CHDPU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
8.75K photos
1.31K videos
569 files
4.45K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
​​#konferensiya #milliy

"MILLIY TA’LIM DASTURIGA OID QONUNCHILIK – YOSHLAR NIGOHIDA" MINTAQAVIY YOSHLAR KONFERENSIYASI

🗓 7-9 – fevral, 2020
📍 Namangan, O'zbekiston

Milliy ta’lim dasturiga oid qonunchilik – yoshlar nigohida
2020 yil 7-9 fevral kunlari Namangan viloyati, Namangan shahrida “Milliy ta’lim dasturiga oid qonunchilik – yoshlar nigohida” g‘oyasi asosida 200 nafar yoshlarni birlashtirishga qaratilgan mintaqaviy yoshlar konferensiya quyidagi yo‘nalishlar asosida tashkil etiladi.

Ta’lim to‘g‘risidagi muqobil kodeks loyihasini ishlab chiqish (100 nafar) jarayonida ishtirok etgan delegatlar normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish oldi jarayonlarini tashkiliy jihatidan amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi singari faoliyat olib borishadi. Ta’limga oid qonun va qonunosti hujjatlarini tahlil qilish, yagona kodeks holatida joriy etishga mo‘ljallangan muqobil loyihani ishlab chiqadi;

Ta’limga oid innovatsion g‘oyalar, texnologiya va kashfiyotlar (50 nafar) jarayonida talaba-yoshlarlarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, o‘z natijalarini asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim tizimini shakllantirishda innovatsion g‘oyalar, takrorlanmas andozalari tayyorlanadi;

Ta’limda – yoshlar jamoatchilik kengashlari faoliyati (50 nafar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyun kungi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qaroridan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlovchi xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takliflar ishlab chiqish, amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qiladi.

2020 yil 7-9 fevral kunlari Namangan viloyati, Namangan shahrida “Milliy ta’lim dasturiga oid qonunchilik – yoshlar nigohida” g‘oyasi asosida 200 nafar yoshlarni birlashtirishga qaratilgan mintaqaviy yoshlar konferetsiyasida ishtirok etish tartibi quyidagicha:

quyidagi keltirilgan telefon raqami bilan bog‘lanish;
shaxsiy ma’lumotlarni tashkiliy qo‘mitaga yuborish;
konferensiyada ishtirok etish yo‘nalishini tanlash;
160 000 (bir yuz oltmish ming) so‘m💰 to‘lovni amalga oshirish;
to‘lov amalga oshirilganligi ma’lumotini tashkiliy qo‘mitaga yuborish.

Murojaat va ma’lumot uchun: 📞Nurmuxammad Raximbaev +99899 977 17 95
Plastik karta raqami: 💳8600 1309 1232 3849
Batafsil ma'lumot: @RYCNamangan2020

🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#Tanlov
#Milliy_tiklanish_partiyasi
#Ijtimoiy_siyosiy_gazetasi

📣 DIQQAT! TANLOV!

O'zbekiston "
Milliy Tiklanish" demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy nashri bo'lmish "Milliy tiklanish" gazetasi
"OMADLI YOSH GAZETXON"
tanlovini e'lon qiladi.


Tanlovdan maqsadi:
Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni rivojlantirish hamda ularni qo'llab-quvvatlash va mutolaa madaniyatini keng targ'ib qilish.

Tanlov shartlari:
"Milliy tiklanish" gazetasini mutolaa qilib boring va gazetaning 7-8-sahifalaridagi kuponni to'ldirib, tahririyatga yuboring!

Manzil:
📮Kuponlarni pochtadan
yoki rasmga olgan holda telegram tarmog'i orqali +998994032274
raqamiga ham yuborishingiz mumkin.

Eslatma:
(Telegram tarmog'i orqali rasmga olib yuborilgan kuponlarning asl nusxasini saqlab qo'yishni unutmang).

Tanlov mukofotlari:

2 ta kupon uchun - klassik yozuvchilarimizning 50 ta kitobini

4 ta kupon uchun - Alisher Navoiy ensiklopediyasi va Tohir Malik asarlari to'plamini

5 ta kupon yuborganingiz uchun esa 1 (bir) yillik talabalik to'lov shartnomasi (kontrakt) puliga ega bo'lishingiz mumkin!!!


G'oliblarni aniqlash:

Tanlov g'oliblari ishtirokchilar orasidan o'zlari va OAV vakillari guvohligida aniqlanadi.


Batafsil ma'lumot:
@PKS_Uzbekistan 👈🇺🇿

Namuna: 👇👇👇👇👇

"OMADLI YOSH GAZETXON" TANLOVI – Telegraph
https://telegra.ph/OMADLI-YOSH-GAZETXON-TANLOVI-01-23

Eveything is for goodness

@PKS_NUKUS
#vakansiya #milliy

Siz nemis tilini C1 darajada bilasiz va bo'sh vaqtingizda dars bermoqchimisiz?

Unday bo'lsa bu taklif aynan siz uchun!

Tayyor guruhlari bilan, ajoyib atmosfera hukm suradigan mashhur o'quv markazlaridan biri (nomi hozircha sir😉) Sizni ishga taklif qiladi!

Barcha savollar bo'yicha
@umidjon_karimberdiyev ga murojaat qilishingiz mumkin.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang🤗!

🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#maktab #milliy

​​“Дарё” ёш журналистлар мактабига қабул эълон қилади

“Дарё” қошида ёш журналистлар мактаби иш бошлайди. Ушбу мактабнинг биринчи битирувчилари қаторида бўлишни истайсизми? “Дарё” жамоасига қўшилишни-чи? Унда “Дарё” мактабига ҳужжат топширинг.

“Дарё” мактаби раҳбари – таниқли блогер, “Дарё” муҳаррири Эльдар Асанов. Шунингдек, “Дарё”нинг бошқа тажрибали ходимлари ҳамда таклиф қилинган маърузачилар – машҳур блогер ва журналистлар дарс ўтади.

Мактабга кимлар қабул қилинади?

- бакалавриатнинг охирги курсларида ўқийдиган талабалар;

- магистрантлар;

- ўқишни битирган, ўз йўлини қидираётган ёш мутахассислар.

“Дарё” мактабида ўқиш учун журналист бўлиш шартми?

Йўқ!

Асосий талаб – ёзишга, профессионал журналистик фаолият олиб боришга хоҳиш, маълум мавзуга, йўналишга қизиқиш. Қолганини ўзимиз ўргатамиз.

Сиёсатшунослик, иқтисодиёт, ҳуқуқшунослик, социология ва бошқа соҳалар бўйича ёш мутахассисларни бажонудил ўқишга қабул қиламиз.

“Дарё” мактаби тингловчисининг тахминий портрети

- 19 – 27 ёш орасидаги йигит ёки қиз;

- қайси соҳада ўқиши, қайси йўналишни битирганидан қатъи назар, профессионал журналист бўлиш хоҳиши;

- муайян мавзуга қизиқиш: иқтисодиёт, ташқи сиёсат, спорт, юриспруденция, маданият ва ҳоказо.

“Дарё” мактаби тингловчисига айланиш учун нима қилиш керак?

Ҳужжат топшириш!

Ниятингиз қатъий бўлса, “Дарё”га қуйидаги ҳужжатларни юборинг:

- CV ёки объективка;

- ўзингиз ёзган 2–6 бет матн (чоп этилган ёки чоп этилмаган);

- мотивацион хат; унда нега “Дарё” мактабига қизиқаётганингиз, “Дарё”га нима бера олишингиз, келажакдаги режаларингиз, шунингдек, қизиққан йўналишингиз (сиёсат, иқтисодиёт ва ҳ.к.) ва жанрингиз (хабар, суриштирув, аналитика, интервью, сторителлинг ва ҳ.к.) аниқ кўрсатилиши лозим.

Барча ҳужжатлар электрон файл ҳолида битта хатга илова тарзида [email protected] манзилига юборилиши лозим. Ҳужжатлар 20 февралгача қабул қилинади. Танловдан ўтганлар электрон манзилига 29 февралга қадар табрик хати ва кейинги ҳаракатлар инструкцияси юборилади.

“Дарё” мактабида ўқиш бепул. Энг иқтидорли тингловчилар “Дарё”да ишга жойлашиш имкониятига эга бўлади.

#AsanovEldar
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#klub #milliy

Hurmatli kanal a’zojonlari!

Alimoff Team safiga qo‘shilish uchun ajoyib imkoniyat bor! Biz jamoa bilan yana bir juda qiziqarli va kerakli kitob tarjimasini boshladik. Ingliz tilini yaxshi bilsangiz va o‘zingizga ishonsangiz, yoshlar uchun avval umuman tarjima qilinmagan kitoblar tarjimasida qatnashib tarixda o‘z nomingizni qoldirmoqchi bo‘lsangiz marhamat! 

Jamoaga qo‘shilish uchun bu yerda formani to‘ldiring. Imtihondan o‘ting va jamoamiz safiga qo‘shiling😉

Alimoff Team - Yoshlar yoshlar uchun!

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​​​#Konferensiya #milliy

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY VA IJODIY YOSHLAR KONFERENSIYASIGA MAQOLALAR QABULI DAVOM ETMOQDA

🗓 11-aprel
9:00
📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtymquli ko‘chasi, 22-uy, «Aviagorodok-22»

Joriy yilning 11-aprelida Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktabi kongress zalida "Internet tarmog‘ida yoshlar: muloqotning ijtimoiy tomonlari, muammolar, zamon renovatsiyalari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy va ijodiy yoshlar konferensiyasi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:


1-yo‘nalish: Yoshlar dunyoqarashining shakllanishida internetning o‘rni: mediaxavfsizlik

2-yo‘nalish: Raqamli iqtisodiyot: yangilanayotgan O‘zbekistonni IT platformalari, yangi texnologiyalar va biznes modellari orqali rivojlantirish yo‘llari

3-yo‘nalish: Axborot makoninining normativ-huquqiy asosi

4-yo‘nalish: Bloging va elektron jurnalistika etikasi: mediasavodxonlik

Konferensiya uchun maqolalar 2020-yil 20-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi institutning (Toshkent shahri, I.Karimov ko‘chasi 45-uy) tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etilishi mumkin.


Mo'ljal: “Ashxabod” istirohat bog‘i.

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#Milliy_qadriyatlar_millat_g‘ururi

⚡️ Institut xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan talaba-yoshlarda milliy g‘urur, Vatanga sadoqat, qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini oshirish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yana-da yuksaltirish maqsadida “Milliy qadriyatlar-millat g‘ururi” deb nomlangan festival ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
🏆 Festival ko‘rik-tanlovda institutning barcha fakultetlari faol ishtirok etib, g‘oliblar I, II, III darajali Diplomlar hamda “Eng faol jamoa”, “Eng jozibali jamoa”, “Eng ijodkor jamoa”, “Eng kreativ jamoa”, “Eng ahil jamoa”, “Eng quvnoq jamoa”, “Eng isteʼdodli jamoa” nominatsiyalarda faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/tvchdpi2017
#Milliy_reyting
#Live

Ijtimoiy-gumanitar soha boʻyicha oliy taʼlim muassasalari reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

🔹Oʻzbekiston milliy universiteti
🔹Toshkent moliya instituti
🔹Samarqand davlat universiteti
🔹Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
🔹Toshkent davlat yuridik universiteti

Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

♦️ Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti
♦️ Termiz davlat universitetining pedagogika instituti
♦️Qoʻqon davlat pedagogika instituti
♦️Guliston davlat universiteti
♦️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#MILLIY ARMIYAMIZ – YANGI OʻZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR!

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan CHDPU hamda Chirchiq shahridagi Harbiy qismlar bilan hamkorlikdaMilliy armiyamiz – yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Chirchiq shahridagi 07984-harbiy qismda boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Matematika va informatika fakulteti rahbariyati va professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar jonajon yurtimiz, sarhadlarimiz daxlsizligi, chegaralarimiz mustahkamligiyu xalqimizning tinch-osoyishta hayoti ana shunday baquvvat, qat’iyatli va jasur o‘g‘lonlarning himoyasida ekanligidan faxrlanib gapirdilar.

Tadbir so`nggida harbiy qism komandiriga Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G.I.Muxamedovning tashakkurnomasi topshirildi.

Telegram I Web sayt I Facebook I Instagram
#milliy_liboslar
#talaba_muvaffaqiyati

Universitet talabasi libos san’atini ommalashtirishga va rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun maxsus diplom bilan taqdirlandi

👉Batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube