CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.98K photos
1.34K videos
569 files
4.52K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
​​#Munosabat

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахбороти

Телеграм тармоғидаги айрим каналларда олий таълим тизимида энг яхши вазир ўринбосари, энг яхши ректорларни аниқлаш бўйича ўтказилаётган сўровномалар вазирликка алоқадор эмаслигини маълум қиламиз.

Олий ва ўрта махсус таълим тизимига оид жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида вазирлик томонидан турли ижтимоий сўровномалар ўтказиб келинади ҳамда бу ҳақда вазирликнинг расмий веб-сайти, ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари ва бошқа ОАВ орқали ахборот бериб борилади.

Вазирлик соҳага оид долзарб мавзуларни ёритишда барча ОАВлар билан ижодий ҳамкорлик қилишга тайёр ва бу борадаги ташаббусларни тўла қўллаб-қувватлайди.

Шу билан бирга ижтимоий тармоқларда айрим саҳифа ва телеграм каналларида вазирлик номидан оммани чалғитувчи нотўғри маълумот тарқатаётганлар фаолиятига ҳуқуқий баҳо берилишини эслатиб ўтади.

ОЎМТВ Ахборот хизмати

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
#Munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan "Tadbirga ishtirok etmasang nima qilasan o'qishga kirib — ChDPIda tyutor tadbirga kirmagan guruh starostalariga tanbeh berdi" sarlavhali maqolaga munosabat

🏢 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining Turizm fakulteti talabalari uchun “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi o’tkazish an’ana tusiga kirgan.

Ushbu tanlov fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, tanlovda talabalarni xabardor qilish telegram gruppasi orqali amalga oshirilgan.

Ko‘rik-tanlovda fakultetning barcha guruhlaridan talabalar ishtirok etgan. Faqat 3-kurs talabalarining faolligi kuzatilmagan. Bu holat kurs tyutori S.Saparovga ta'sir ko'rsatgan. Natijada guruh yetakchilariga (haqoratli so'zlarni ishlatmagan holda) axborot yozgan.

Ushbu holat institutning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori B.E.Husanov, Bosh tyutor D.Isroilova, Turizm fakulteti dekani I.Mahmudov ishtirokida muhokama qilindi va tyutor S.Saparovning munosabati talabalar o'rtasida bir-biriga hurmatsizlik holatini keltirib chiqarishi tushuntirildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi

➡️ @Tvchdpi2017
​​#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2-bosqich magistratura talabalari tomonidan bu yilgi oʻquv jarayoni uchun amalga oshiriladigan toʻlov shartnoma pullari borasida tushunmovchiliklarga asoslangan xabarlar tarqalmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi holatni quyidagicha izohlaydi.

Prezidentimizning 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son va 2022-yil 15-iyundagi PQ–279-son qarorlarida davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinganlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi koʻrsatilgan.

Ularga koʻra, magistratura (klinik ordinatura)ga oʻtgan oʻquv yilida qoʻshimcha qabul qilingan talabalar belgilangan toʻlov-kontrakt summasini shartnomaga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida ham shu miqdorda toʻlashlari lozim.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi toʻlov miqdori notoʻgʻri, yaʼni oshirilgan yoki tabaqalashtirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu toʻlov miqdori oshirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi.

Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan talabalar va ularning yaqinlaridan toʻlovlar borasida savol tugʻilganda rasmiy manbalarga tayanishlari, asossiz xabarlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaatiga Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy-pedagogik jamoasining MUNOSABATI
#munosabat

Insonni taraqqiy ettirish, shaxsni har tomonlama kamol toptirish va jamiyatni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lgan makonda ma’naviy tarbiyaga ehtiyoj mavjud bo‘ladi. Yangi ma’naviy makonda barkamol insonni tarbiyalash birdan sodir etilmaydi, o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Bu jarayon bilim, ko‘nikma, tajriba asosida bosqichma-bosqich amalga oshadi.
Batafsil: https://teletype.in/@chdpuoffical/apu5PEhW82R


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #отношение #attitude
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman #munosabat
Katarina Dyuk - Leibniz nemis tili instituti ilmiy xodimi, "Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiya ishtirokchisi


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#Munosabat

👍 “Jamiyat” gazetasining 2025 yil 9 yanvardagi yil hisobidan 1-sonida Umid Xo‘jamqulovning “Buyuk muvozanat yoxud taraqqiyot falsafasi haqida mulohazalar” nomli maqolasi chop etilgan edi.

👊 Maqola gazetxonlar va ilmiy jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Turli soha vakillari maqola va unda ilgari surilgan mulohazalar xususida o‘z fikr-qarashlarini bildirishdi. Biz ularni jamlab, yaxlit holatda berishga qaror qildik. Zero, ushbu bildirilgan fikrlar maqoladagi mulohazalarni davom ettiradi va to‘ldiradi.

Batafsil o'qish: https://online.pubhtml5.com/czsxb/iaah/

✏️ Munosabatlarni o'qib chiqib siz ham albatta, o'z munosbatingizni bildirib, izoh yozing! Balki, keyingi e'lon qilinadigan munosabat sizniki bo'lishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nashr
#Munosabat
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi, Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning «Ta’lim ziyosi» gazetasi haqida va universitet jamoasiga tilaklari

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM