CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.79K photos
1.31K videos
569 files
4.46K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
ChDPU talabalari uchun ko‘makchilar tanlanayapti
#tanlov

Hukumatning tegishli qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha guruh murabbiyi instituti bekor qilinib, uning o‘rniga 1−3-kurs talabalari uchun tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgandi. Qisqa muddat ichida bu amaliyot talabalar hayotiga singdi.
Tyutor — talaba uchun ko‘makchi. Tyutorlar talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi va ularga mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam beradi.

Ayni vaqtda, CHDPUda tyutorlik lavozimiga xujjat topshirgan 149 nafar nomzodlarni saralash jarayoni ketmoqda. Universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Baxodir Xusanov yetakchiligidagi ishchi guruh nomzodlar bilan suhbatlashib, munosiblari tavsiya qilinmoqda.

Eslatma: ChDPUda rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chirchiq davlat pedagogika universitetida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda tyutorlar asosiy faoliyat yo‘nalishlari, huquq va majburiyatlari, maqsad va vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Nizomga ko‘ra, tyutorlarning asosiy maqsadi — ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

Qadrli talaba Siz kimning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardingiz? Izohlarda fikrlaringizni kutamiz!

@tvchdpi2017
#tanlov
“Biz bilan sayyohat qil” turistik videoroliklar tanlovini e’lon qiladi

Turizm fakulteti rahbariyati “Xalqaro turizm kuni” (World Tourism Day) doirasida talabalar o‘rtasida “Biz bilan sayyohat qil” mavzusida turistik videoroliklar tanlovini e’lon qiladi

Tanlovning asosiy maqsadi ChDPU yoshlari o‘rtasida turizm savodxonligini oshirish, yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyati, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib etish, media mahsulotlarning keng tarqalgan turi – videoroliklar yordamida yurtimizning turizm salohiyati to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish tartibi:
👉 2023-yil 26-sentabr “Biz bilan sayyohat qil” mavzusida 3 daqiqagacha bo‘lgan informativ videorolik suratga olish.
👉 Ushbu havola orqali videorolikni yuborish yoki shaxsan elektron xotirada Turizm fakulteti dekanatiga olib kelib berishlari mumkin.
👉 Eng yaxshi ijodiy ishlar Turizm fakultet rahbariyatining pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:

1 o‘rin – 500 ming so‘m
2 o‘rin – 300 ming so‘m
3 o‘rin – 200 ming so‘m

Sizdan ijodiy ishlarni kutib qolamiz!

Bizni kuzating: 📌
https://t.iss.one/tvchdpi2017
#TANLOV

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
🟢Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🔖 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

👉Tanlovning fakultet bosqichi 6-10-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning birinchi turi (fakultet bosqichi) da ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar o'zlari tahsil olayotgan fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifalari:
🔗https://t.iss.one/tvchdpi2017
“Ma’rifat maydoni” ko’rik tanlovi g’oliblari aniqlandi

15-dekabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalari o’rtasida “Ma‘rifat maydoni” ko’rik tanlovi oʻtkazildi. Tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad talabalarnig bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli yoshlarni namoyon etish, san’atga bo’lgan qiziqishini oshirish va jamiyatda yoshlar o’rtasidagi turli salbiy illatlarga talaba va yoshlarning fikr va mulohazalarini bilish va sahna ko’rinishlari orqali keng jamoatchilikka namoyon etishdan iborat. Tanlov davomida talaba-yoshlar 3 ta shart bo’yicha bellashdilar. Tanlov qiziqarli sahna ko’rinishlariga boy bo’ldi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’rinni “Hurriyat” jamoasi (Gumanitar fanlar fakulteti), 2-o’rinni “Taraqqiyot” jamoasi (Pedagogika fakulteti) va 3-o’rinni “Mehr nuri” jamoasi (Matematika va informatika fakulteti) qoʻlga kiritdi.
“Hurriyat” jamoasiga hududiy bosqichda omad tilaymiz.

Tanlovdan fotoreportaj

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tanlov #конкурс #сontest
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Deputatlar Minbari
#TANLOV🎗🎗

Chirchiq davlat pedagogika universitetida

❗️Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Sohibqiron Amir Temurning O'zbekiston tarixida tutgan o'rni" nomli maqola, tezis va videorolik tanlovini e’lon qilamiz.
Tanlov uchun matreallarni 5-aprelgacha qabul qilinadi.

🗞Komissiya a'zolari tomonidan eng yaxshi deb topilgan 3 ta maqola va videoroliklarga estalik sovg‘alar topshiriladi.

⚡️ G‘oliblar munosib taqdirlanadilar.

🌟Ma'naviy-ma'rifiy tadbir va tanlovlar 8-aprel kuni  Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakultetida o‘tkaziladi. G'oliblarga estalik sovg'alar topshiriladi.

📌 Barchangizni ushbu tanlovlarda kutib qolamiz!

📥 Murojaat uchun:
@E_S_P_A_D_A

@CHDPU_Sohibqiron_haftaligi
“Best Essay Writer” - Ingliz tilida insholar tanlovi e’lon qilinadi
#talaba_manfaati #CHDPU_tanlov 

🌏Havola orqali tanlov shartlari bilan to‘liq tanishib chiqing va ishtirok eting 🔵 https://teletype.in/@chdpuoffical/Ew_bwuidKWj

Ha aytgancha, mazkur tanlovda "Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)", "Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ingliz tili", Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili" ta'lim yo'nalishlari talabalari ishtirok eta olmaydilar.

🔵🎬📷🚀 @tvchdpi2017 #tanlov #конкурс #сontest
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ilhom G‘aniyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Talaba internet tanlovi» . CHDPUning eng yaxshi IT-mutaxassislari e’lon qilindi
#talaba_manfaati
#CHDPU_strategiyasi

13-may kuni Matematika va informatika fakulteti tashabbusi bilan «Talaba internet tanlovi» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlov Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari orasidan eng yaxshi IT-mutaxassislarini aniqlash imkoniyatini berdi.

Tashkilotchilar tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tanlovga jami 31 anketa kelib tushgan. Shunday qilib, tanlovning 3 nominatsiyasi bo‘yicha 9 g‘olib aniqlandi.

"Eng yangi Veb-sayt” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin — Xasanova Mohichexra Farxod qizi (Matematika va informatika fakulteti)
2-o‘rin — Qurbonqulova Saodat Burxon qizi (Matematika va informatika fakulteti)
3-o‘rin — Urmanov Chingiz Mayxan o‘g‘li (Matematika va informatika fakulteti)

"Telegram-bot yaratish” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin — Jo‘raev Firdavs Umid o‘g‘li (Matematika va informatika fakulteti)
2-o‘rin — Jabborov Jahongir (Matematika va informatika fakulteti)
3-o‘rin — Mirislomov Mirdavlat Miraziz o‘g‘li (Tabiiy fanlar fakulteti)

"Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish (SMM)” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin — Salimov Islombek Istam o‘g‘li (Turizm fakulteti)
2-o‘rin — Inomjonov Naimjon Alimjon o‘g‘li (Matematika va informatika fakulteti)
3-o‘rin — Urmanov Chingiz Mayxan o‘g‘li (Matematika va informatika fakulteti)

«Aslida, IT — bu juda ijodiy kasb, menimcha, unda ilmini oshirayotgan har qanday talaba uchun uning loyihasi rivojlanishi, qo‘llab-quvvatlanishi, universitet darajasida taqdim etilishi eng katta mukofot bo‘ladi. Agar ChDPU jamoasi yaratgan dasturimdan foydalansa, bu eng katta sharafdir», — deydi tanlov ishtirokchisi Jahongir Jabborov.

👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #tanlov #конкурс #competition
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Stipendiya
#Tanlov_boshlandi

⚡️Diqqat! Prezident va nomli Davlat stipendiyalariga
tanlov boshlandi⚡️

Universitet rektorining tegishli buyrugʻiga asosan, O'zbekiston tarixi hamda chet tillari (ingliz va nemis) bo'yicha sinov imtihonlari joriy yilning 10-iyul kuni tashkil etiladi. Sinov imtihonlari suhbat asosida bo'lib o'tishini maʼlum qilamiz.

Oʻz nomzodingiz haqidagi maʼlumotlarni 4-iyulga qadar dekanatingiz va fakultet iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻyicha masʼullarga yetkazing.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi
@CHDPU_iqtidorli_talabalari
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ichki_stipendiya
#Tanlov_boshlandi

⚡️Diqqat! Chirchiq davlat pedagogika universitetida ichki stipendiyalar tanlovi boshlandi⚡️

Universitet rektorining tegishli buyrugʻiga asosan, Chirchiq davlat pedagogika universitetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ta’sis qilingan stipendiyalar tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi 4 ta nomdagi stipendiya ta’sis etildi:
- “Iqtidor stipendiyasi” (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun);
- “Tamaddun stipendiyasi” (pedagogika va gumanitar fanlar yo‘nalishi uchun);
- “Bunyodkor stipendiyasi” (filologiya fanlari yo‘nalishi uchun);
- “E’tirof stipendiyasi” (amaliy fanlar va turizm yo‘nalishi uchun).

Batafsil Nizom bilan tanishing.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi
@CHDPU_iqtidorli_talabalari
#Stipendiya
#Tanlov_boshlandi

⚡️Xalqaro ta'lim stipendiyasi sohibi bo‘lishni va Germaniyada ta’lim olishni istaysizmi?! Nemis tili kafedrasi tashabbusi va tanlovida ishtirok eting

Batafsil: https://t.iss.one/chdpu_iqtidorli_talabalari/186


👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #tanlov #конкурс #competition
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yil talabasi-2024”
#tanlov_boshlandi

Tanlovda Universitetda uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”;
2. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”;
3. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
4. “Yilning eng faol sportchi talabasi”;
5. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
6. “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
7. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”(xotin-qizlar uchun).

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qiling!

👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #tanlov #конкурс #competition
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM