinidagi «Hamlet» spektakli namoyish etildi. Buyuk dramaturg Uilyam Shekspir asari "Kreativ pedagog - talaba nigohida" ilmiy-amaliy yondashuv doirasida tashkil etildi.

1 soatu 25 daqiqa davom etgan teatr tomoshasi ingliz tilida namoyish qilindi. Dunyo dramaturgiyasining shoh asarlaridan biri sifatida tan olingan pesadagi 23 dan oshiq rol 19 nafar talaba tomonidan ijro etildi. Xususan, Hamlet rolini Abbos Memetov, Ofeliya rolini Sevinch Mirzaxanova, Klavdiy rolini Janbolat Abduxaliqov, Arvoh rolini Georgiy Adayev, Gertruda rolini Gulasal Tojiquziyeva, Laert rolini Artur Massarovlar o‘ynadi. Pesani sahnalashtirishda 10 dan ortiq mutaxassis hamda Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari qatnashgan.

«Avval-boshda asar ingliz tilida qo‘yilayotganligi bugun ko‘pchilikning yodidan ham chiqib ketdi. Talabalarning aktyorlik mahorati va ingliz madaniyati mukammal o‘zlashtirganligidan mamnunman.Til bilan bog‘liq to‘siqlar hamda jug‘rofiy chegaralarga qaramay, Shekspir asari, umuman, teatr san’ati vositasida talabalarning nutq qobiliyatini mukammalligini ko‘rdim va quvondim. Universitetingizda xalqlar o‘rtasidagi samimiy va oshkora muloqotni kuchayib borayotganligini his qildim», — deydi ingliz eksperti Lyusi Fenton.

Sahna asari namoyishidan ko‘zlangan g‘oya va bosh maqsad — talabalarning til kompetensiyasi, o‘zga tillarda kreativ fikrlash salohiyati, nutq qobiliyatini rivojlantirishga qaratildi.

"Hamlet" spektakli foto lavhalaridan zavqlaning!

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Lola Narimbayeva: Bolalar - klasterning lokomotivi sanaladi
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi

Yurtimizda bolalarni himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Universitet, oila, bog‘cha hamkorligi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash hamda milliy qadriyat va urf-odatlarni yosh avlod ongiga singdirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish, qiziqishlari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish, sportga jalb qilish kabi masalalarga ham ChDPUda kafedralar timsolida alohida e'tibor qaratgan.

Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedra jamoasi Chirchiq shahridagi qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan innovatsion metod, innovatsion texnologiyani joriy etish doirasida hamkorliklarni yo‘lga qo‘ygan. Kafedra ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nogironligi bor bolalarni rivojlanish xaritasini yaratish va yuritish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Kuni kecha kafedra Chirchiq shahrida joylashgan 30-maxsus bog‘cha va 33-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirda qatnashdi. U yerda yuzga yaqin bolajonlarga maxsus sovg‘alar hamda shirinliklar ulashildi. Shu bilan birga, iqtidorli talabalari ishtirokida ertak qahramonlarining chiqishlari namoyish etildi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar uchun kichik loyihalar nimasi bilan foydali?!
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi

Ilmiy va metodologik kimyo kafedrasi talabalarining mustaqil ta’lim topshiriqlari va kichik loyihalarni o‘zlashtirish ko‘nikmalari yuzasidan bilimlari sinovdan o’tkazdi. Kafedra talabalar o‘rtasida kichik kimyoviy loyihalar tanlovini o‘tkazdi.

Unda talabalarning g‘oyalari va bir o‘quv semestri davomida berilgan mustaqil ta’lim topshiriqlarini to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarganligi, fanga oid bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi baholandi.

«Loyiha faoliyatining maqsadi talabalarni o'qitishda nazariyani amaliyot bilan birlashtirish edi. Bu faoliyat talabalarning  kimyo fanidan olgan bilimlari asosida turli kuzatishlar va tadqiqot tajribalari orqali tashkil etildi. Mustaqil ta'limni 2 xil: induvidual videodars shaklida va guruhda loyiha shaklida bajarish yōlga qōyilgan. Xalqaro darajadagi pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida talabalarning loyihalari  o‘zga tillarda qabul qilindi», — deydi. Ilmiy va metodologik kimyo kafedradi mudiri dotsent Murod Jo'rayev.

Tanlov asosida tashkil etilgan ilmiy tadbir talabalarning mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining rejasini amalga oshirishni shakllantirish maqsadiga qaratildi.

G‘olib talabalar Fizika va kimyo fakulteti rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi metodik seminar: munozara va mulohazalar
#kafedra_tashabbusi #CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati #kreativ_pedagog

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan boshlang‘ich ta’limda pedagogik qadriyatlarni diagnostikalash maqsadida "Qadriyatdan pedagogik qadriyat sari" shiori ostida "Kreativ pedagog - talaba nigohida" ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar uch avlod vakillari: "Yuksalish maktabi" o‘quvchilari, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida jamoada ishlash qobiliyatini hamda pedagogik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan treninglar asosida tashkil etildi.

Milliy va xorijiy metodik tajribalar uyg‘unligida tashkil tashkil etilgan seminar moderator-talabalarning qizg‘in faolligida: bahs-munozaralar, ta’limiy tortushuvlar, metodik izlanishlari namoyish etildi. Ekspert va ishtirokchi professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilgan ta’lim metodlarini nazariy jihatdan mukammal bo‘lsada, ularni amaliy qo‘llash borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi xususida fikrlar bildirildi.

Pedagogik qadriyatlar boʻyicha yetakchi ekspert, professor Muhammadjon Quronov (ekspert): "Universitet tashkil etilganidan buyon yangi pedagogik innovatsiyalar, yangiliklarning guvohi boʻlganim sabab ChDPUga kelgim keladi. Tashkil etilgan seminar talabalarning oʻquvchilar bilan ishlay olishi, oʻquvchilarning ishtiyoqmand ekanligini koʻrib, universitet rahbari va jamoasi toʻgʻri strategik yoʻlni belgilab olgani va respublika boʻyicha namuna boʻlib kelayotgan pedagogika oliy taʼlim muassasalaridan biri ekanligiga bugungi seminar jarayonlarida guvohi boʻldim".

Seminar yakunida xalqaro darajadagi pedagog kadrlarni tayyorlash strategiyasi doirasida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan "Kelinlar qo‘zg‘oloni" spektakli ingliz tilida namoyish etildi.

Metodik seminar "Yuksalish maktabi"ning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.
Seminardan fotoreportaj.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM